Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi ishtirokni nazarda tutamiz1. O’zbekistonning BMTga a’zo bo’lishi, xalqaro kun tartibidagi global va mintaqaviy muammolarni ko’rib chiqishda ishtirok etish va ular yuzasidan qaror qabul qilish jarayoniga jalb qilinishi imkoniyatini beradi. BMT bilan aloqalarimizning asosiy ustuvor yo’nalishlari, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish, ommaviy qirg’in qurollarini tarqatmaslik, Afg’onistonni rekonstruktsiya qilish, ekologik muammolar, xususan Orol dengizi muammosini hal qilish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilishdan iborat. Bu borada O’zbekiston o’z ovozi va mavqeiga ega bo’lgan a’zo davlat sifatida mazkur xalqaro tashkilot oldiga ushbu muhim va dolzarb vazifalarni qo’ymoqda va jahon hamjamiyatining e’tiborini ushbu masalalarga qaratib kelmoqda.
O’zbekiston terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha BMTning 13 ta konventsiyasining barchasida ishtirok etgan va bu borada tegishli tashabbuslar bilan chiqqan. Bulardan terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha xalqaro markazini tuzish yuzasidan taklifi muhim ahamiyatga ega. Mazkur taklifga ko’ra №1373-Rezolyutsiya (2001 yil) bilan BMTning Xavfsizlik Kengashi doirasida Aksilterror qo’mita tashkil qilindi2.
2002 yilda BMT bosh kotibining O’zbekistonga tashrifi chog’ida Birinchi Prezidentent I.Karimov narkotiklarni nazorat qilish bo’yicha BMT mintaqaviy markazini tashkil qilish yuzasidan tashabbusni ilgari surdi va ushbu markaz Olmaotada ochildi. SHuningdek, Afg’onistonga qurol-yarog’ yetkazib berishga embargo joriy qilish hamda bu mamlakatning qo’shnilari va do’stlari ishtirokida guruh tuzish bo’yicha tashabbus kiritdi va u 6+2 guruhida o’z aksini topdi2.
O’zbekiston BMTning Afg’onistonda barqarorlikni ta’minlash borasidagi dasturlariga samarali hissa qo’shib kelmoqda. Xususan, gumanitar yuklarni yetkazib berish uchun o’zbek-afg’on ko’prigini ochdi, Afg’oniston hududidagi infrastrukturalarni va har xil ob’ektlarni tiklash borasida ko’maklashib kelmoqda.
BMT doirasida O’zbekiston kimyoviy va biologik qurollarni tarqatmaslik va ularning keng qamrovli sinovlarini ta’qiqlash borasidagi muhim xalqaro kelishuv va shartnomalarga qo’shilgan. Respublikamiz Markaziy Osiyoning yadro qurolidan xoli hudud qilinishi borasida yirik tashabbuskor hisoblanadi. 2006 yilda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Semipalatinsk shahrida “Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud” shartnomasini imzoladilar. O’zbekiston delegatsiyasining Markaziy Osiyo davlatlari nomidan taqdim etgan shu mazmundagi hujjati Bosh Assambleya tomonidan 61-sessiyadagi rezolyutsiya bilan ma’qullandi3.
Mamlakatimizda BMTning bir qancha tuzulmalari, xususan, Taraqqiyot dasturi, narkomaniyaga qarshi kurashish dasturi, Jahon sog’liqni saqlash, Bolalar fondi (YuNISEF), sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO), ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha tashkiloti (YuNESKO) vakolatxonalari keng faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, 1993 yildan 2006 yilga qadar BMTning Toshkentda va Termizdagi bo’linmasiga ega bo’lgan Qochoqlar ishlari bo’yicha oliy komissar boshqarmasi ham faoliyat ko’rsatdi. O’zbekiston Respublikasi dunyo mintaqalarining barqaror taraqqiyoti va xavfsizligini mustahkamlash ishlarida xalqaro hamkorlikning global tuzilmasi sifatida BMTning muqobili yo’q, deb hisoblaydi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ko’ptomonlama hamkorlik tizimida
Do'stlaringiz bilan baham: |