Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini rejalashtirish va o‘tkazish
Mehnatni muhofaza qilish auditi tashkilot qarori bilan auditor tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish auditi beshta asosiy bosqichdan iborat bo‘ladi:
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditi o‘tkazilishini rejalashtirish;
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish;
tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarini rasmiylashtirish;
o‘tkazilgan mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari asosida kamchiliklarni bartaraf etuvchi va ularning oldini oluvchi harakatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kamchiliklarni bartaraf etuvchi va ularning oldini oluvchi harakatlarni amalga oshirish samaradorligini baholash.
Mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazishni rejalashtirish audit tashkiloti tomonidan mehnatni muhofaza qilishni audit qilishga qadar ishlab chiqiladigan audit rejasi quyidagilarni nazarda tutadi:
mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish maqsadlari;
audit o‘tkazish sabablarini ko‘rsatish (tashkiliy o‘zgarishlar, mehnat xavfsizligi va muhofazasi talablari buzilishi holatlarining aniqlanganligi, joriy tekshirish va nazorat, sodir bo‘lgan avariya, kelishmovchiliklar va baxtsiz hodisalar, boshqa sabablar);
mehnatni muhofaza qilish auditi me’yorlari va mehnatni muhofaza qilish sohasini tartibga soluvchi hujjatlar;
audit o‘tkazish sohasi (faoliyat turlari va sohalari ro‘yxati);
audit o‘tkazish sanasi va joyi;
audit grafigi;
mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazayotgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi mas’ul xodimi (keyingi o‘rinlarda auditor deb ataladi) yoki auditor guruhi (agar audit o‘tkazish bo‘yicha guruh tashkil etilsa) majburiyatlari.
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasi o‘z ichiga tashkilotda audit o‘tkazish jarayoniga oid boshqa ma’lumotlarni ham qamrab olishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasiga audit o‘tkazish davomida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish rejasi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchisi rahbari tomonidan imzolanadi.
Mehnatni muhofaza qilish auditi rejasi tekshirilayotgan tashkilot rahbariga mehnatni muhofaza qilish auditi boshlanishidan oldin taqdim etiladi va u tomonlarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish tashkilotning mehnatni muhofaza qilish tizimini boshqarishning belgilangan talablarga muvofiqligi masalalarini kompleks tarzda ko‘rib chiqish faqat tasdiqlangan audit rejasi doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Mehnatni muhofaza qilish auditini o‘tkazish quyidagilarni o‘rganishni nazarda tutadi:
mehnatni muhofaza qilish auditining maqsadlari, sohasi va me’yorlariga oid ma’lumotlar, shu jumladan tarkibiy bo‘limlar faoliyati va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ma’lumotlar;
ishlab chiqarish jarayonlari va hujjatlarining mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
amaldagi jarayonlar tartibi va rasmiylashtirilgan hujjatlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, shuningdek tashkilotda mavjud bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid hujjatlarga muvofiqligi;
tekshirilayotgan tashkilotning tashkiliy tuzilmasi;
ma’muriy va ish tartiblari, inson va moddiy resurslar, asbob-uskunalar;
uchastkalar, operatsiya va ishlab chiqarish jarayonlari ishchilari;
mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va tashish jarayonlari (ularning belgilab qo‘yilgan xavfsizlik talablariga muvofiqligi);
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik moslamalarning zarur bo‘lgan sinov va texnik tekshiruvlarini o‘tkazishni tashkillashtirish;
nazorat-o‘lchov vositalarining ta’mirlanishi va tekshirilishini tashkillashtirish;
energetika xo‘jaligi obyektlari;
texnologik ekspertiza talablariga muvofiqlik;
hisobotlarni rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va saqlash tartiblari;
mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi tartib va boshqa hujjatlarning kelishilganligi;
mehnatni muhofaza qilish auditi rejasida hamda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish sohasida ko‘zda tutilgan boshqa yo‘nalishlar.
Audit natijasida olingan haqiqiy ma’lumotlar mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari bilan muvofiq kelishi yoki kelmasligini aniqlash hamda tegishli xulosalarni chiqarish maqsadida solishtiriladi.
Audit mobaynida aniqlangan mehnatni muhofaza qilish mezonlariga muvofiqlik faktlari bo‘yicha audit amalga oshirilgan joy, bo‘limlar yoki jarayonlar ko‘rsatilgan holda umumlashtiriladi. Mehnatni muhofaza qilish me’yorlariga muvofiqlik to‘g‘risida tashkilotda o‘tkazilgan auditning barcha xulosalari va uning dalillari nazorat varaqlariga yozilishi lozim.
Toifalarni aniqlashda: auditor (audit bo‘yicha guruh a’zolari) ularni alohida holatlar bo‘yicha tizimli xatolar hamda talablarga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha tasniflaydi. Mehnatni muhofaza qilish auditining nomuvofiqlik to‘g‘risidagi xulosalari va ularga asos bo‘ladigan dalillar yozma shaklda keltirilishi lozim.
Nomuvofiqliklar muhim va muhim bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.
Muhim nomuvofiqliklarning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi:
xodimlarning sog‘ligi va xavfsizligi uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavf-xatarning mavjudligi;
tashkilotning tashkiliy tuzilmasida o‘zgartirishlar keltirib chiqaradigan, katta moddiy xarajatlar talab qiladigan, mutaxassislarni uzoq muddatda (ikki oydan ortiq) tayyorlashni ko‘zda tutadigan, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan darajada mehnatni muhofaza qilish talablaridan uzoqlashish.
Muhim bo‘lmagan nomuvofiqliklarning asosiy mezonlariga quyidagilar kiradi:
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik;
xodimlarning sog‘lig‘i va xavfsizligi uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xavf-xatarlar hisoblanmagan, tashkilotning tashkiliy tuzilmasida o‘zgartirishlar va katta moddiy xarajatlar talab qilmaydigan hamda audit guruhining faoliyati mobaynida bartaraf etish mumkin bo‘lgan, belgilangan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi talablaridan uzoqlashish bo‘yicha nomuvofiqliklar.
Muhim va muhim bo‘lmagan nomuvofiqliklar, nomuvofiqlik protokollarida qayd etiladi va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablari bilan solishtiriladi.
Nomuvofiqlik protokollari aniqlangan har bir nomuvofiqlik bo‘yicha alohida tuziladi.
Nomuvofiqlik protokollari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
tekshirilayotgan tashkilot tarkibiy bo‘limining nomi yoki mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga qo‘yiladigan talablar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida belgilangan talablar;
nomuvofiqlikni belgilash va uning toifasi;
muvofiqlashtiruvchi harakatning mazmuni va uni o‘tkazish muddatlari;
muvofiqlashtiruvchi harakat o‘tkazilganligi haqida belgi (mavjud bo‘lsa);
tashkilot rahbarining va auditor guruhi rahbarining imzolari.
Nomuvofiqlik protokoli auditor (auditor guruhi rahbari) va tashkilot rahbari yoki tashkilot rahbarining vakili, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashiga mas’ul bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |