—fizika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi ergasheva latofatning bakalavr darajasini olish uchun yozilgan «Past haroratli qurilmalar va ularning fizik asoslari»



Download 0,73 Mb.
bet1/3
Sana22.06.2017
Hajmi0,73 Mb.
#11743
  1   2   3

Aim.uz

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA VA UNI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
5440100—fizika ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi

ERGASHEVA LATOFATNING

bakalavr darajasini olish uchun yozilgan

«Past haroratli qurilmalar va ularning fizik asoslari»

mavzusidagi

Himoyaga tavsiya etilsin”



Fizika – matematika fakulteti

dekani:____________ prof. A.Q.Tashatov

____”________________ 2012 yil




Qarshi – 2012 yil

MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………3

I BOB. ISSIQ YASHIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN

GELIOQURILMALAR

1.1.Issiq yashikning tuzilishi va ishlash prinsipi…………………………10

1.2. Quyosh suv isitgichlari………………………………………………13

1.3.Quyosh suv chuchitgichlari…………………………………………..20

1.4.Quyosh teplitsa va parniklari………………………………………...26

II BOB. PAST HARORATLI GELIOQURILMALARDA ISHLAYDIGAN

MATERIALLAR VA ULARNING XOSSALARI

2.1.Teplitsa va parniklarda ishlatiladigan polemer plyonkalarning fizikaviy

xossalari……………………………………………………………...……32

2.2.Quyosh quritgichlari…………………………………………………..37

2.3.Quyosh sovutgichlari………………………………………………….39

2.4.Quyosh energiyasidan uylarni isitishda va sovutishda foydalanish…..42

2.5.Past temperaturali quyosh energetik qurilmalar………………………44

Xulosa……………………………………………………………………..46

Adabiyotlar………………………………………………………………..47

KIRISH

‘’Ta’lim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunini ijro etish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ga muofiq ta’lim mazmunini isloh qilish, kadrlar siyosatini Respublikamizda amalga oshirayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohatlar talablariga ta’lim, fan, texnika va texnalogiyalar rivojlanishining jahon darajasiga mosligini ta’minlash maqsadida va uzluksiz ta’lim tizimi uchun ,,Davlat ta’lim standartlari to’g’risida’’gi nizom asosida qator ijobiy ishlar amalgam oshirilmoqda.

,,Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati to’g’ilmasin, gap oxir –oqibat baribir kadrlarga taqalaveradi. Mubo-lag’siz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz mamlakatimiz kelajagi o’rnimiz-ga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog’liqdir’’ - deb bejiz aytmagan I.A.Karimov. [ 1. 2. 3 ]

Shuni qayt qilish kerakki, milliy dasturni ruyobga chiqarishning birin – chi bosqichida umumiy o’rta, o;rta maxsus, kasb – hunar va oliy ta’lim uchun asosiy me’yoriy hujjatlar hisoblangan Davlat ta’lim standartlarining, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimi uchun o’quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasining tastiqlanishi hozirgi kunda ta’limning barcha bosqichlarida zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanib dars o’tishni taqozo etadi. Bu masala hozirgi kunning asosiy masalasi bo’lib turibdi. Mening malakaviy ishim quyosh energiyasidan qishloq xo’jaligining turli sohalarida qo’llashning bir qismi bo’lib, ,,Past haroratli qurulmalar va ularning fizik asoslari’’ mavzusida amalga oshiriladi.



Mavzuning dolzarbligi. Mening B.M.Ishimda fan va texnikaning hozirgi vaqtda tez rivojlangan va rivojlanayotgan sohalaridan biri quyosh energiyasidan foydalanishning fizikaviy asoslari va erishayotgan yutuqlari keltirilgandir.Quyosh energiyasidan sanoatda, qishloq xo’jaligida,meditsinada va kundalik turmushda foydalaniladi. Bunga mavzuda keltirilgan quyosh qurilmalarini keltirish mumkin.

1.Quyosh suv isitgichlari.

2.Quyosh suv chuchitgichlari.

3.Quyosh teplitsa va parniklari.

4.Quyosh quritgichlari.

5.Quyosh sovitgichlari.

Bu qurilmalar mavzuda har birining tuzilishi va ishlash prinsipi keltirilgan.

Ishning maqsadi va vazifalari: Mavzuda keltirilgan past haroratli qurilmalar qishloq xo’jaligi bilan chambarchas bog’liqdir.Bu qurilmalardan ffoydalanish qishloq aholisining madaniy hayotini va turmush darajasini yanada yaxshilashiga xizmat qiladi.

Quyosh energiyasidan foydalanish qishloq xo’jalik masulotlari ishlab chiqarishning rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko’rsatmoqda.

Bu qurilmalardan teplitsa va parniklarni qulay konstruksiyalarini yaratish yopiq joyda sabzavotchilikga,ekinlar hosildorligini oshirishga va hosil mahsulotlarini sifatini yaxshilashga olib keladi.

Bitiruv malakaviy ishning ilmiyligi va amaliy ahamiyati: Yer yuziga tushadigan quyoshning nur energiyasi katta bo’lishiga qaramay quyosh energiyasi va undan foydalanish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari XX asrning ikkinchi yarmidan so`ng rivojlandi.

Bizning mamlakatimizda garchi ko’mir, neft, tabiiy gaz zapaslari hali ko’p bo’lsada, baribir ularni tejab sarflash kerak.Bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish zarurdir. Buning uchun mavzuda keltirilgan past haroratli qurilmalar ustida ilmiy izlanishlarni olib borish kerak.Hamda maktab, letsiy, kollejlarda fizika fanini o’qitishda qishloq xo’jaligi bilan bog’lashni, fizika bilan biologiya fani orasidagi bog’lanishni kuchaytirishda mavzuda keltirilgan qurilmalar yoki quyosh energiyasidan foydalanishda fanning yutuqlarini keltirish katta ahamiyatga egadir.

Bu sohada Universitet olimlarining ilmiy ishlarini keltirish mumkin.

Dotsent: T.A.Sodiqov.

Professor: B.E.Xayriddinov.

Professor: A.B.Vardiyashvilli.

Dotsent: B.CH.Xolliyev.

Dotsent: T.Z.Ziyoyev.

Dotsent: N. . Xolmirzayev.

Xulosa, taklif va tavsiyalar. Ushbu B.M.Ishda ``qora yashik`` tipida ishlaydigan, ayrim quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydigan qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsiplari va fizikaviy asoslari berilgandir.

Turli maqsadlarga mo’ljallangan quyosh qurilmalari qishloqlarda foydalanish uchun qulaydir. Ular qishloq aholisining madaniy hayotini va turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.Qishloqlarda maktab,letsiy va kollejlarda fizika fanini o’qitishda geliotexnika qurilmalari qurish va ularni qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqo sohalariga joriy qilishda O’zbekiston olimlarini ilmiy izlanishlari bilan tanishib boriladi.
B.M.Ishning mazmuni: B.M.Ishimda fan va texnikaning hozirgi vaqtda tez rivojlanayotgan sohalaridan biri quyosh energiyasi asosan, qishloq xo’jaligi bilan chambarchas bog’liqdir.

Ko’pgina quyosh qurilmalari (turli maqsadlarga mo’ljallangan quyosh suv isitgichlari, quyosh suv chuchitgichlari, quyosh teplitsa va parniklari, quyosh quritgichlari, quyosh sovitgichlari va boshqalar) qishloqlarda foydalanish uchun qulaydir.Ular qishloq aholisining madaniy hayotini va turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Bu qurilmalar past temperaturali qurilmalardir. B.M.Ishimda shu qurilmalarni tuzish, ishlash prisiplari, isitgichlarning unumdorligi, konstruksiyasi ham nazariy ham amaliy keltirilgandir.B.M.Ishimni bajarishda Universitetimiz olimlari shu sohada ilmiy-izlanish olib borgan Dotsent T.A.Sodiqov, Professor B.E.Xayriddinov, Professor A.B.Vardiyashvilli, B.Ch.Xolliyev va boshqa olimlarni ilmiy ishlari natijalaridan foydalandim.Quyosh nuriy energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirishda ``issiq yashik`` tipidagi qurilmalardan foydalaniladi.Bu 1-rasmda keltirilgan. Yog’och yashik olib,uning tagiga va yon devorlariga (tomonlariga) issiqlikni yomon o’tkazadigan material (yog’och qipig’i, qamish, somon yoki boshqa material) solinadi.Issiqlik izoliyatsiyasi 1-amalga oshiriladi.Yashikning tagi va yon tomonlari yaltiramaydigan qora rangga buyalgan 2-tunuka bilan qoplanadi yashik ustuni deraza oynasi bilan (3) bilan qoplanadi.Bu qurilma ma`lum burchak ostida qiyalikka ega bo’ladi.Ma`lum vaqt o`tgach yashik ichidagi havo temperaturasi ,yashik ichiga joylashtirilgan termometr bir qavat oynada izolyatsiyasi yaxshi bo’lsa 70-750 C ga yetadi.

Quyosh nurining deraza oynasiga perpindikulyar tushayotgan nurlarining 83% protsentini o’tkazar ekan. Quyosh nurining qora ranga buyalgan tunuka yutadi va temperaturasi orta boradi.Bu hol ``issiq yashik`` ichiga kiradigan, chiqadigan issiqlik energiyasi tenglashguncha davom etadi.Shvetsaryalik fizik Sasyur ``issiq yashik``ni 1770 yil yasagan edi.

Bizning Respublikamizda ``issiq yashik`` tipidagi quyosh qurilmalari bo’yicha K.G.Trafimov 1928 yilda tekshirish olib bordi. Issiq yashik ustidagi qoplangan oynali qavatlar soni oshishi bilan yashik ichidagi temperatura ham oshib boradi.Masalan ``issiq yashik`` 7-qavatda oyna quyilsa 2000 C gacha, 8-qovatda 2250 C gacha yetishi kuzatiladi.Ammo oyna qavatlari oshirilgani bilan yashik osti va yon tomonlarida issiqlik yo’qotish seziladi.Ko’p qavatli oynalardan quyosh energiya har bir qovatdan o’tishda kamayadi.O’zbekistonda 60-700 C temperatura olish uchun bir qavat oyna yetarli 700 C dan yuqori temperaturada 2-qavatli oyna olinsa bo’ladi. Mening bitiruv malakaviy ishimda manashu ``issiq yashik`` asosida ishlaydigan qurilmalar keltirilgandir.

Bizga ma’lumki yerga quyosh nurlari tushganligi tufayli yerda hayot uchun zarur temperatura sharoiti hosil bo’ladi. O’zbekistonning ko’pgina tumanlariga bir yil davomida 3000 soatdan oshiqroq vaqt quyosh nuri tushadi. Toshkent va Samarqand shaharlarida quyosh nurlariga joylashgan 1 m qora sirt to’sh vaqtida bir soatda 800 – 900 kkal gacha issiqlik oladi. Toshkent shahrida quyosh nurlariga tik quyilgan 1 m qora sirt yiliga 1770 000 kkal gacha issiqlik olar ekan. Boshqacharoq aytganda Toshkent shahri territoriyasiga tushadigan quyosh energiyasi 37 mln tonna shartli yoqilg’ini yoqqanda ajraladigan issiqlik energiyasiga tengdir. Bun-dan ko’rinadiki Quyosh energiyasi ko’p tushadigan tumanlarda quyosh energiyasidan xalq xo’jaligida foydalanish muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi barcha ish –larni havo ochiq kunlari ko’p bo’lgan va tushadigan quyosh energiya -si miqdori katta bo’lgan territoryalarda, albatta rivojlantirish zarurdir. Yerga tushayotgan quyosh energiyasidan sanoatda , qishloq xo’jaligi-da, tibbiyotda va kundalik turmushda foydalanish juda zarurdir. Quyosh energiyasini elektr va mexanik energiyaga aylantirish, yuqori temperaturalarni hosil qilish, past temperaturali qurilmalar (Suv isitgichlar,

Gelio oshxonalar , quritgichlar, parniklar, suv chuchitgichlari va hokozo ). Quyosh energiyasidan foydalanishda katta hissa qo’shgan olimlar V.A.BAUM, G’.YO.UMAROV, V.B.VEYNBERG, U.O.ORIPOV A.A.SHAXOV . Qarshi Davlat Universitetida bu sohaga katta hissa qo’shgan olim-larimiz texnika fanlari nomzodi, dotsent T.A. Sodiqov, professor B.E.Xayriddinov , professor A.B.Vardiyashvilli, B.CH.Xolliyev va boshqalar. Bizning mamlakatimizda garchi ko’mir, neoet, tabiiy gaz zapaslari ham ko`p bo`lsada baribir ularni tejab sarflash kerakdir. Huddi shu maqsadda quyosh energiyasidan foydalanib bajariladigan ishlarga oid misollar keltirish mumkindir. Past temperaturali quyosh qurilmalari yordamida turli maqsadlarda ishlatish uchun suvlar isitiladi, dorivor va yem-hashaklar o`tlar quritiladi, sho`r suvlar chuchuk suvga aylantirioladi, quyosh parniklari va tiplitsalarida ayrim qishloq xo`jalik ekinlari (karam, pamidor ko`chatlari) oo`stiriladi, yaylovlarda va dala shiyponlarida uncha katta bo`lmagan quyosh energiyasinito`plagichlar (kansentratorlar) yordamida ovqatlar pishiriladi. Quyosh pechlari yordamida C tempetatura hosil qilib, yuqori temperaturalarda ilmiy -tadqiqot ishlari bajariladi. Shuningdek yarim o`tkazgichli termoelementlar va fotoelementlar batareyasi yordamida quyosh energiyasini elektr energiysiga aylantiriladi. Urug`larni, tuganaklarni implusli rejmdagi konsentrlangan (to`plangan) quyosh yorug`ligi bilan optimal dozalarda nurlahtirilib ekish hosildorlikni oshiradi.[4.5]

Kosmek fazoda ilmiy – tadqiqot ishlarni olib borishda quyosh energiyasidan foydalanishning ahamiyati kattadir.Kosmik fazoni, xususan oyni o’rganishda quyosh energiyasidan foydalanish katta ahamiyatga egadir.Kosmek fazoda bulut, yomg’ir, shamol,chang kabi quyoshning nur energiyasini zaiflashtiradigan faktorlar yo’qdir.Shu sababli fazodagi quyosh radiatsiyasining sirtiy zichligi (intensivligi) yer sathidagidan 1,5 marta ko’p .

Quyosh energiyasidan foydalanishdagi asosiy yunalishlardan biri Past temperaturali qurilmalar to’g’risida,ulardagi fizik jarayonlar to’g’risida ma’lumot bermoqchimiz.

I BOB ISSIQ YASHIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN GELIOQURILMALAR

1.1”ISSIQ YASHIK”NING TUZILISHI VA ISHLASH

PRINSPI.

Agar yog’och yashik olib, uning tagiga va yon devorlariga (tomonlariga) issiqlikni yomon o’tkazadigan material (yog’och qipig’i, qamish, samon yoki boshqa birorta material) solinib issiqlik izolyatsiyasi 1 amalga oshiriladi. So’ngra yashik ostidagi issiqlik izolyatsiyasining ustini va yashikning yon tomonlarini yaltiramaydigan qilib, qoraga bo’yalgan tunuka 2 bilan qoplanadi. Yashik ustini deraza oynasi 3. bilan qoplashdan hosil bo’lgan bu qurilmani quyosh nurlariga tik ravishda o’rnatamiz. ( 1-rasm ).


1-rasm. Issiq yashikning tuzilish sxemasi.

Bir oz vaqt o’tgach yashik ichidagi havoning temperaturasi C gacha yoki undan ortishi ham mumkin. Bu sodda qurilma ``Issiq yashik`` deb ataladi. Ma’lumki, deraza oyna o’ziga tushadigan quyosh nurlarining ko’rinadigan qismini yaxshi o’tkazgani uchun tiniq ko’rinadi.Bunday oynalar to’lqin uzunligi 0,3 mk dan uzun to’lqinlarni o’tkazmaydi. Oyna o’ziga tushgan quyosh nurining 83 foizini o’tkazadi.Bu nurlarni qora ranga buyalgan tunuka yutadi. Natijada tunukaning ham, yashik ichidagi havoning ham isishiga olib keladi. Isiyotgan qora jism (tunuka) ning chiqargan nurlanishi, quyosh spektrining infraqizil sohasiga to’g’ri kelganidan yana yashik oynasi tomonidan tashqariga chiqmaydi. Natijada biror aniq temperaturada ``Issiq yashik`` ichida issiqlik ``muvozanati`` o’rnatilganga qadar undagi havoning temperaturasi orta boradi. Buholat yashikning ichiga kiradigan quyosh enertgiyasi bilan, yashikning ichkarisidan atrofdagi muhitga yo’qoladigan issiqlik energiyasi tenglashganda ro’y beradi.

Shvetsariyalik fizik Sossyur birinchi marta ``Issiq yashik ``ni 1770 – yilda yasagan edi. Bizda esa ``issiq yashik`` tipidagi quyosh qurilmalari bo’yicha K.G.Trafimov 1928-yillardan boshlab ilmiy-tadqiqotlar olib brogan [ 6 ]. K.G.Trafimov ``issiq yashik`` ustidagi oynalar sonini (qavatlarini) oshirish bilan yashik ichidagi havo temperaturasi oshdi. Masalan :``Issiq yashik `` 7-qavat oyna bilan qoplansa,havoning temperaturasi C gacha,

8-qavatda esa C gacha yetar ekan. Ammo qavatlar sonini oshirgan sari quyosh energiyasi har bir oyna qavatidan o’tishda kamayadi. Issiqlik yo’qotish ham ko’payar ekan.

O’zbekiston sharoitida C temperatura olish uchun yoz oylarida bir qavat oyna C dan yuqori temperatura olish uchun ikki qavatli oyna kifoyadir. Quyosh nuri energiyasini to’plamasdan ishlaydigan ``Issiq yashik `` tipidagi quyosh qurilmalari hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan qurilmalardir. Bunday qurilmalarni past haroratli quyosh qurilmalari deb yuritiladi.

Past haroratli quyosh qurilmalari quyidagilar:

1.Quyosh suv isitgichlari

2.Quyosh suv chuchitgichlari

3.Quyosh teplitsa va parniklari

4.Quyosh quritgichlari

5.Quyosh sovitgichlari.

Biz bu quyosh qurilmalarining har birining tuzilishini, ishlash prinspini va unda bo’ladigan fizik jarayonlarni ko’rsatib o’tamiz.



1.2. QUYOSH SUV ISITGICHLARI.
Quyosh suv isitgichlari ``issiq yashik``turidagi turli xil quyosh suv isitgichlari asosan yog’och yashik –rom, ichki sirt –qozon, oyna va issiqlik izolyatsiyasidan iboratdir. Quyosh nurlari oyna orqali o’tib, qora ranga buyalgan qozonga tushadi va uni isitadi. Natijada qozondaaaagi suv ham isiy boshlaydi. Agar issiqlik izolyatsiyasi yaxshi bo’lsa, issiqlik o’tkazuvchanlik va konveksiya bo’yicha issiqlik yo’qotish kamayadi. Quyosh suv isitgichlarining turlari juda ko’p bo’lib, ular bir-biridan asosan qozonlarining tuzilishi bilan farqlanadi.

Respublikamizda quyosh suv isitgichlarini quyidagi turlari ma’lum.

1.Oddiy bochka shaklidagi isitgichlar.

2.Nav shakli(latok)li isitgichlar.

3.Zmeyvka (burama truba) li isitgichlar.

4.Trubali isitgichlar.

5.Yassi, yopiq isitgichlar.

Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki bu isitgich turlari ichidan eng qulayi trubali quyosh suv isitgichlari ekan.(2-rasm).

2-rasm. Trubali quyosh suv isitgichi tuzilish sxemasi
Trubali quyosh suv isitgichda yog’och yashik 1.ning tagiga issiqlik izolyatsiya qatlami 2.joylashadi.Issiqlik izolyatsiyasi ustini qoraga buyalgan metal tunuka qozon 3.bilan qoplangandir.Qozon 3. dagi parallel kanalchalarga metall trubalar 4. yotqizilgan bo’lib,trubalarning ikkala uchiga rezinka trubalar yordamida katta diametrli truba-kollektor mahkamlanadi,kichikroq o’lchamga ega isitgichlarda trubalarni kollektorlarning mos joylarida bevosita kavsharlab qo’yiladi.Kichikroq o’lchamga ega bo’lgan suv isitgichlarning yuzini bir qavat oyna, kattaroq (masalan yuzi () isitgichlarda esa isitgich yuzining ustki yarmisini ikki qavat oyna bilan qoplanadi. (3-rasmda)
3-rasm. Suv isitgichning bak-akkumulyatori bilan ulash sxemasii.
B.V.Petuxov konstruksiyasi bo’yicha trubali suv isitgichni bak-akkumulyator (isigan suv yig’iladigan va issiqlikni yomon o’tkazadigan moddalar bilan o’ralgan idish) bilan ulash sxemasi ko’rsatilgan. Sovuq suv keladigan truba 4.bak-akkumulyator 3.ning pastki qismiga ulangan, bundan tashqari bak-akkumulyator pastki sirkulyatsiya trubasi 2 yordamida isitgich 1 ning pastki kollektor trubasiga biriktirilgan.Isitgich yuqorisidagi kollektor trubasi ham sirkulyatsiya trubasi orqali bak –akkumulyatorning ustki qismi bilan tutashtirilgan bo’ladi. Isigan suvni bak-akkumulyatordan truba 5 bo’yicha olib ketiladi.Bu suv isitgichini janub tomonga qaratib quyosh radiatsiyasi maksimal tushadigan qilib garizantga og’ma ravishda (burchak ostida) o’rnatiladi.Agar suv isitgichdan faqat yoz oylarida foydalanish nazarda tutilsa uni janubga qaratib, gorizant bilan olingan joyning Geografik kengligidan ga kam burchak ostida o’rnatiladi.

Agar suv isitgichdan 7-9 oy davomida foydalanmoqchi bo’linsa,ularni olingan joyning Geografik kengligiga teng burchakda gorizantga qiya qilib joylashtiriladi.Shu tarzda o’rnatilgan qurilma suv bilan to’ldirilsa, quyosh nurlari tushishida suvning isishi natijasida isitgich va bak –akkumulyator bo’ylab suvning termosifon aylanishi ro’y beradi. Isitgich yuqorisidagi sirkulyatsiya trubasini bak-akkumulyatorning ustki kollektoriga nisbatan bir oz yuqoriroq o’rnatiladi. Bak-akkumulyatordagi suv sathi ustki kollektor sathidan past bo’lmasligi kerak,aks holda termosifon aylanish ro’y bermaydi. Bak-akkumulyatorni sovuq suv bilan ta’minlash vadapravod yoki boshqa biror katta hajmli idish-bochka orqali bajariladi. Bak –akkumulyatordagi suvning temperaturasi ``Ludlo``zadvichkasini ochish yoki yopish bilan boshqariladi.Qarshi Davlat Universitet gelio maydonchasida olib borilgan tekshirishlarda yoz vaqtida kun davomida trubali suv isitgichda suvni dan - C gacha isitilganda suv isitgichning har yuzidan 60-70 litr gacha, C gacha isitilganda esa 40-50 l gacha Cgacha isitilganda 20 -30 l gacha suv olingan edi.Ko’rinib turibdiki, isitgichdan olinadigan suvning temperaturasi orta borsa, suv isitgichlarning har yuzidan kun davomida olinadigan isigan suvning miqdori kamaya boradi.

Isitgichning yuzida kun davomida isitiladigan issiq suvning miqdori isitgichning unumdorligi deyiladi.

