Saralash metodlari
Odatda saralash metodlarini ikkiga ajratishadi:
Ichki saralash –ma’lumotlar operativ xotirada joylashgan bo’lib, bunda dasturning harakatlari sonini (solishtirish, solishtirishlar soni, elementlar almashinuvi va b.qa metodlarga asoslangan) optimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi;
Tashqi saralash – ma’lumotlar murojaatlarni sekinlashtiruvchi tashqi hotirada (magnit lenta, baraban, disk va b.qa) joylashgan bo’lib, bunda aynan shu qurilmaga murojaatlar sonini kamaytirish lozim.
Bu labaratoriya ishida ko’plab dasturchilar uchun amaliyotda muhim bo’lgan massiv elementlarini ichki saralash algoritmlarini ko’rib chiqamiz.
Ta’kidlash joizki, surish orqali saralash algoritmini tashqi ma’lumotlarni saralashda qo’llash ham qulay.
Agar ma’lumotlar kampyuter xotirasida muayyantartibda saqlanadigan bo’lsa, axlorotga ishlov berish va uni izlash bilan bog’liq ko’p masalalar oddiyroq, tezroq va samaraliroq xal qilinadi. Bir qator xollarda ma’lumotlarning tartibga solinganligidan foyda aniq bo’lib, maxsus isbotlashlarni talab etmaydi.
Agar lug’at yoki telefon ma’lumotnomasida so’zlar va familalar alifbo tartibida joylashtirilmaganda ulardan foydalanish qanchalik qiyin bo’lishini tasavvur etish mumkin.lekin ma’lumotlarni saralash zaruriyati masalasi xar safar muoyyan vazifasiga nisbatan xal qilishi zarur. Bunda tashqi xotira qurulmalari imkoniyatlari,opetativ xotira xajmi, ma’lumotlarga murojaat qilish tezligi, ularni yangilab turish tezligi va ishlov berish xarekteri kabilarni taxlil qilish zarur.
Turli ilovalarda tartibga solishning turli mezonlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlarularga murojat qilish e’xtimolining qiymati, qancha tez-tez murojat etib turishiga ko’ra tartibga solishi mumkin. Odatda, tartibga solish yozuv bo’yicha amalga oshiriladi. Axborot tizimlari bilan ishlov beriladigan ma’lumotlar birligi bir qator axborot maydonidan iborat bo’lgan yozuv xisoblanadi. Yozuv faqat bittagina maydondan iborat bo’lishi mumkin va bu xolda u kalitli hisoblanadi.
Tartibliga solish natiyjasida yozuvlar kalitlarning qiymati ortib boorishi yoki kamayib boorish tartibida joylashadi. Bunday tartibga solish jarayoni saralash deb ataladi. Masalan, fakultet talabalaridan to’g’risidagi ma’lumotlardan iborat bo’lgan yozuvlar talabalarning reyting daftarchalari nomerlari bo’yicha tartibga solingan bo’lishi mumkin. Yozuvlar dastlabki ketma-ketligi turli darajada tartibga solingan bo’lishi mumkin.
Balki yozuv elementlari belgilangan tartibda joylashgan bo’lishi mumkin. Boshqa bir xolatda elementlarga teskari, yani yozuvlarning dastlabki ketmeketligi teskari tartibda joylashgan bo’lishi mumkin. Yozuvlarning dastlabki ketma-ketligining qanday tartibda joylashganlik darajasiga ko’ra, solishtirishlar va joyini o’zgartirishlarning u yoki bu soni talab etiladi. Saralash usulini boxolashda solishtirishlar va o’rnini o’zgartirishlarning eng ko’p va kam sonilarini toppish juda onson. Bu operatsiyalarning o’rtacha sonini aniqlash uchun kombinatorikaning tegishli bo’limlarini jalb etish zarur.
Odatda, saralash jarayonida bajariladigan solishtirish operatsiyalarining o’rtacha soni va elementlarining o’rnini almashtirish yoki o’zgartirishning o’rtacha soni turli usullarni baxolash mezonlari xisoblanadi. Saralash samaradorligi solishtirishning o’rtacha soniga bo’linmasi sifatida aniqlanadi. EXM larning operatsiyon tizimlari, xech bo’lmaganda, bitta dastur – saralash utilitasidan iborat bo’ladi. Lekin ma’lumotlarga ishlov berishning muoyyan vazifalarini xal qilishda utilita taklif etilayotgan usil yoroqsiz bo’lishi va boshqa usilni ishlab chiqish yoki foydalanishga to’g’ri kelishi mumkin. Shu munasabat bilan saralashning asasiy usillarini bilish va muayyan vazifa uchun yoroqli bo’lgan u yoki bu usilni baxolay olish muximdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |