Fizika va kimyo


Kimyoviy kinetika. Kinetik sinflanish - 2 soat



Download 6,57 Mb.
bet196/203
Sana05.09.2021
Hajmi6,57 Mb.
#165106
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   203
Bog'liq
fizikavij kimyo fanidan oquv uslubij mazhmua

7. Kimyoviy kinetika. Kinetik sinflanish - 2 soat.

Seminar savollari:

  1. Formal kinetika deb nimaga aytiladi?

  2. Reaksiya tezligi nima?

  3. Kimyoviy reaksiyalar kinetik siniflanishini tushuntiring (molekulyarligi, tartibini izohlang).

  4. Monomolekulyar, bimolekulyar reaksiyalarning tezlik konstantalari tenglamalarini keltirib, izohlang.

  5. Qaytar reaksiyalar tezliklarini izohlang.

  6. Paralel reaksiyalar tezliklari haqida va ularning tezlik konstantalari haqida nimalar bilasiz?

  7. Reaksiya tartibi deb nimaga aytiladi?

  8. Reaksiya tartibini qanday aniqlash usullarini bilasiz?

  9. Reaksiya tezligiga haroratni ta’siri qanday? Vant-Goff qoidasini keltiring. Arrenius tenglamasini izohlang, undan aktivlanish energiyasini topish mumkinligini ko‘rsating.

  10. Zanjir reaksiyalar odsiy reaksiyalardan nima bilan farq qiladi? Qanday alomatlari bor? Necha xil zanjir reaksiyalarini bilasiz?

Mavzuga oid masalalar:

  1. A va V moddalar orasida borayotgan reaksiya quyidagi tenglama orqali ifodalansa: 2A+V=S, reaksiyaga kirishayotgan moddalarning dastlabki konsentratsiyalari quyidagicha bo‘lsa, ya’ni A=3,2 mol/l, V=1,6 mol/l. Reaksiyaning tezlik konstantasi 0,75 ga teng bo‘lsa, boshlang‘ich vaqtdagi va vaqt o‘tishi bilan A moddaning konsentratsiyasi 0,5 mol/l, V moddaning konsentratsiyasi esa 0,25 mol/l ga kamaygandagi reaksiya tezliklarini hisoblang.

Berilgan:

SA0 = 3,2 mol/l

SB0 = 1,6 mol/l

SA1 = 0,5 mol/l



SB1 = 0,25 mol/l

K = 0,75

Topish kerak: V0=? V1=?

Echish:

V0 = K·(SA0) 2·SB0 = 0,75·3,22·1,6 = 12,29 mol/l·sek.

V1 = K·( SA0- SA1)2··( SV0- SV1) = 0,75·(3,2-0,5)2·(1,6-0,25) = 7,38 mol/l·sek.

  1. Vodorod peroksidning suvli eritmada parchalanishi birinchi tartibli reaksiyadir. Berilgan sharoitda yarim emirilish davri 15,86 min. 99% peroksid vodorodning parchalanishi uchun ketadigan vaqtni aniqlang.

  2. C H3COOC2H5 + NaOH CH3COONa + C2H5OH reaksiyasining tezlik konstantasi 298 K da 5,4 ga teng. Agar efir va ishqorning dastlabki konsentratsiyalari bir xil 0,02 mol/l bo‘lsa, 10 minug ichida qancha efir reaksiyaga kirishadi?

  3. Sirka kislotaning etil efirini o‘yuvchi natriy bilan sovunlash reaksiyasining tezlik konstantasi 283 K da 2,38 ga teng. SHu temperaturada 90% sirka etil efirining sovunlanishi uchun ketgan vaqt topilsin, agar 1 l 0,05 N efir eritmasi:

a) 1 l 0,05 N ishqor eritmasi bilan;

b) 1 l 0,1 N ishqor eritmasi bilan aralashtirilgan bo‘lsa.

5. Agar reaksiya 293 K da ikki soat davom etsa, Vant-Goff qoidasidan foydalanib, shu reaksiya qaysi temperaturada 25 minutda tugashini aniqlang. Reaksiya tezligini temperatura koeffitsienti 3.

Foydalanilaligan adabiyotlar:

  1. X.Rustamov. Fizik kimyo. T., "O‘zbekiston", 2000 y., 487 bet.

  2. Fizik kimyo kursidan amaliy mashg‘ulotlar. Institut talabalariga o‘quv qo‘llanma / (B.N.Afanasev va boshq. Tarjimonlar: X.I. Akbarov, R.S. Tillaev). - 4-ruscha nashr. Tarjima. - T.: O‘zbekiston, 1999 y., 431 bet.





Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish