§
. Nyutonning birinchi qonuni.
Massa va kuch
O‘tgan kinematika asoslari bobida moddiy nuqtaning harakatini,
bu harakatni vujudga keltirgan sabablarga bog‘liq bo‘lmagan holda
o‘rgandik. Dinamika bo‘limida esa jismlarning harakati qonunlari va bu
harakatni keltirib chiqargan yoki o‘zgartiradigan fizik sabablar
o‘rganiladi. Dinamika mexanikaning asosiy bo‘limi bo‘lib, uning asosida
Nyuton qonunlari yotadi.
Nyutonning birinchi qonuni: agar jismga boshqa jismlar ta’sir
etmasa, u o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini
saqlaydi.
Tashqi ta’sir bo‘lmaganda jismlar o‘zlarining tinchlik holatini
yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlash qobiliyati inersiya deyiladi.
Shuning uchun ham Nyutonning birinchi qonuni inersiya qonuni deb
ham yuritiladi. Inersiya lotincha so‘z bo‘lib, “qotib qolganlik”,
“harakatsizlik” degan ma’noni bildiradi.
Ammo Nyutonning birinchi qonunini tajriba yo‘li bilan
tekshirishga tashqi ta’sirlar xalal beradi, masalan, Yerning tortish
gravitatsion maydoni, muhitning qarshiligi, atrofdagi harakatlanayotgan
jismlar. Nyutonning birinchi qonunida aytilgan tinch va to‘g‘ri chiziqli
tekis harakat qaysi sanoq sistemasiga nisbatan hisoblanishi muhimdir.
Nyutonning
birinchi
qonuni
barcha
sanoq
sistemalarda
ham
bajarilavermaydi. Lekin shunday sanoq sistemasi mavjudki, unda jism
o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Bunday sanoq sistemasini inersial sanoq sistemasi deb ataladi. Biror
inersial sanoq sistemaga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan
ihtiyoriy sanoq sistemasi ham inersial sanoq sistemasi bo‘ladi.
Yer sirti bilan bog‘liq sanoq sistema, amalda inersial sanoq
sistemasi deb hisoblanadi, aslida bu sistema inersial sanoq sistemasi
emas, chunki Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi va Quyosh atrofida egri
chiziqli trayektoriya bo‘yicha harakatlanadi. Shuning uchun Yer
sirtidagi tinch turgan jismlar tezlanish oladi. Lekin ba’zi amaliy
hollarda, bu noinersiallikni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Umuman,
“inersial sanoq sistemasi” abstrakt tushunchadir. Lekin koordinata boshi
Quyoshda, koordinata o‘qlari esa uzoqda joylashgan va bir tekislikda
28
yotmagan yulduzlar tomon yo‘nalgan sanoq sistemasini inersial sanoq
sistemasi, deb hisoblasa bo‘ladi.
Inersial sanoq sistemasida mexanikaning hamma qonunlari
bajariladi. Inersial sistemasiga nisbatan tezlanishga ega bo‘lgan sanoq
sistemalarda esa mexanika qonunlari bajarilmaydi.
Tajribalarni ko‘rsatishicha, ayni bir xil ta’sir tufayli turli jismlar
turlicha tezlanish oladi. Jismning olgan tezlanishining kattaligi faqat
ta’sirning kattaligigagina emas, balki shu bilan birga jismning ba’zi
xususiy hossasiga ham bog‘liq bo‘lar ekan. Jismning bu xossasi massa
deb ataladigan fizik kattalik bilan xarakterlanadi. Massa jismning
Do'stlaringiz bilan baham: |