Kurs ishining maqsad va vazifalari: Elementar saralash usullari kelib chiqqanligi va qaysi sohalarda ishlatiladi, qanday turlari bor, qanday obektlar bilan birga qo’llaniladi, uning xarakteristikasi haiqda batafsil ma’lumot beradi.
Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi kirish qism, ikkita bobdan iborat hamda xulosa va adabiyotlar royhatini o’z ichiga oladi.
Kurs ishining ahamiyati: Ushbu kurs ishi referat harakterga ega.
Saralash algoritmlari – informatikada juda yaxshi o’rganilgan sohalardan biri va u juda keng qamrovli qo’llanilish sohasiga ega. Ularni katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash amallari bajariladigan har qanday joyda uchratish mimkin. Ba’zi ma’lumotlarni qayta ishlash masalalari agar ma’lumotlar saralangan bo’lsa oson yechiladi. Bunday masalalar ushbu laboratoriya ishida ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |