Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarini rasmiylashtirish
Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari bo‘yicha hisobot tuzish bilan audit qilish davomida yig‘ilgan xulosalar va ma’lumotlar, audit maqsadlariga muvofiqligi tekshiriladi.
Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi bo‘yicha hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
audit maqsadi;
audit sohasi;
tekshirilayotan tashkilotning nomlanishi va uning rekvizitlari;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisining nomi;
hisobot tuzilgan sana;
mehnatni muhofaza qilish auditi mezonlari;
auditor haqida ma’lumot (audit guruhi a’zolari);
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimidagi tahlil qilinadigan hujjatlar ro‘yxati;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga oid hujjatlarning tahlili natijalari;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimiga oid hujjatlardagi kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi ma’lumotlar;
mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari;
tashkilot tomonidan audit natijasida aniqlangan nomuvofiqliklarning bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi chora-tadbirlar;
hisobot taqdim etiladigan tashkilotlar ro‘yxati;
hisobotdagi mavjud ma’lumotlarning maxfiyligini ko‘rsatish.
Hisobot auditor (audit guruhining rahbari) tomonidan imzolanadi va tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi.
Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi natijalari va ishlab chiqilgan hisobotlarni inobatga olgan holda dalolatnoma tuziladi hamda auditor tomonidan imzolanadi (audit guruhining rahbari tomonidan) va tekshirilayotgan tashkilot rahbariyatiga taqdim etiladi.
Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari bo‘yicha dalolatnoma mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining audit mezonlariga muvofiqlik toifalari baholanishini o‘z ichiga oladi.
Mehnatni muhofaza qilish auditi natijalari bo‘yicha dalolatnoma aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqarishdagi jarohatdan va kasbiy kasallanishdan ogohlantiruvchi taklif va tavsiyalarni o‘z ichiga olishi shart.
Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish auditi natijalarida quyidagi xulosalar bo‘lishi mumkin:
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida o‘tkaziladigan audit talablariga muvofiq;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar asosida o‘tkaziladigan audit talablariga muvofiq emas;
Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq hisoblanadi, agar:
nomuvofiqlik mavjud bo‘lmasa;
aniqlanganidan boshlab ikki oy davomida bartaraf etish mumkin bo‘lgan, unchalik ahamiyatli bo‘lmagan nomuvofiqlik bo‘lsa;
Agar, hech bo‘lmaganda bitta, ikki oy davomida bartaraf qilish mumkin bo‘lmagan ahamiyatli nomuvofiqlik aniqlansa, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq hisoblanadi.
Dalolatnomaga shuningdek, auditor (auditor guruhi rahbari) va tekshirilayotgan korxona o‘rtasida kelishuvga erishilmagan barcha savollar, tomonlarning yozma shakldagi fikrlarining bayonlari bilan kiritiladi.
Dalolatnoma va nomuvofiqlik protokoli uch nusxada tuziladi va tekshirilayotgan tashkilotda, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisida saqlanadi hamda bir nusxasi tekshirish yakunlangandan so‘ng 10 kun mobaynida mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchisi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Davlat mehnat inspeksiyasi davlat inspeksiyalariga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |