Fizika va astronomiya kafedrasi
Fizika” kafedrasi “Matematika” fakulteti “Matematika o‘qitish metodikasi va fizika” kafedrasi tarkibidan 1991 yilda ajralib chiqgan.
Kafedraga dastlab prof. M. Madaliyev, dots.I.M.Kokanbayev, katta o‘qituvchi G‘.Tojiboyevlar mudirlik qilishgan.
2012 yil yanvar oyidan 2016 yil mart oyigacha kafedraga B.A.Mamadaliyev rahbarlik qildi, mart oyidan oktyabr oyigacha f.-m.f.n., dotsent I.M.Maxmudov, 2016 yil oktyabr oyidan f.-m.f.n., dotsent B.M.Mamadaliyev va 2018 yildan boshlab f-m.f.n. katta o‘qituvchi N.S.Bozorov rahbarlik qilib kelmoqda.
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi tarkibida jami 18 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishadi. Kafedraning ilmiy salohiyat – 30% tashkil etadi. Kafedra o‘qituvchilarining o‘rtacha yoshi – 41 yosh.
Kafedrada 2020-2021 o’quv yilida 7 nafar ilmiy darajali professor o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ular 2 nafar dotsent, 2 nafar kafedra dotsenti, 3 nafar katta o’qituvchilardan iborat.
Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi yunalishida jami 287 nafar bakalavrlar, 13 nafar magistrlar tahsil olishmoqda..
2017-2018 o‘quv yilida kafedra katta o‘qituvchisi I.M.Eshboltayev “Uch va ikki o‘lchamli elektronlar sistemalarida ko‘p fotonli yutilish va sil-jishli fotogalvanik effektlarning nazariy tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishi ximoya qilib, Falsafa fanlari doktori fizika-matematika fanlari bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasini oldi.
2018-2019 o‘quv yilida kafedra o‘qituvchisi N.Mamadaliyeva “O‘rkachsimon zonali yarimo‘tkazgichlarda o‘lchamli kvantlashish va qutbiy optik hodisalarning nazariy tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya ishi ximoya qilib, falsafa fanlari doktori fizika-matematika fanlari bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasini oldi.
2020-2021 yilida kafedra o’qituvchisi Sultonov Ravshanjon Rustamovichni 01.04.07 – Kondenatlangan holat fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “Pezoelektriklarda yorug‘likning nochiziqli yutilishi, ikki fotonli ballistik tok va o‘lchamli kvantlashish” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa fanlari doktori fizika-matematika fanlari bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasini oldi.
2020-2021-o’quv yilida kafedrada 7 nafar ilmiy darajali professor o’qituvchidan 4 nafari 1000 talikga kirgan OTM larda nomzodligini himoya qilishgan. Kafedraning 2 nafar professor-o’qituvchisi halqaro ko’rsatkichlarga ko’ra h-indeksi 3 va undan yuqorini tashkil etadi. Ushbu o’quv yilida «Web of Science», «Scopus» jurnallarida 8 ta, Xalqaro ilmiy jurnallaridagi (OAK ro’yxatidagi) ilmiy maqolalar 10 ta, Respublika OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarida 9 ta, monografiya 1 ta va mualliflik huquqiga egalik guvohnomalari 2 tani tashkil qiladi.
Kafedrada xorijiy OTM-lar bilan hamkorlik aloqalar yo’lga qo‘yilgan jumladan Xo’jand davlat universiteti va Tojikiston Respublikasi fanlar akademiyasining Xo’jand ilmiy markazi bilan.
2020-2021 o‘quv yilida Rossiya Fandar akademiyasi bilan hamkorlik qilish maqsadida A.F. Ioffe nomidagi fizika-texnika institutining professori Leksovskiy A. M. bilan hamkorlikda ilmiy tatqiqot ishlari olib borish rejalashtirilgan.
Kafedra mudiri: N.S.Bozorov
Do'stlaringiz bilan baham: |