Mexanikaviy harakat
Vaqt o’tishi bilan jismning fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan
o’zgarishi jismning mexanikaviy harakati deb ataladi.
Galiley - Nyutonning mexanikasi klassik mexanika deb ataladi. Klassik
mexanika, tezligi yorug’likning vakuumdagi tezligidan sezilarli ravishda kichik
tezlikka ega bo’lgan makroskopik jismlarning harakati qonunlarini o’rganadi.
Yoruglik tezligiga yaqin yoki teng tezliklarga ega bo’lgan mikroskopik jismlar
harakati qonunlarini maxsus nisbiylik nazariyasiga asoslangan relyativistik mexanika
o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |