hal qilish hal qilish hal qilish hal qilish
Ta’rifi
Muammoni qo`yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni ta’riflash va yechib ko`rishga imkon beradi.
Strategiya:
Bir varaq oq qog`ozda (vatman yoki A-3 varag`i) baliq skeleti chiziladi (boshi, kemirchagi, qovurg`alari).
YUqoridagi «suyagiga» muammo ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo`lllari, o`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo`yiladi.
To`ldirilgan sxemaning taqdimoti.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarda, muammoli ta’lim berish uslubidan foydalanganda.
Afzalliklari
Ushbu sxema muammolarning o`zaro bog`liqligi, ularning kompleks xususiyatlarini aks ettiradi.
Qiyinchiliklar
Muammolarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
Impuls – plakat
Ta’rifi
Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».
Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, o`quvchilarning bilimlari, qiziqishlarini tekshirish va aniqlash uchun.
Afzalliklari
Anonimlik o`quvchilar boshqa vaziyatda sukut saqlashni afzal ko`rib aytmagan fikrlarini bayon etishga yordam beradi. Bu mashqda bayon etilgan umidlar va istaklar o`qituvchiga kelgusida mashg`ulotlarni rejalashtirish va o`tkazish vaqtida o`z harakatlarini to`g`rilashga imkon beradi.
Qiyinchiliklari
Agar o`quvchilardan ularning qiziqishlari va qiyinchiliklari to`g`risida so`rab, lekin kelgusida bu ma’lumotlarni e’tiborga olmasangiz, ular o`zlarini qandaydir so`roq qilingan, biroq jiddiy qabul qilinmagan odamlardek sezishlari mumkin.
Men hozir web sahifa bo’limini o’qitish metodikasi darsini Venn diagrammasi orqali tushuntirib bermoqchiman.
Venn diagrammasi (RKMCHP uslubiyatidan)
Ta’rifi
Ikkita bir-biri bilan kesishgan doiralar ko`rinishidagi sxema, faktlar, hodisalar, g`oyalar, tarixiy qahramonlarni taqqoslash uchun qo`llaniladi. Aylanma diagramma. Har bir doiradagi bo`sh joylar tafovutlarni yozish uchun ishlatiladi; doiralar kesishganda hosil bo`lgan umumiy maydon ikki solishtirilayotgan hodisalarning (faktlar, tushunchalar va hokazolar) umumiy jihatlarini qayd qilish uchun foydalaniladi.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda savollarni ma’lum o`quv mavzusiga va har qanday yoshdagi o`quvchilar guruhlariga moslashtirishda ham individual, ham guruh bo`lib ishlash uchun qo`llaniladi.
Afzalliklari
Tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini rivojlantiradi, predmetlar, hodisalar va shu kabilarning ham farqi, ham o`xshash jihatlarini aniqlashga yordam beradi.
Qiyinchiliklar
Aniqlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |