sifatida qarash kerakligini ko‘rsatadi. Uni o‘lchami, aniq trayektoriyasi
318
Klassik mexanikada moddiy nuqta bir vaqtning o‘zida aniq
koordinataga, impuls va trayektoriyaga ega bo‘ladi.
Mikrozarra to‘lqin xossaga ega bo‘lgani uchun u klassik
mexanikadagi zarrachadan farq qiladi. Asosiy farq shundaki,
mikrozarrachani trayektoriyasi bo‘lmaydi. Bundan tashqari uni aniq
koordinata va impulsi haqida ham gapirish mumkin emas. Masalan,
mikrozarrachaning impulsini to‘lqin uzunligi orqali ifodalashimiz
mumkin. Ammo mikrozarracha to‘lqin xossaga ega bo‘lgani uchun u
fazoda ancha katta oraliqni egallaydi va koordinatasining noaniqligi katta
bo‘ladi. Demak, zarrachaning impulsi aniq bo‘lsa, uni koordinatasi
noaniq qoladi. Aksincha mikrozarrani koordinatasini aniq hisoblasak,
uning impulsining noaniqligi
∆
r ortadi, ya’ni
∆
x
→
0 bo‘lganda
∆
r
→∞
bo‘ladi.
1927 yilda nemis olimi Verner Geyzenberg (1901-1976)
mikrozarrachalarning to‘lqin xossasini hisobga olib, ularning impuls va
koordinatalarini bir xil aniqlik bilan hisoblab bo‘lmaydi degan xulosaga
keldi va o‘zining noaniqliklar munosabati qonunini yaratdi.
Mikrozarraning
impuls
va
koordinatasini
aniq
o‘lchab
bo‘lmasligi o‘lchov asboblari aniqlik darajasiga bog‘liq bo‘lmasdan
mikrozarraning to‘lqin xossasidan kelib chiqadi.
Agar mikrozarraning fazodagi koordinatalarini X, U, Z va
impulsining o‘qlardagi proyeksiyalari
R
x
, R
u
, R
z
desak, Geyzenberg
noaniqlik munosabatlariga ko‘ra koordinata noaniqligini impuls
noaniqligiga ko‘paytmasi Plank doimiysidan kichik bo‘lmaydi, ya’ni :
≥
∆
⋅
∆
≥
∆
⋅
∆
≥
∆
⋅
∆
h
P
Z
h
P
Y
h
P
X
Z
Y
X
(19.2)
Demak, koordinata noaniqligi impuls noaniqligiga ko‘paytmasi
doimo h dan katta bo‘ladi. Impuls koordinatalar juda katta aniqlikda
o‘lchanganda ularning ko‘paytmasi h teng bo‘lishi mumkin. (19.2)
munosabatlardan ko‘rinadiki, koordinatalarni juda katta aniqlikda
o‘lchab, uni noaniqligi X ni juda kichik bo‘lishiga (
∆
X=0) erishish
mumkin. Ammo bu vaqtda mikrozarra impulsini noaniqligi R ortib
ketadi (r=
∞
). Doimo
∆
X ni
∆
R ga ko‘paytmasi Plank doimiysi h dan
katta bo‘ladi. Bundan zarraning impulsi va koordinatasini bir xil
aniqlikda o‘lchab bo‘lmasligi kelib chiqadi.
Bundan
tashqari
mikrozarraning
energiyasi
va
vaqtini
o‘lchashdagi noaniqliklar uchun quyidagi munosabat ham mavjud:
319
h
t
W
≥
∆
⋅
∆
(19.3)
Bu ifodadan yashash vaqti
∆
t bo‘lgan zarrani energiyasi aniq bir W
qiymatga ega bo‘lmasligi kelib chiqadi. Zarraning yashash vaqti
kamayishi bilan uning energiyasining noaniqligi ortadi.
Shunday qilib, noaniqliklar munosabatlari inson irodasiga
bog‘liq bo‘lmagan o‘zaro bog‘lanishlarni ifodalaydi. Shuning uchun ham
bu munosabatalarni tabiatning ob’yektiv qonuni deb qaramoq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: