Materiyaning shakllari to‘g‘risidagi talabalar bilan o‘tkazila- digan mashg‘ulotlarga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
- moddalar qanday komponentlardan iborat va ular orasidagi bog‘lanish turlari qanday ekanligini bilish;
komponentlarning o‘zaro joylashishi, ulaming o‘lchamlari va orasidagi inasofa qandayligini bilish;
komponentlarning inassasini, elektr zaryadini bilish;
materiyaning berilgan tarkibiy shakli uchun tegishli bo‘lgan harakat shakllarini va turlarini bilishi zarur.
l izikada qattiq, suyuq va gaz holatdagi jismlarning xossalariga alohida e’tibor berish muhim hisoblanadi. Talabalar, jismlarning mexanik, issiqlik, elektr va optik xossalari bilan yetarli darajada tanishishad i hamda ulami qanday aniqlashni o‘qib o‘rganishadi. Bu xossalar, materiailarning ichki tuzilishi asosida tushuntiriladi va Inshqi omillarga bog'liq tarzda qanday o‘zgarishi va ulardan iimiiliyotdn loydiilnnish yo'llari batafsil o'rganiladi.
■IInihIiiruing xossalari to'g'risidagi talabalaming bilimiga quyidiigu ha lalablar qo'yiladi:
moddalarning xossalari to‘g‘risidagi ta’riflami bilish;
berilgan xossa qanday hodisalarda namoyon bo‘lishini bilish;
mazkur xossani ifodalovchi kattaliklami va ulami qanday omillarga bog‘liq ekanligini bilish;
berilgan xossani ifodalovchi kattaliklami boshqa kattaliklar bilan bog‘lanishini bilish;
mazkur xossani amaliyotda qo‘llanilishini bilishi zarur.
Umumiy fizika kursini o‘qitishda, talabalami ilmiy tadqiqot ishlarida qo‘llaniladigan: kuzatish, taqqoslash, o‘lchash, eksperi- ment, nazariy usullar, tadqiqotning matematik metodlari bilan tanishtirishga ham alohida e’tibor berish kerak. Ushbu tadqiqot metodlari fizikaning barcha bo‘limlarida ishlatiladi. Jumladan, mexanikada o‘lchash metodi keng qo‘llanilsa, molekular fizikada
bo‘lsa, tadqiqotning matematik-statistik metodlari qo‘llaniladi, bular yordamida molekulalaming o‘lchamlari, tezligi va ulaming energiyasi hisoblanadi. Talabalar molekular fizikani o‘rganishda, nazariyaning tushuntirishdagi va moddalaming xossalari hamda ularda yuz berishi mumkin bo‘lgan jarayonlaming qonunlarini oldindan aytib berishdagi rolini yaqqol ko‘rishadi.
To‘plangan experimental materiallar asosida hodisalaming yuz berish mexanizmi va ular orasidagi bog‘lanishi to‘g‘risidagi ilmiy taxmin - gipoteza yuzaga keladi. Gipoteza - haqiqiyligini tekshirishni va isbotlashni talab etadi. Tajribada tekshirishda tasdiqlangan va avval noma’lum bo‘lgan hodisalar kelib chiqadigan gipotezalar fanga nazariya sifatida kirib keladi.
Nazariya - ma’lum bilim sohasidagi. yetakchi g‘oyalar tizimi, insoniyatning umumlashtirilgan tajribasi, jamiyatning rivojlanish tarixidagi to‘plangan ijtimoiy va tabiat to‘g‘risidagi bilimlaming yig‘indisidir. Fizik to‘g‘ri nazariya, tabiatdagi barcha hodisalar sohasiga tegishli qarashlarga miqdoriy va sifat jihatdan tushuncha berib, ushbu hodisalaming yuz berish mexanizmini yaqqol ko‘rsatadi va ulaming qonuniyatlarini aniqlaydi.
Fizikaning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, moddiy olamni bilish jarayoni cheksiz ekan. Olamni bilish jarayoni - tajribadan nazariyaga va nazariyadan qayta tajribaga - degan berk sikl bilan cheklanmaydi. Hozirda mavjud nazariyalar asosida tushuntirib bo‘lmaydigan hodisa va dalillar, fanlaming yangi sohalarida tez-tez uchrab turadi. Bundan esa, yangi gipotezalaming zarurligi kelib chiqadi. Modda tuzilishi to‘g‘risidagi bizning tasawurlarimizni rivojlanishi bunga yaqqol misol bo‘ladi. XIX asming ikkinchi yarmida yaratilgan molekular-kinetik nazariyaga ko‘ra, barcha jismlar uzluksiz va tartibsiz harakatda bo‘lgan mayda zarralardan iborat bo‘lib, ushbu nazariya atomizm g'oyasiga asoslangan. Bu zarralar grek mutafakkirlari ta’rifiga ko‘ra, atomlar deyilgan. Lekin XIX asming oxiriga kelib, moddalardan massasi bo‘yicha atomdan ham kichikbo‘lgan manfiy zaryadli elektronlar- ning chiqishi aniqlangan.
Shunday qilib, atom tuzilishi to‘g‘risidagi savol maydonga chiqqan va XX asming boshida, atom deyarli barcha massasi joylashgan musbat zaryadli yadrodan va uning atrofidagi elektron- lardan iborat ekanligi ayon bo‘ldi. 1919-yili birinchi marta atomdan uning yadrosi ajratilib, u murakkab tuzilishga ega ekanligi aytildi. Keyinchalik, yadro nuklonlardan, ya’ni proton va neytronlardan tuzilganligi tasdiqlandi. Hozirgi kunda, fanga ma’Ium bo‘lgan elementar zarralar soni 400 dan oshib ketdi hamda antizarralar mavjudligi isbotlandi. Shunga o‘xshagan yangi kashfiyotlarga taalluqli, elementar zarralaming o‘zaro ta’siri va bir-biriga aylanishi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar kengayib, ulami tushuntirish uchun yangi gipotezalar va nazariyalar zarurligi kelib chiqdi. Fanning rivojlanish jarayoni cheksiz ekanligi, ushbu Ukrlardan ham ko‘rinib turibdi.
Nazariy materiallami o‘qitishda, talabalarga nazariya bilan amaliyotni o‘zaro dialektik bog‘lanishini ochib berish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu bog‘lanish, fizikaning falsafiy masalalariga bevosita bog‘liq. Bular esa, o‘z navbatida, mavjud ilmiy muammolami hal qilinishiga va yangi nazariyalaming paydo bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |