Suvning muhim xossalari. Bizga ma’lumki, «suv» tushunchasi bu faqat H2O molekulalardan tuzilgan modda degani emas. Vodorod va kislorodlar izotoplarining har xil kombinatsiyalari suvning 36 xili mavjudligini ta’minlaydi. Tabiiy suvda H2O molekulalar miqdori 99,7% ni, qolgan 0,3% ni esa suvning boshqa xillari molekulalari tashkil etadi. Bu bilan molekulalar har xilligining suv xossasiga ta’siri uning suv hajmidagi mavjud miqdoriga proporsional degani emas.
Suv bu anomal modda. Avvalambor suv bu odatdagi temperatura va bosimda uch xil agregat holatida (qattiq (muz), suyuq va gazsimon (bug‘)) bo‘la oladigan sayyoramizdagi yagona modda. Ko‘pgina suyuqliklar o‘zining kengayishi bilan o‘quvchanlik xususiyatini namoyon qilsa, suv aksincha, ya’ni siqilganda. Xuddi shunday, temperaturaning oshishi bilan suvning zichligi anomal o‘zgarib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |