С1
59-rasm. Oddiy elektron musiqa asbobining chizmasi.
Umuman elektrlashgan cholg‘ular oilasi faqat elektrogitaralardan iborat bo‘lmay, unga elektroskripka, elektrodombra, elektroarfalar ham kiradi. Shuningdek elektrlashtirilgan puflama asboblar tajribasi ham o‘tkazilgan, masalan, elektrosaksafon. Ammo u elektrogitaradek ommaviylashmagan.
Ta’kidlash joizki, barcha elektrlashtirilgan asboblarga tembrini o‘zgartiruvchi turli apparatlarni o‘rnatish odat bo‘lgan. Bular prosessorlar, multieffektorlar, fazaaylantirgichlar (fazovrashateli) va hokazolar.
Musiqiy elektrlashgan asboblar tarixiga yangi sahifa bo‘lib, noan’anaviy usul bilan tovush hosil qilish, elektron sintezning kirib kelishi yozildi.
Aksariyat hollarda 3 ta asosiy uslub qo‘llaniladi.
Tarixiy qo‘shma (additiv) uslublar ertaroq vujudga kelgan. Inson tovushining olib o‘tuvchi sintez prinsipi an’anaviy musiqa asboblar harakati prinsipiga juda yaqindir. Uning mohiyati, tebranish generatorining yaratilishi bilan bog‘liq. Bu esa signalni boy spektr bilan ishlab chiqaradi. Bunda birlamchi signalni yaratish, uni tuzish, ajratish yoki pasaytirish amalga oshiriladi. Bunday operasiyalar oddiy elektron sxemalarida bajariladi. Ma’lum bir vaqtgacha elektron klavishali cholg‘ularning ko‘plari ushbu prinsip bo‘yicha qurilgan bo‘lib ularni analog (uzluksiz) sintezatorlar deb ataydilar. Additiv uslubi shundan iboratki, kerakli tovush – murakkab va boy tembr bilan – alohida chastotalar shakllanish jarayoni bo‘yicha o‘zgartirishlarga bardosh beradi va bu har bir chastotani shakllanishi hisobiga ro‘y beradi. Chastotali-modulyasiya usuli bir necha generatorlar yordamida tovush olish imkonini beradi. Keyinchalik olib o‘tish uslubi asosida nutqiy (vonoder) sintez ishlab chiqildi. Bunda nutqiy intonasiya xohlagan asbobga yoki boshqa spektrli tovushga o‘tadi. Lekin bu uslubning eng to‘g‘ri turi istiqbolli (perspektiva) uslub, u «ikkinchi o‘xshashlik sintezi», «semplerlash» nomi bilan mashhur bo‘lib qolgan. Bu yerda tovushli tebranishlar maxsus dastur yordamida tahlil qilinadi.
Elektron musiqa cholg‘ularini yaratuvchilar (asr davomida) imkon qadar har xil tembrlar yaratishga harakat qildilar. 1962 yilda Bell laboratoriya kompaniyasi tarafidan tranzistor va integral mikrosxemalar ishlab chiqarila boshlandi. Ixtirochilarda kichik o‘lchovli moslamalar yaratish imkoniyati tug‘ildi va ular 5 ta alohida shakl beradigan generatorni olishga sazovor bo‘ldilar. Bular: sinusoidal, to‘g‘ri burchakli, arrasimon, pulslangan hamda uchburchak shaklsimon signallardir.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklli to‘lqinni (Square wave) hosil qilish eng onsoni hisoblanib, u kuchlanishni tez ulash va o‘chirish hisobiga amalga oshiriladi. Chiqishda toq, ya’ni – uchinchi, beshinchi va yettinchi garmonikalar paydo bo‘ladi.
Pulslanuvchi to‘lqin shakli (Pulse wave) bu to‘g‘ri burchakli shaklning bir turi hisoblanadi. Farqi shundaki, kvadrat to‘lqinni paydo bo‘lishida kuchlanishning ulanishi va o‘chirilishi bir xil qoladi (50/50) va to‘lqinni paydo qilishda ular variasiyalanadi. Bu effekt o‘zgaruvchan chuqurlik deb yuritiladi. Kuchlanishning chiqishda paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi tovushni garmonik tashkil etuvchisiga bog‘liq.
Arrasimon ko‘rinishdagi to‘lqin (sawtooth wave) toq va juft garmonikalarga boy hisoblanadi. Uning eshitilishi zummerni eslatadi. Qoida bo‘yicha ekstremumlar qanchalik «o‘tkirroq» bo‘lsa (signal amplitudasining yuqori va pastki nuqtalari) tovush to‘lqini shunchalik yorqinroq eshitiladi.
Eng oddiy sinusoidal to‘lqin (sine wave) fundamental garmonikadan boshqasini o‘z ichiga olmaydi. Bunday signal yumshoq va toza sintez qilingan tovush hisoblanadi. Shunday oddiy to‘lqinlar chastotasi qo‘shimcha (additiv) sintez qilishda bir-biriga qo‘shiladi.
Uchburchak ko‘rinishidagi to‘lqin (triangle wave) sinusoidal va kvadrat shakldagi to‘lqinlar yig‘indisidan tashkil topadi. Sinusoidaldan unga silliqlik va yumshoqlik tovushi hamda bundan yuqoriroq bo‘lgan nazariy garmonika to‘plamlari tegadi. Shunday qilib FM sintez uslubi natijaviy signal olish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |