Suyuqlik aralashmalarining holat diagrammalari
Aralashmalardagi komponentlarning qaynash haroratlari har xil bo‘lganligidan suyuq va bug‘ fazalar tarkibi har xil bo‘lishi mumkin.
Binobarin holat diagrammasida biri-suyuqlik tarkibi va ikkinchisi – bug‘ tarkibiga mos keladigan ikki egri chiziq bo‘lishi kuzatiladi. Real eritmalar Raul qonunidan chetga chiqqanligi sababli umuman tarkib bilan bug‘ bosim orasidagi bog‘lanish to‘g‘ri chiziq qonuniga muvofiq o‘zgarmaydi va diagrammada egri chiziq hosil bo‘ladi. Diagrammalar umuman olganda uch toifa bo‘lishi mumkin.
I - toifa
P T
Suyuqlik P0B T0A bug‘
suyuqlik
R0A Bug‘ T0V
A V A V
Tarkib Tarkib
II – toifa
P T
Suyuqlik bug‘
T0A
R0A P0B
bug‘ T0V
suyuqlik
A V A V
Tarkib Tarkib
III - toifa
P T
Suyuqlik bug‘
P0B
R0A T0A suyuqlik
T0V
A B A B
Tarkib Tarkib
Birinchi toifa diagrammalarini ko‘radigan bo‘lsak, T-tarkib diagrammasida yuqoridagi egri chiziq bug‘ chizig‘i bo‘lib, u qaynash harorati bilan bug‘ fazasi tarkibi orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi; pastki chiziq esa, suyuq fazaga mansub, chunki u qaynash harorati bilan suyuq faza tarkibi orasidagi bog‘lanishni aks ettiradi. Bug‘ egrisidan yuqorini bug‘ soha, suyuqlik egrisidan pastni suyuqlik sohasi tashqil kiladi. Bug‘ning bosimi qaynash haroratiga teskari proporsional bo‘lgani uchun R-tarkib diagramma T-tarkib diagrammaning teskarisi bo‘ladi. Bug‘ va suyuqlikning egrilarining o‘rtasi geterogen sohadan iborat bo‘lib, bug‘ suyuqlik bilan muvozanatda turadi. Geterogen soha ichidagi figurativ nuqtalarda suyuq va bug‘ fazada turgan moddalarning miqdorlari (molyar qismlari) va fazalarning tarkibi Richag qoidasi asosida aniqlanadi. Buni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
T0A
T1 a o v
T0V
A Na N0 NV V
Na – tarkibli suyuq aralashmani qizdirsak, T1 haroratda qaynash boshlanadi va bir qism suyuqlik bug‘ga aylanadi. Suyuqlik va bug‘ fazalarining tarkibini aniqlash uchun 0 nuqtadan tarkib o‘qiga paralel ravishda bug‘ va suyuqlik egrisiga chiziq o‘tkaziladi. Suyuqlik egrisiga uchrashgan a-nuqta to‘g‘ri kelgan tarkib suyuqlik tarkibini (Na), bug‘ egrisi bilan uchrashgan v-nuqtaga to‘g‘ri kelgan tarkib esa, bug‘ tarkibini (NB) ko‘rsatadi.
Oa – chizig‘i suyuqlik elkasi, Ob-chizig‘i esa bug‘ elkasi deyiladi. Agar mc –suyuqlikning, mb – bug‘ning miqdori bo‘lsa, Richag qoidasiga muvofiq
mc Oag‘mb Ob va mc/mbg‘Ov/Oa
Demak, elkalarni grafikdan o‘lchab, ularning nisbatini olib, fazalarni nisbiy miqdorini bilish mumkin. Agar olingan eritmaning miqdori mg‘mc+mb
ma’lum bo‘lsa, mc,mb, larning absolyut miqdorini hisoblash mumkin.
Ikkinchi va uchinchi toifa aralashmalar holati diagrammalariga e’tibor bersak, bu diagrammalarida egrilar maksimum yoki minimumdan o‘tadi. Konovalovning ikkinchi qonunida shu ekstremal nuqtalar haqida gapiriladi. Bu qonunga muvofiq bug‘ egrisidagi ekstremal nuqtalarda suyuqlik va bug‘ faza bir xil tarkibga ega bo‘ladi; Bunday eritmalar azeotrop aralashmalar deyiladi.
Harorat o‘zgarishi bilan azeotrop aralashmaning tarkibi Vrevskiyning ikkinchi qonuniga muvofiq o‘zgaradi: egrisida maksimumi bo‘lgan sistemalarda harorat ortishi bilan azeotrop tarkibida parsial bug‘lanish issiqligi katta komponentning nisbiy miqdori oshadi. Bug‘ egrisida minimumi bo‘lgan sistemalarda aksincha bo‘ladi. Ko‘pincha azeotrop aralashmalarning tarkibi, qaynash haroratlari ma’lumotnomalarda berilgan.
Suyuq aralashmalarni xaydash.
Suyuq uchuvchan aralashmalardagi komponentlar haydash yo‘li bilan bir –biridan ajratiladi. Bu usul kimyo, ozik-ovkat va boshqa sanoat tarmoklarida keng qo‘llaniladi. Suyuq aralashmalarni haydash umumiy bug‘ bosimi bilan tarkib orasidagi bog‘lanishga asoslangan. qanchalik komponentlarning uchuvchanligi orasidagi farq katta bo‘lsa, ularni ajratish shunchalik engil bo‘ladi.
YUqoridagi ko‘rilgan uch toifa aralashmalarda haydash jarayoni turlicha boradi. Avvalo birinchi toifa diagramma beruvchi sistemalarni haydalishini ko‘rib chiqamiz.
T
bug‘
T0a
T2 Suyuqlik suyuqlik
T1 TB0
A N2 N1 N4 N3 B
Haydalishi kerak bo‘lgan aralashmaning tarkibi N1 bo‘lsin (A modda nisbatan ko‘proq) va bu aralashma isitilganda T1 haroratda qaynay boshlaydi, hosil bo‘lgan bug‘ tarkibi N3bo‘lsin; demak bug‘da V modda nisbatan ko‘proq bo‘ladi. /aynash jarayoni davomida past haroratda qaynaydigan moddaning (V ning) nisbiy miqdori aralashmada kamayadi, ya’ni suyuq aralashmaning tarkibi uzluksiz ravishda o‘zgaradi, yuqoriroq haroratda qaynaydigan moddaning nisbiy miqdori suyuqlikda orta boradi va sistemaning umumiy bug‘ bosimi kamaya boshlaydi. /aynash harorati bug‘ bosimiga teskari proporsional bo‘lgani uchun qaynash jarayoni davomida harorat uzluksiz orta boradi. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, aralashma bir yo‘la haydalganda toza komponentga ajralmaydi.
Aralashmalarni toza kompopentlarga ajratish uchun fraksion yoki bosqichli haydash kerak. Bu xil haydashni quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin;
T
Ta0
T2
T1
T4
T3
T5
TV0
A
N2 N1 N15 N14 N13 N12 N11
Haydalishi kerak bo‘lgan aralashmaning tarkibi N1 bo‘lsin. Bunday aralashma T1 haroratigacha qaynatilganda suyuqlikning tarkibi N2, bug‘ning tarkibi N2 bo‘lsin. T1 va T2 haroratlar chegarasida bug‘ning o‘rtacha tarkibi N3 bo‘lsin. N3 tarkibli bug‘ sovitilib, suyuqlantirilgandan keyin T3 va T4 chegarasida qayta bug‘latiladi, natijada N4 tarkibli bug‘ hosil bo‘ladi. Bu bug‘ suyuqlikka aylantirilib, yana T4 va T5 haroratlar atrofida qaynatilganda N5 tarkibli bug‘ hosil bo‘ladi. Bu bug‘ni sovitib suyuqlikka aylantirib bug‘latish qaytariladi va bosqichli haydash toza komponentlar olinguncha davom ettiriladi. CHizmadan ko‘rinib turibdiki, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tganda suyuqlikda, A moddaning, bug‘da esa (kondensatda) V moddaning nisbiy miqdori ko‘payib borib, bora-bora komponentlar bir-biridan to‘la ajraladi. Sanoatda bu jarayon rektifikatsion kolonnalarda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Tayanch so‘z va iboralar izohi.
Binar sistema – ikki komponentli sistema.
Konovalovning birinichi qonuniga binoan biror komponentning suyuq fazada nisbiy miqdori oshirilsa, bug‘ fazada ham uning miqdori ortadi va eritmaga qo‘shilganda eritmaning umumiy bug‘ bosimini oshiruvchi (yoki eritmaning qaynash haroratini pasaytiruvchi) komponent bug‘ fazada nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Vreyvskiyning qonuniga muvofik haroratga ortganda porsial molyar bug‘lanish issiqlik katta bo‘lgan komponentning nisbiy miqdori bug‘ fazada oshadi.
Azeotrop aralashmalar toza moddalar kabi bir haroratda qaynashi bilan birga bug‘ning ham suyuqlikning ham tarkibi bir xil bo‘ladi.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.
Ikki komponentli sistemani grafik usulda qanday tasvirlash mumkin.
D.F. Konavalovning birinchi qonunini ta’riflang.
Komponentlarning molyar bug‘lanish issiqliklari va bug‘ fazasining tarkibi orasidagi bog‘lik hakida Vreyvskiyning qonunini keltiring.
Tarkib – bug‘ bosim diagrammalaridagi bog‘lanishlar real sistemalarda nega to‘g‘ri chiziq bulmadi?
1va 2 toifa diagrammalarni izohlang.
YOndosh fazalar tarkibini aniqlash uchun ishlatish mumkin bo‘lgan richag qoidasini izohlang.
Suyuqliklarni haydash nimalarga asoslangan?
Oddiy va bosqichli (fraksion) haydashlarning mohiyatini tushuntiring.
Vrevskiy qonuni ta’rifini keltiring.
Azeotrop aralashmalar nima va ularni tarkibiga harorat qanday ta’sir qiladi?
Adabiyotlar:
1.X.R. Rustamov “Fizik kimyo”, T. , “O‘zbekiston”, 2000., 232-241 betlar.
2.A.G. Stromberg, D.P. Semchenko “Fizicheskaya ximiya”, M., “ Visshaya shkola ”, 1988., 211-214 betlar.
3.Fizik kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar B.N. Afanasev va boshqalar. Tarjimonlar X.I. Akbarov, R.S.Tillaev - 4-ruscha nashr tarjimasi, T., O‘zbekiston, 1999., 95-100 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |