Arximed kuchi - gaz yoki suyuqliklar ustunlarining har xil balandliklaridagi bosimlarning farqi hisobiga itarish kuchlari hosil bo‘ladi. Idishning shakliga bog‘liq bo‘lmaydigan, suyuqlik yoki gaz ustunining birlik yuzasiga ta’sir etuvchi bosim quyidagicha ifodalanadi:
P = F/S = mg/S = ρgh
bu yerda S – suyuqlik yoki gaz ustunining yuzasi, h – ustun balandligi, ρ – suyuqlik yoki gazning zichligi.
Shu vaqtgacha moddiy nuqta deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan jismning harakati qarab chiqildi. Endi n ta moddiy nuqtalardan tashkil topgan tizimni (jismlar tizimini) qarab chiqaylik.
Kuchlar ta’sirida tizimdagi har bir moddiy nuqta o‘z harakatini o‘zgartiradi. Binobarin, tizimning harakatini tekshirish uchun tizimdagi har bir moddiy nuqta uchun tuzilgan harakat tenglamalari tizimini yechish kerak.
Bunday masalani yechib, moddiy nuqtalar tizimi harakatini butunligicha tekshirib hal qilish mumkin. Buning uchun, moddiy nuqtalar tizimini tavsiflovchi yangi tushunchalar kiritamiz:
Moddiy nuqtalar tizimining massa markazini – inertsiya markazi deb hisoblab, mazkur nuqtaning vaziyatini koordinata boshiga nisbatan quyidagi radius - vektor bilan ifodalash mumkin:
Tizim inertsiya markazi radius - vektorining Dekart koordinata o‘qlariga proektsiyalari quyidagilarga teng bo‘ladi:
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tizimning inertsiya markazi uning og‘irlik markazi bilan ustma-ust tushishi kerak;
Massa — asosiy fizik oʻlcham birliklaridan biri boʻlib, materiyaning inersion va gravitatsion xossalarini aniqlovchi skalyar kattalik. SIda massa kgda oʻlchanadi.
Massa (lotincha: massa — katta tosh; boʻlak) (fizikada) — jismning inertlik va gravitatsion xususiyatlarini ifodalovchi fizik kattalik. M. tushunchasini fanga birinchi boʻlib I. Nyuton 1687-yilda "Natural falsafaning matematik asoslari" nomli asarida olib kirgan. Har qanday jism unga boshqa jismlar taʼsir etmaguncha tinch yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Jismlarning bu xususiyati inertlilik deb ataladi. Jism inertliligining oʻlchovi — inersion M. Berk sistemani tashkil etuvchi ikki jism faqat oʻzaro taʼsirlashadi. At vaqt mobaynida birinchi jism tezligi Di, va ikkinchi jism tezligi Di, ga oʻzgargan bulsin. Nyuton qonunlariga asosan mt&v=—t2Di, boʻladi, bunda t, va t2 — koeffitsiyentlar. At oʻzgarsa, unga mos ravishda Di, va Di2 lar ham oʻzgaradi, lekin /i, va t2 oʻzgarmas kattalik boʻlib qolaveradi, /i, va t2 lar faqat birinchi va ikkinchi jismlarning oʻziga bogʻliq boʻlganligi uchun ular inersion M.lar deb ataladi. Ammo jism faqat inersion xususiyatlarga ega boʻlibgina qolmay, atrofidagi fazoda gravitatsiya maydonini vujudga keltiradi. Bu maydon oʻz xususiyatlari boʻyicha zaryadlangan jism hosil qilgan elektrostatik maydonga oʻxshaydi. Gravitatsiya maydonini vujudga keltiruvchi zaryad gravitatsion zaryad yoki gravitatsion M. deb ataladi. Nyutonning butun olam tortishish qonunita asosan, Yerning gravitatsiya maydoniga, mas, Yer sirti yaqinida joylashgan jismga Yerning tortishish kuchi taʼsir etadi.
Tinch holatdagi M.si nolga teng boʻlgan zarralar ham bor. Mas., (foton lar), ammo bunday zarralar tinch holatda mavjud boʻlmaydi, paydo boʻlgan ondayoq s tezlik bilan harakatlana boshlaydi.
Belgisi: m (ingl. m — mass)
SI da: kilogramm, kg
Boshqa kattaliklari: tonna t, gramm g, karat Kt va boshq.
Oʻlchov asboblari: tarozilar
Do'stlaringiz bilan baham: |