Kimyoviy galvanik elementlar.
Bu tur elementlarda elektr yurituvchi kuch kimyoviy reksiya energiyasi hisobiga hosil bo‘ladi. Bu xil elemetlarga YAkobi—Daniel elementi misol bo‘la oladi. Bu element mis va rux elektrodlaridan tuzilgan bo‘lib, mis elektrodi Cu2 ioni bor eritmaga (masalan,CuSO4 erimasiga), rux elektrodi esa Zn2 ioni bor eritmaga (ZnSO4 eritmasiga) tushuriladi (chizmaga qarang).
Agar elektrodlar bir-biri bilan to‘tashtirilmasa, elektrodlarda muvozanat holatidagi potensiallari hosil bo‘lishi bilan jarayon nihoyasiga etadi.
Elektrodlar elektr toki o‘tkazuvchi material (masalan mis sim) bilan to‘tashtirilsa va bu simga elektr toki mavjudligini bildiruvchi biror asbob (masalan galvanometr) ulansa, bu asbob sim orqali elektr toki o‘tayotganligini ko‘rsatadi. Elektrodlar sim orqali to‘tashtirilganda, ulardagi potensiallar har xil bo‘lganligidan, ular baravarlashishga intiladi, natijada elektronlar rux elektroddan mis elektrodga sim orqali o‘ta boshlaydi.
Demak, elektrodlar to‘tashtirilgan simda elektronlar oqimi, ya’ni elektr toki vujudga keladi. Elektronlarning rux elektroddan mis elektrodiga o‘tishidan elektrodlardagi elektr qo‘sh qavatining muvozanati buziladi va natijada mis elektrod manfiylashadi, rux elektrod esa musbatlashadi. O‘z navbatida elektrodlarda buzilgan muvozanat tiklanishga intiladi. Mis elektroda buzilgan muvozanatni tiklash uchun yangidan yangi Cu2 ionlarni eritmadan mis elektrodga o‘tirib, kelayotgan elektronlarni neytrallaydi.;
Cu2 2e Cu
Rux elektrodda esa aksincha xol yuz beradi. Elektroddan ketayotgan elektronlarning o‘rnini qoplash uchun yangidan yangi Zn2 ionlar eritmaga o‘tib, elektrodda yangi elektronlar qoldiradi:
Zn Zn 2 2e
Demak, element ishlaganda mis elektrodda qaytarilish, rux elektrodda esa oksidlanish jarayoni boradi.
Har qanday galvanik elementda bir elektrodda oksidlanish, ikkinchi elektrodda qaytarilish jarayoni boradi. /aytarilish jarayoni borgan elektrod musbat qutb, oksidlanish jarayoni ruy berayotgan elektrod manfiy qutb deb belgilanadi.
Agar galvanik element faqat musbat (yoki elektr manfiy) elektrodlardan tuzilgan bo‘lsa, elektr musbatligi kuchlirok elektrod musbat, elektr musbatligi kuchsizrok elektrod esa manfiy qutb bo‘ladi.
Musbat va manfiy elektrodlarda boradigan kimyoviy jarayonlarni tenglamalarni bir biriga ko‘shilsa, galvanik elemetda sodir bo‘layotgan kimyoviy reaksiya tenglamasi hosil bo‘ladi:
Cu22e Cu
Zu Zn2 2e
Cu2 Zn Zn2 Cu
Demak, yuqoridagi elementda shu reaksiya hisobiga elektr energiya hosil bo‘ladi. Bu ionli reaksiya quyidagi molekulyar reaksiyaga muvofik ketadi:
CuSo4ZnCuZnSO4
Umuman olganda, bu reaksiyani probirkada ham o‘tkazish mumkin, lekin bunda elektr toki hosil bo‘lmaydi. CHunki probirkada reaksiya o‘tkazilgfnda oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari bir joyda boradi va elektronlar qaytaruvchidan oksidlanuvchiga bevosita o‘tadi. Galvanik elementda esa oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari alohida-alohida joyda boradi va elektronlar qaytaruvchidan oksidlovchiga o‘tadi.
Galvanik elementning elekr yurituvchi kuchini ikki usul bilan; 1)elementda boradigan kimyoviy reaksiyaga Nernst tenglamasini tadbiq etib va 2)elektrod potensiallari tenglamalaridan foydalanib hisoblash mumkin.
Biror galvanik elementning elektr yurituvchi kuchini tajriba orqali topishda odatda taqqoslash elementi sifatida Vestonning normal elementi ishlatiladi. Bu elementda musbat qutb simob va Hq2SO4 pastasidan iborat bo‘lib, CdSO483H2O ning to‘yingan eritmasiga tushiriladi.
Manfiy elektod kadmiy amalgamasi bo‘lib, u qadmiy sulfat (CdSO483H2O) ning to‘yingan eritmasiga tushirilgan bo‘ladi. /uyidagi kimyoviy reaksiya hisobiga elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi:
Sd Hq2SO4 83 H2O Cd SO4 83 H2O 2Hq
Bu qurilmada musbat qutb ikkinchi tur elektrod bo‘lib, SO42—anioniga nisbatan qaytar ishlaydi. Elementning 250S dagi elektr yurituvchi kuchi E1,0187V dir. Bu element elektr yurituvchi kuchining temperaturga qarab o‘zgarishi aniq tekshirilgan bo‘lib, u quyidagi tenglama bilan ifodalanadi; E1,01830 (1-4,06 10-5(t-20)). Bu tenglama yordamida Veston elementning xoxlagan temperaturadagi elektr yurituvchi kuchini hisoblab topish mumkin.
Konsentratsion elementlar.
Bu toifa elementlarda ikkala (qutb) elektrod tabiatan bir xil bo‘lib, faqatgina elektrod reaksiyasining bir yoki bir nechta ishtirokchisining aktivliklari bilan farq qiladi. Konsentratsion elementlar ion (elektrolit) tashib va tashimasdan ishlaydiganlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |