Olingan asosiy natijalar: fizika fani eng tezkor rivojlangan 1900-2015 yillarda amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlar va eksperimental natijalar orasidan bevosita dars jarayonining axborot ta`minotini to’ldiruvchi asosiy kashfiyotlar mazmuni solnoma tarzida yoritildi.
BMIning ilmiy jihatdan yangiligi – fizika fanlarini o’qitish jarayonida dars mazmunini qiziqarli tarixiy ma`lumotlar bilan boyitish mashg’ulotlarning samaradorligini va talabalarning kasbiy qiziqishlarini oshirishi ko’rsatildi va 1900-2015 yillarda fizika taraqqiyotini belgilovchi asosiy kashfiyotlar solnomasi o’zbek tilida tayyorlandi va fanning asosiy rivojlanish bosqichlari bo’yicha joylashtirildi.