2.2. QUYOSH QURITGICHLARI
Yoz va kuz fasllarida ho’l mevalar (olma, o’rik, uzumlar )ni sifatli qilib quritib olinadi.
Meva va sabzavot mahsulotlarini quyidagi usullarda quritish mumkin:
1.Mahsulotlarni bevosita ochiq maydonlarda yig’indi quyosh radiatsiyasi tasirida quritish.
2.Mahsulotlarni suniy ravishda quritadigan maxsus qurilmalarda quritish.
3.Mahsulotlarni maxsus quyosh qurilmalarida quritish.
Tekshirishlar meva mahsulotlarini maxsus quyosh qurilmalarida quritish birmuncha afzalliklarga ega ekanligini ko’rsatadi.Bu afzalliklar quyidagilardan iborat.
1.Quyosh qurilmalarida quritish uchun kamroq vaqt sarf bo’ladi.Fikrimizning dalili sifatida ushbu jadvalni ko’raylik ( - jadval ). –jadvalda Samarqandda quritilgan quyosh quritgichida va ochiq maydonda mevalarni quritish uchun sarflangan vaqtlar ko’rsatilgan.
2.Quyosh qurilmalarida quritilgan mahsulotlarning sifati ochiq maydonlarda quritilgan mahsulotlarning sifatidan yaxshi,yani quritilgan mahsulotlar tarkibida vitamin C ko’proq bo’lib,quritilayotgan mahsulotlar toza bo’ladi.Parnik ripidagi quyosh quritgichlari 1936-yildayoq respublikamizda pilla,meva quritish ishlarida sinab ko’rilgan.Bu quritgichlar prinsipial jihatdan ``issiq yashik``tipidagi qurilmalar bo’lib,oynali sirti gorizantga burchak ostida janubga qaratib quyiladi va quritiladigan mahsulotni quritgich oynasi ostida joylashgan idishlarga solinadi.Quritish protessi oyna orqali tushuvchi quyosh energiyasi ta’sirida ho’l meva yoki materialning qizishi tufayli bug’lanishidan iborat.Bunda ajralgan bug’ quritgichning pastki qismidan kiruvchi havo oqimi bilan birgalikda quritgich yuqorisidagi trubadan chiqib ketadi.Bu tipdagi quritgichlarning maydonida 4kg pilla yoki 10 kg gacha meva quritsa bo’ladi.Ularning qulaysizligi shundan iboratki,meva solingan idish og’ma ravishda joylashtirilgan bo’ladi.
Kamerali quritgichlarda havoni``issiq yashik``tipidagi qurilmada ma’lum temperaturagacha isitib,so’ngra quritiladigan meva joylashtirilgan maxsus kameradagi idishlarga yuborib turiladi [7].
Samarqand shahrida qurilgan oyna yuzi bo’lgan kamerali quritgichda kun bo’yi 100 kg gacha meva quritilgan.
Qarshi shahrida qurilgan quyosh teplitsasidan yozda va kuzda mevalarni va sabzavot mahsulotlarni quritishda ham foydalanish mumkin.Quyosh teplitsasidan quritgich sifatida foydalanish uchun uning ichiga zinapoya shaklida ko’tarilib boradigan,yoyiladigan qurilma qo’yiladi.
T.Sodiqov o’tkazgan tajribalar asosida quyosh teplitsasining foydali yuzida mavsum davomida 120 kg gacha olma quritish mumkinligi aniqlandi.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda quyosh quritgichlari uncha keng yoyilmagan.Chunki quyosh quritgichlarining hozirgi konstruksiyalari o’lchami va unumdorligi jihatidan qishloq xo’jaligi talablariga to’la javob bera olmaydi.Olimlarimiz bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
2.3. QUYOSH SOVITGICHLARI.
O’rta Osiyo respublikalarining iqlim sharoiti yoz oylari ancha issiq bo’lib,kunduz kunlari havoning temperaturasi ba’zan gacha ko’tarilishi hammaga ma’lum.Bunday ob-havo sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarini buzilib qolishdan saqlash qiyinlashadi.Shuning uchun ham suniy ravishda sovuq hosil qilishga imkon beradigan qurilmalardan foydalanish zarur.Bunday qurilmalardan issiq ob-havo sharoitida binolar ichidagi havo temperaturasini pasaytirishda foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega.
Respublikamiz olimlari olib borayotgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar quyosh energiyasi hisobiga ishlaydigan sovitgich qurilma quyosh sovitgichini qurish mumkinligini ko’rsatmoqda.Quvvati unchalik katta bo’lmagan quyosh sovutgichlari elektrlashtirilmagan joylarda (masalan yaylovlarda) chorvadorlarning kundalik ishlatishlari uchun go’st,yog’,sutlarni hamda ichimlik suvlarni saqlashda ayniqsa foydali qurilmalar bo’la oladi.
8-rasm. Quyosh sovutgichi tuzilishining sxemasi.
O’zbekiston respublikasi fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti va Buxoro pedagogika instituti tomonidan tayyorlangan va sinab ko’rilgan,kundalik turmush uchun mo’ljallangan quyosh sovutgichining tuzilishi va ishlash prinspi bilan tanishaylik.Quyosh sovutgichining tuzilishi (8-rasmda) sxematik ravishda ko’rsatilgan bo’lib,uning asosiy qismlari:generator-adsorber, kondensator, ressiver, bug’latgichlar o’zaro ketma-ket ulangan. Quyosh sovitgichining asosiy qismi “issiq yashik’’ tipidagi qurilma generator bo’lib, uning ichida o’zaro parallel trubalar (diametrik 50 mm) kollektorga payvand qilingan .
Trubalarni kukun holidagi kalsiy xlorid bilan to’ldirladi . Ammiak kalsiy xloridning butun hajmi bo’yicha yuritiladi.
Quyosh radiaktsiyasining “issiq yashik’’tipidagi qurilmaning ikki qavatli oynasida o’tgan qismi, generatorning qora sirtini qizdiradi va natijada trubalar ichidagi kalsiy xloridgacha isiydi, undagi yutilgan ammiak bug’lana boshlaydi. Hosil bo’ladigan 18-20 atm bosim ostida ammiak bug’lari kondensatordan o’tib sovushi sababli suyiladi. Suyuq ammiak esa mahsus idish ressiverga oqib tushadi va unda kun davomida yig’ilib boradi.(generator yuziga quyosh nuri tushayotgan vaqda).
Quyosh botganda sovitgich generatori soviganligidan generatoda ammikning bug’lanishi to’xtaydi va bosim kamayadi. Shu vaqtdan boshlab ressiverdagi suyuq ammiak ustidagi bosim kamayganligidan ammiak sovitish shkafining ustki qismida joylashgan bug’latgichga o’tib bug’lanadi va uning devorlarini sovitadi. Ammiak bug’lari esa generatodagi kalsiy xlorid tomonidan yutiladi va bu pratsess ressiverda yig’ilgan ammiak tomon bo’lguncha davom qiladi. Shundan so’ng quyosh radiyatsiyasi sovitgich generatori yuziga tushishida yuqorida bayon qilingan protsess yana takrorlanadi.
Yuqorida biz tavsivlab o’tgan quyosh sovitgichda tajriba tarzini o’tkazilgan sinovlarda quyosh sovitgichining sirtidan bir kunda 4 kg muz hosil bo’ladi. Sinash vaqtida sovitgich shkafi ichidagi minimal temperatura gacha yetgan. Bu qurilma qo’zgaluvchan qismlarga ega emas, shu bilan birga elektr energiyasi istemol qilmasligi kabi afzalliklarga ega. Bundan tashqari kandensatorni havo bilan sovitiladi
Shuni aytib o’tish kerakki,hozirgi vaqtda sutka davomida ishlayveradigan quyosh sovitgichlarini ham qurish mumkin.
2.4.QUYOSH ENERGIYASIDAN UYLARNI ISITISHDA VA SOVITISHDA FOYDALANISH
O’rta Osiyoning iqlim sharoitida yoz kunlari juda issiq,qish kunlari sovuq bo’ladi.Shuning uchun yoz faslida xonalarni salqin qilish va qish vaqtida isitish zarur bo’lib qoladi.Binolarni isitish va sovitish ishlarida quyosh energiyasidan foydalanish xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega.Chunki binolarni isitishga ko’plab qazilma yonilg’ilar sarf bo’lmoqda.Quyosh energiyasidan foydalanib,qazilma yonilg’ilarni tejash mumkin.[10.11]
Quyosh energiyasidan foydalanib, uylarni isitish va sovutishda turli xil qurilmalar ishlatiladi.Bu qurilmalardan quyosh suv isitgichlarida foydalanishni qarab chiqaylik.
Uy tomining janubga qaragan nishob tomoniga gorizantgaburchak ostida o’rnatilgan ``issiq yashik`` tipidagi quyosh suv isitgichi quyosh energiyasini issiqlikka aylantirishga xizmat qiladi.Quyosh nurlari``issiq yashik``ning oynali tomonidan qurilmaning ichiga o’tib, uning qora rangga buyalgan qozonida yutiladi va qozonning ichiga oqib kirayotgan temperaturasibo’lgan suvni isita boshlaydi.Bu suv uyning shipiga va devorlariga o’rnatilgan trubalardan oqib o’tishida xonalarni isitadi.Suv isitgichdagi issiq suvning temperaturasigat eng bo’ladi.( -rasm)
Agar xonani isitish lozim bo’lmay qolsa,isigan suv uyning padvaliga o’rnatilgan bak-akkumulyatorda yig’ila boradi.Yig’ilgan issiq suvdan havo bulut bo’lgan kuni yoki kechasi foydalanish mumkin.Nihoyat quyosh energiyasi suvni isitish uchun yetarli bo’lmay qolganda yonilg’i bilan ishlaydigan qurilma ishga tushiriladi.
Yoz vaqtida qurilma kunduz kuni issiq suv bilan ta’minlash va boshqa turli ehtiyojlar uchun ishlatiladi.Kechasi qurilmaning oyna bilan qoplangan sirtidan yupqa qatlam qilib suv oqiziladi. Natijada suv bug’lanayotganda sovib, temperaturasigacha pasayadi vasovuq suv uchun mo’ljallangan bak-akkumulyatorlarda to’planadi.Sovigan suv nasos yordamida binolarni sovitish sistemasiga yuboriladi.Sovitish sistemasi sifatida uyning shipi va devorlariga o’rnatilgan trubalardan foydalaniladi.Akkumulyatsiyalangan sovuq suvni kunduzi nasos yordamida yuqoriga chiqarib,qishda xonalarni isitish,yozda sovitishda foydalaniladi.
Tajribalar ko’rsatadiki,qurilmaningsirtidan yil davomida issiqlik olish mumkin.Bu esa 400kg ko’mirni yoqqandagi ajralib chiqqan issiqlik miqdoriga tengdir.
Quyosh nuri energiyasi yordamida isitish,issiqlik suv bilan ta’minlash va havoni sovitishning yuqorida bayon qilingan sistemasini bolalar bog’chalarida,maktablarda,unchalik katta bo’lmagan binolarda qo’llash mumkin.
O’zbekistonda quyosh energiyasi yordamida uylarni isitish va sovitishni amalgam oshirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini O’zbekiston Fanlar akademiyasining Fizika-texnika institutida G’.Umarov, R.Avezov va boshqa olimlar muvoffaqiyatli olib bormoqdalar.
2.5.PAST TEMPERATURALI QUYOSH
ENERGITIK QURILMALARI
Ma’lumki ``issiq yashik`` tipidagi quyosh qurilmalarining foydali ish koeffitsienti 40-50% gat eng va kun davomidasirtidan olinadigan foydali issiqlik energiyasi 3000 kkal gacha yetishi mumkin.Agar bu qurilmalarda ishchi jism (issiqlik oluvchi) sifatida yengil bug’lanadigan moddalar (Freon,ammiak,etil spirtlari) dan foydalanilsa, ularning temperaturasini gacha oshirishganda hosil bo’ladigan bug’larning boshlang’ich bosimi 15-20 atm ga yetadi.Bunday bosimdagi ishchi jism (gaz)dan unchalik katta bo’lmagan bug’ trubinalarini va porshenli nasoslarni harakatga keltirish mumkin.
Bunday energitik qurilmalarda past temperaturada ishlaydigan quyosh qurilmalari (``issiq yashik``) ishlatilgani uchun ularni past temperaturali quyosh energitik qurilmalari deb yuritiladi.
Past temperaturali quyosh energitik qurilmalaridan birining prinspial qurilmasi 20-rasmda keltirilgan.Quyosh nurlarining ``issiq yashik`` tipidagi qurilma 1 ning ichiga o’tgan qismi ishchi jismni bug’lantiradi. Ishchi jismning bug’lanishi natijasida hosil bo’ladigan bug’lar bir tomonlama ishlaydigan,bug’ni teskari tomonga o’tkazmaydigan maxsus ventildan o’tgach bug’ yig’gich 2 da to’planadi. Bug’ bosimi 15-20 atm ga yetgach, uni bug’ trubinasi 3 ga yuboriladi. Bug’ trubinasining vali aylanishi natijasida unga birkitilgan uzgaruvchan tok generatori 4 ham ishga tushadi. Bug’ trubinasi valini aylantirish jarayonida bug’ ish bajarib, soviydi va kondensatorda suyuladi. Nasos 6 suyuq ishchi moddani truba bo’ylab yana generatorga haydaydi. Quyosh nurlari ``issiq yashik`` tipidagi qurilma yuziga tushib turganida yuqoridagi protsess davom etaveradi. Bunday tipdagi qurilmalarning umumiy foydali ish koeffitsienti 10-15 % gacha yetishi mumkin.
Xulosa.
Quyoshning nuriy energiyasi energiyaning boshqa turlariga, issiqlik energiyasiga aylanadi.
Quyoshning energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishda ishlatiladigan eng sodda qurilma ``issiq yashik`` tipidagi qurilmalardir.
Quyosh energiyasi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mening B.M.Ishimda quyoshning nuriy energiyasini to`plamasdan ishlaydigan “Issiq yashik” tipidagi quyosh qurilmalari hozirgi vaqtda eng ko`p tarqalgan qurilmalardir. Bunday qurilmalar past haroratli quyosh qurilmalaridir.
B.M.Ishimda shu qurilmalarning turlari, tuzilishi,ishlash prinsiplari amaliy va nazariy holda keltirilgan.
Bu qurilmalar:
-
Quyosh suv isitgichlari.
-
Quyosh suv chuchutgichlari.
-
Quyosh tiplitsa va parniklari.
-
Quyosh quritgichlari.
-
Quyosh sovutgichlari.
Bu qurilmalar qishloq xo`jaligining madaniy hayotini va turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Kollej, litsey va qishloq maktablarida quyosh energiyasiga oid malumotlar bilan ham tanishtirib boorish muhim ahamiyatga egadir. Fizika faning o`qitishda o`quvchilarni hozirgi zamon geliotexnikasining yutuqlari bilan tanishtirib boorish o`quvchilarni ishlashga, o`qitishni ilmiy saviyasini oshirishga fizika fanini o`qitishni qishloq xo`jaligi bilan bo`g`lanishning hamda fizika bilan boshqa fanlar orasidagi bog`lanishni kuchayishiga yordam beradi.
Adabiyotlar ro`yxati
1.I.A.Karimov “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bortaraf etishning yo`llari va choralari” nomli kitobi.
2.I.A.Karimov “Qonunchilik palatasi va senatning qo`shma majlisi hamda vazirlar mahkamasining 2009 yilda O`zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishni eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan” majlisdagi maruzasi -…….
3. I.A.Karimov “ Mamlakatimizda demokratik islohatlari yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”
4. G.Umarov, A.Ershov “ Quyosh inson xizmatida” Fan nashriyoti. Toshkent 1972y
5. T.Sodiqov, B. Xayriddinov “Quyosh energiyasini akkumullatsiyalash” Fan nashriyoti Toshkent 1996 y
6. G.Y.Umarov, R.T.Rabbimov,R.R Avezov, M.U. Usmonov Исползовоние низкопотенциалъных солнечных установох” Toshkent 1976 y
7. B.Xayriddinov, B.Xolliyev “Quyosh meva quritgichlari” Fan nashriyoti. Toshkent 1990 y
8. B. Xayriddinov, T.Sodiqov “ O`rta maktabda fizika kursini o`qitishda geliotexnika materiallaeidan foydalanish” O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 1985 y
9. M.D.Kim “Quyosh parniklari va tiplitsalari” O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 1998 y
10. T.Sodiqov, A.B.Vardiashvilli “Gelioteplitsalar va ularning issiqlik rejmlari” O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 1996 y
11.P.P Mixaylov “ Geliotexnika v shkole” O`qituvchi nashriyoti. Toshkent 1977 y
12. Infarmatsionnoy sobsheniy 131 ( prospect geliotexnicheskex ustanovok) G.T.I. AN. O`Z.R “fan” Toshkent 1975 y
13. W.W.W Ziyoyev. UZ (Respublik O.U.Yu sayti)
14. W.W.W Qarshi UZ (Qarshi D.U sayti)
Do'stlaringiz bilan baham: |