Isitgichning unumdorligi:

1.Suv isitgichning quyoshning ko’rinma harakati bo’yicha burial olishligi;[7,8].

2.Isitgichdan olinadigan issiq suv, sovuq suv va muhit temperaturasiga;

3.Isitgichning konstruksiyasiga;

4.Isitgichni yasashdagi ish sifatiga bog’liq bo’ladi.

Isitgichning unumdorligini U – harfi bilan belgilaylik. Isitgichning unumdorligi U –yig’indi quyosh radiatsiyasidan isitgich olgan foydali issiqlik , Sovuq suvning temperaturasi va isitgichdan olinadigan issiq suvning temperaturasi bilan quyidagicha bog`langandir.

(1)

C-suvning solishtirma issiqlik sig`imi



-suvning zichligi.

Isitgichning unimdorligi U ning o`lchov birligini chiqaramiz.



(1) formuladagi va larni aniqlash oson, lekin ni toppish qiyinroqdir. ni tushuvchi yig`indi quyosh radiatsiyasi issiqligi va yo`qotilgan issiqlik miqdori ayirmasi tarzida aniqlash mumkin.
(2)

Bu yerda k- oynaning quyosh radiatsiyasini o`tkazish kaefsenti.

Bu formuladagi ikki qism,dan iborat bo`ladi.


  1. Kechasi isitgich ichida qolgan suvning isitgichning ishlash temperaturasigacha isitishda olgan issiqlik miqdori :

  2. Issiqlik o`tkazuvchanlik va kanveksiya bo`yicha yo`qoladigan issiqlik miqdori :

Demak isitgich olgan issiqlik miqdorini quyidagicha yozish mumkin.

(3)

Bunda quyosh suv isitgichning unimdorligi quyidagicha ifodalaniladi.
(4)

Isitgich yuziga tushuvchi yig`indi quyosh radiatsiyasini quyidagicha yozish mumkin.



Bunda i-to`g`ri quyosh radiatsiyasining isitgich yuziga tushish burchagi.

Bu formula bo`yicha ni hisoblashda kun davomida S, i va D larning o`zaro borishini etiborga olish kerak. Suv isitgichni gorizantga nisbatan <φ burchakka o`rnatilsa, to`g`ri radiatsiyaning isitgich yuziga tushish burchagi i- quyidagicha aniqlanadi.



Agar isitgichni nvjjfdf ostida joylashtirsak, (5)ni quyidagi ko’rinishda yozamiz;

(4) formula bo’yicha U-ni hisoblaganda isitgich yuziga tushgan quyosh nurlarining hammasi qozonga borib yetmasligini, tushuvchi quyosh radiatsiyasining bir qismi rom yog’ochlari tomonidan to’sib qolinishni, oynaning o’zi,hatto oyna sirtidagi chang zarralari ham tushuvchi radiatsiyani zaiflashtirishini e’tiborga olish zarur.Bulardan tashqari oynaning nurni o’tkazish koefsenti ham nurning oyna sirtiga tushish burchagiga bog’liqligidansoat sayin o’zgarib turadi.Quyosh radiatsiyasining tushuvi natijasida isitgich suvni isitganda olgan issiqlik miqdorining isitgich sirtiga tushuvchi yig’indi quyosh radiatsiyasining kattaligiga nisbati quyosh suv isitgichining foydali ish koefetsinti -deb ataladi.


Shunday qilib trubali quyosh suv isitgichlarining o’rtacha F.I.K 30-40% gacha yotadi,maksimal F.I.K esa 45-50% gacha yetar ekan.

Hozirgi vaqtda O’rta Osiyo sharoitida yoz oylarida hammomlarda, kir yuvish punkitlarida, sog’lomlashtirish maskanlarida issiq suv yetkazib berishda foydalanilmoqda.

Chet ellarda quyosh suvisitgichlari keng tarqalgandir. Masalan: Yaponiyada bir mln dan ortiq quyosh suv isitgichlari ishlab turibdi. AQSH da boshqa davlatlarga sotish uchun 4-5 mln quyosh suv isitgichlari ishlab chiqiladi.




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish