Smartfonlar sekinlashadi va muzlashadi. Bu haqiqatan ham shunday edi, lekin oldinroq, smartfonlarda protsessorlar zaif boʻlib, oʻz vazifalarini odatdagidek bajara olmagan. Zamonaviy smartfonlar deyarli ushbu kamchilikdan xoli.
Smartfonlarni oʻrganish qiyin. Bu unday emas. Hatto bola ham smartfonni osonlikcha oʻzlashtirishi mumkin, ayniqsa, ushbu mavzu boʻyicha juda koʻp bepul materiallarni Internetda topish mumkin.
Microsoft Corp-dan Windows Mobile operatsion tizimi;
Symbian konsortsiumidan Symbian OS, keyinroq - Nokia;
Linux asosidagi operatsion tizim - Google android, Nokia Maemo, Palm webOS va boshqalar;
Telefon ishlab chiqaruvchilarining ishlanmalari (tovar belgilari: iPhone OS, Palm OS, BlackBerry OS, Samsung Bada).
Shunday qilib, biz ushbu mobil tizimlarga e’tibor qaratamiz va ularni tavsiflaymiz.
Operatsion tizim faqat mobil telefonlar uchun dasturiy ta’minot poydevori boʻlib, uni markali dasturlar va vudjetlar oʻzgartiradi. Vudjet - bu foydalanuvchi oʻzaro aloqada boʻlgan standartlashtirilgan grafik element. Operatsion tizim tekshiruvi, shuningdek, sinov telefonlari modellarida ishlatiladigan markali vudjetlarni ham oʻz ichiga oladi.
Windows Mobile - bu operatsion tizim mobil qurilmalar dasturlarning asosiy toʻplami bilan (Mobile Market-dan Windows Marketplace, Windows Live, Mening telefonim), qaysi koʻplab platformalarda, jumladan, smartfonlarda, Pocket shaxsiy kompyuterlarda, koʻchma media-markazlarda va avtoulovlarda ishlaydi.
Tizim interfeysi shaxsiy kompyuterlar uchun tanish boʻlgan Windows operatsion tizimiga oʻxshaydi. OS koʻp vazifali va qulay sinxronizatsiyaga ega, ammo u viruslarga juda zaif va har doim ham barqaror ishlamaydi.
Mobil aloqa vositalarida ilovalar yaratishda Delphi dasturlash tili imkoniyatlari.
Mobil aloqa vositalari uchun uning chiroyli dizaynini ta’minlash va u uchun qiziqarli ilovalar, o‘yinlar yaratish uchun bizga bir qator dasturlash tillari kerak bo‘ladi. Eng avval ishni Delphi dasturlash tili muhiti bilan tanishib olamiz.
Delphi tili 1969 yili N.Virt tomonidan yaratilib mashhur olim Blez Delphi nomi bilan ataldi. Bu til N.Virtning o‘ylashi bo‘yicha programmalashning zamonaviy texnologiyasiga va uslubiga, strukturali programmalash nazariyasiga asoslangan va boshqa programmalash tillaridan muayyan yutuqqa ega til bo‘lishi lozim edi. Mazkur til:
Programmalashtirish konstepstiyasini va strukturasini sistemali va aniq ifodalaydi;
Programma tuzishni sistemali olib borish imkonini beradi;
Programma tuzish uchun boy termin va struktura sxemalariga ega;
Yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tahlil qilishning yuqori darajadagi sistemasiga ega.
1981 yili Delphi tilining xalqaro standarti taklif etildi va IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlarda Delphi tilining Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Turbo-Delphi oiladosh tili keng qo‘llanila boshlandi. Hozirda Turbo-Delphining bir qancha versiyalari yaratilib, yuqori darajadagi programmalar yaratish imkoniyatlari borgan sari kengaytirilib borilmoqda:
4.0 versiyasidan boshlab programma yozishni, taxrirlashni va natijalar olishni osonlashtirish uchun yangi integrallashgan muhit hosil qilindi;
5.5 versiyasining paydo bo‘lishi bilan Turbo-Delphida ob’ektli programmalash imkoniyati paydo bo‘ldi;
6.0 versiyasidan boshlab esa Delphi programmasi ichiga quyi programmalash tili bo’lmish Assembler tilida yozilgan programmalarni qo‘shish holati hosil qilindi. Shu bilan bir qatorda tilning integrallashgan muhiti ham bir qator o’zgarishlarga ega bo‘ldi;
7.0 versiyasidan boshlab esa Delphi dasturlash tili VCL ilovalari bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi hamda ilovalarga ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili deb tan olindi;
Delphi ni ishga tushirish boshqa ilovalar kabi oddiy usulda ishga tushiriladi ya’ni Пуск — Все программы — Borland Delphi 7 — Delphi 7 ketma-ketligi orqali ishga tushiriladi. Bu oynada bir vaqtning o’zida 5 ta dialog oynasi paydo bo’ladi (1-rasm):
Delphi 7- ning bosh oynasi;
Form1-boshlang‘ich forma oynasi;
Object Inspector- ob’yektlar xususiyatini tahrirlash oynasi;
Object TreeView- ob’yektlar ro‘yxatini ko‘rish oynasi;
Unit1.pas-kodlarni tahrirlash oynasi.
Kodlarni tahrirlash oynasi deyarli to‘laligicha boshlang‘ich forma oynasi bilan to‘sib qo‘yilgan.
1-rasm. Delphi 7 dasturlash tilining umumiy ko‘rinishi.
Bosh oynada (2-rasm) buyruqlar menyusi, asboblar paneli, komponentalar palitrasi joylashgan.
Buyruqlar menyusi quyidagilarni o’z chiga olgan;File , Edit, Search, View, Project, Run, Component, Database, Tools, Windows, Help.
Dasturiy ta’minotni sistemali va amaliy guruhlarga bo’linadi. Sistemali dasturiy ta’minot – bu operatsion sistemadan iborat. Qolgan barcha dasturlarni amaliy dasturiy ta’minot deb ataladi. Amaliy dasturlarni qisqa qilib ilovalar deb atash qabul qilingan.
2-rasm. Delphi dasturlash tilining bosh oynasi.
Delphi dasturlash tili Borland firmasidan Embaracadero Rad Studio loyihasiga aylantirilganidan so‘ng, yangi FireMon key texnologiyasi yaratildi. Bugungi kunda Delphi dasturlash tilidan turli xil ilovalar yaratish, electron dasturlar uchun fanda ham kech qo‘llanilib kelinmoqda.
Bugun biz siz bilan Delphi dasturlash tili dastur yordamida kiritilgan telefon raqamini Beeline kompaniyasiga tegishli yoki tegishli emasligini aniqlovchi dastur tayyorlaymiz. Buning uchun bizga Button, Label, Edit va qo‘shimcha komponentalar kerak bo‘ladi.
3-rasm. Telefon raqam aniqlovchi dastur.
Natija tugmasi kodi:
procedure TForm1.BitBtn1Click(Sender: TObject);
var i:integer;
begin
i:=strtoint(edit1.Text);
if (i div 10000000=90)or(i div 10000000=91) then
showmessage('Bu raqam Beeline kompaniyasiga tegishli') else
showmessage('Bu raqam Boshqa kompaniyaga tegishli');
end;
Tozalash tugmasi kodi:
procedure TForm1.BitBtn2Click(Sender: TObject);
begin
edit1.text:=' ';
end;
end.
Va natija quyidagi ko‘rinishni oladi:
4-rasm. Dasturning ishchi oynasi.
Dasturga telefon raqam kiritib uning natijasini tekshirib ko‘ramiz.
5-rasm. Beeline kompaniyasiga tegishli raqam kiritilganda dastur.
6-rasm. Beeline kompaniyasiga tegishli bo‘lmagan raqam kiritilganda dastur.
Xulosa
Hozirgi kunda mobil aloqa vositalarida elektron darsliklar, elektron adabiyotlar, elektron ta’lim resurslaridan keng foydalanilmoqda. Bunday elektron ta’lim resurslarini yaratishda tayyor dasturiy mahsulotlardan, web dasturlash tillaridan hamda vizual dasturlash muhitlaridan keng foydalanilmoqda. Delphi dasturlash muhiti elektron darslik va o‘rgatuvchi dasturlar tayyorlashda juda qulay va keng imkoniyatlarga ega. Delphi dasturlash tilining soddaligi, interfeysning qulayligi va unda yaratilgan dastur barcha operatsion tizimlarda ishlashi o‘qituvchilargaqulaylik yaratadi. Delphi muhitida multimediali dastur yaratish uchun maxsus komponentalar mavjud bo‘lib, ulardan foydalanish juda qulaydir.
Mobil operatsion tizimlarni yaratishda jadal sur’atlarda rivojlanib kelayotgan yetakchi kompaniyalar keng ommaga o‘zining ommabop operatsion tizimlarini taqdim etib kelyapti. Bugun men ham telefon va kompyuter vositalari uchun Delphi dasturlash tili orqali dastur tuzishni o‘rgandim.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Sh.Mirziyoyev. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”. Toshkent.2017-yil.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Madaminov.R.U. Delphi dasturlash tilida elektron ta’lim resurslarini yaratish metodikasi. Magistrlik dissertatsiyasi Nukus.2016-yil.
Sh.Nazirov. Delphi tilida dastrurlash asoslari Toshkent.2008 y.
R.A.Ro‘ziyev, G‘.R.Yodgorov, O‘.M.Mirsanov. “Delphi dasturlash tilini o‘rganish.” Navoiy.2012-yil.
www.ziyo.edu.uz – O‘zbekiston respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
www.delphiexpert.ru – Delphi dasturlash tilini o‘rgatuvchi sayt.
Do'stlaringiz bilan baham: |