neytron chiqarib, kripton va bariy izotoplariga yemirilishi ehtimolligi
.
396
Keyingi tekshirishlar uran yadrosi neytronlar bilan bombardimon
qilinganda 80 xil bo‘laklar hosil bo‘lishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga
massalari nisbati 2:3 bo‘lgan bo‘laklarga bo‘linish eng ehtimolli ekani
ma’lum bo‘ldi.
Uran yadrosining mumkin bo‘lgan bo‘linish reaksiyalaridan yana
biri quyidagi sxema bo‘yicha o‘tadi.
1
0
94
40
140
58
236
92
1
0
235
92
2
6
n
Zr
Ce
U
n
U
+
+
+
→
→
+
β
(23.16)
Shuningdek
1
0
95
38
139
54
1
0
235
92
2 n
Sr
Xe
n
U
+
+
→
+
,
(23.17)
bu yerda Se – seriy, Zr-sirkoniy, Xe-ksenon, Sr-stronsiylar davriy
sistema elementlarining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi.
Neytronlar ta’sirida bo‘linish bilan bir qatorda, garchi juda oz
darajada bo‘lsada, og‘ir yadrolar
o‘z-o‘zidan bo‘linishi ham mumkin;
masalan, 1 g uranda bir soatda hammasi bo‘lib taxminan 20 tacha o‘z-
o‘zidan yemirilish yuz beradi. Bu hodisani 1940 yilda sovet fiziklari
K.A.Petrjak va G.N.Flerov kashf qilganlar.
Uran yadrosining bo‘linishida, taxminan, 208 MeV energiya
ajraladi, bu energiyaning deyarli 80 %i parchalarning kinetik energiyasi
ko‘rinishida ajraladi; qolgan 20%i esa parchalarning radioaktiv nurlanish
energiyasiga va oniy neytronlarning kinetik energiyasiga to‘g‘ri keladi.
Yadroning bo‘linishida sarf qilingan neytronlarning energiyasi 7-
10 MeV dan oshmaydi. Buni yadrolarni bo‘linishida ajralib chiqqan
energiya bilan solishtirsak, yadrosi bo‘linadigan materiallar juda katta
energiya manbai bo‘lib xizmat qilishi ko‘rinadi. Masalan: 1 kg uran –
235 da bo‘lgan barcha yadrolarning bo‘linishida ajralib chiqqan
energiya, taxminan, 2,3
⋅
10
7
kvt
⋅
soat ga teng. Buncha energiya miqdori
2000000 kg benzin yoki
2500000 kg tosh ko‘mir yonganda ajralishini
ko‘rsatish
mumkin.
Shuning
uchun
xalq
xo‘jaligida
«yadro
yoqilg‘isidan» foydalanish maqsadga muvofiqdir.
23.5 - § Zanjir reaksiya. Reaktorlar
Yadroning bo‘linish energiyasidan foydalanish imkoniyatini
amalga oshirish uchun shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoitda
reaksiya bir boshlangandan so‘ng o‘z-o‘zidan davom eta olsin, ya’ni
reaksiya zanjir xarakteriga ega bo‘lsin. Bunday reaksiyani amalga
oshirishga, masalan, og‘ir Uran – 235 yadroning bo‘linishida vujudga
keladigan 2-3 dona neytron yordam beradi. Masalan, birinchi yadro
397
bo‘linganda ajralib chiqqan 2-3 neytronning har biri o‘z navbatida yangi
yadrolarning bo‘linishiga sabab bo‘ladi. Natijada 6-9 yangi neytronlar
vujudga keladi. Bu neytronlar o‘z navbatida yana boshqa yadrolarni
bo‘linishiga imkoniyat yaratadi va hokazo. Bunday reaksiya
bo‘linishning zanjir reaksiyasi deb yuritiladi. Uran – 235 bo‘linishining
zanjiriy reaksiyasi nazariyasini 1938 yilda Ya.B.Zeldovich va
Yu.B.Xaritonlar ishlab chiqishgan.
Uranning har bir yadrosining bo‘linishida 2-3 ta neytron paydo
bo‘lishiga qaramasdan, ularning hammasi ham boshqa yadrolarning
bo‘linishiga sabab bo‘lavermaydi. Neytronlarning bir qismini yadro
yoqilg‘isida bo‘ladigan bo‘linmaydigan aralashma yadrolari o‘ziga
qo‘shib olish mumkin, neytronlarning yana bir boshqa qismi yoqilg‘i
matarial hajmi sirtidan uning boshqa yadrolari bilan to‘qnashmay chiqib
ketishi mumkin. Shuning uchun uran yadrolar bo‘linishining zanjiriy
reaksiyasi hamma vaqt ham sodir bo‘lavermaydi. Zanjir reaksiya yuz
berishi uchun birinchidan
92
U
235
izotopning bo‘lagi yetarli katta bo‘lishi
kerak. Uran bo‘lagining o‘lchamlari yetarli katta bo‘lganda bo‘linish
reaksiyasi davomida ajraluvchi neytronlarning ko‘p qismi uran
bo‘lagining chekkasiga yetguncha reaksiyaga kirishib ulguradi. Uran
bo‘lagining neytronlari ham zanjir reaksiyaning amalga oshishiga
yordam beradi. Umuman, zanjir reaksiyaning rivojlanish tezligi
Do'stlaringiz bilan baham: