Ho’llash va ho’llamaslik. Kapillyar hodisalar
Ho’llash ta’sirlashuvchi muhitlarning yuzalaridagi molekulalar o’zaro ta’sir etuvchi kuchlar xarakteriga bog’liq. Ho’llovchi suyuqliklarda suyuqlik molekulalari va qattiq jism molekulalari orasidagi o’zaro tortishish kuchlari katta va suyuqlik qattiq jism bilan ta’sirlashuvchi yuzasini kengaytirishga intiladi. Ho’llamaydigan suyuqliklar molekulalari bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchi suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchidan kichik va suyuqlik qattiq jism bilan o’zaro ta’sirlashuvchi yuzasini qisqartirishga intiladi. Rasmdagi 0 nuqtaga uchta muhitning sirt taranglik kuchlari qo’yilgan va ularning yo’nalishi o’zaro ta’sirlashuvchi ikki muhit sirtiga urinma ravishda tasvirlangan. Ta’sirlashuvchi sirtlarni ifodalovchi chiziqlar , , mos ravishda sirt taranglik kuchlarining vektor ifodasidir.
Ho’llash va ho’llamaslik.
Suyuqlik sirti bilan qattiq jism sirti orasiga o’tkazilgan urinma orasidagi burchak ( ) chegaraviy burchak deyiladi.
Tomchining muvozanat sharti qattiq jism sirtiga urinma yo’nalgan sirt taranglik kuchlarining yig’indisini nolga tengligi bilan ifodalanadi.
Bunda
Ushbu formuladan chegaraviy burchak o’tkir yoki o’tmas bo’lishligi va ning qiymatiga bog’liq bo’ladi. Agarda > bo’lsa, >0 va - burchak o’tkir, ya’ni suyuqlik qattiq jism sirtini ho’llaydi. Agarda < bo’lsa, <0 bo’ladi va - burchak o’tmas, ya’ni suyuqlik qattiq jism sirtini ho’llamaydi. Agarda > + bo’lsa, suyuqlik qattiq jism sirtiga to’lik yopishib ketadi. Bu holat to’liq ho’llash deb yuritiladi(masalan: kerosin shisha ustida). Agarda > + bo’lsa, suyuqlik tomchisi ta’sirlashish nuqtasida sirtini shar shaklida qisqartirishga intiladi va bu hodisa to’liq ho’llamaslik deb yuritiladi (masalan: parafin sirtidagi suv tomchisi). Ho’llash va ho’llamaslik ajoyib xususiyatga ega, ya’ni suyuqliklar biror jism sirtini ho’llasa boshqasini ho’llamaydi. Masalan: suv shishani ho’llaydi, ammo parafinni ho’llamaydi. Simob shishani ho’llamaydi, ammo metallning toza sirtini ho’llaydi.
Agarda suyuqlik yuzasi yassi bo’lmasa, ya’ni egrilangan bo’lsa, u suyuqlikka qo’shimcha bosim beradi. Bu bosim sirt taranglik kuchiga bog’liqdir. Qo’shimcha bosimni aniqlash uchun suyuqlik erkin sirti radiusi bo’lgan sferadan iborat deb hisoblaymiz. Egrilangan sirt uchun sirt taranglik kuchi hosil qiladigan qo’shimcha bosim
Agarda suyuqlik sirti botiq bo’lsa, qo’shimcha bosim quyidagicha ifodalanadi.
Binobarin, suyuqlik sirti botiq bo’lgandagi bosim gaz bosimidan ga kichik bo’ladi.
Agarda ingichka (kapillyar) bir uchuni keng idishga solingan suyuqlikka botirilsa, ho’llash yoki ho’llamaslik natijasida kapillyarda suyuqlik sirti egriligi sezilarli o’zgaradi.
Agarda suyuqlik kapillyar nayni ho’llasa, botiq menisk hosil bo’ladi, agarda ho’llamasa, qovariq menisk hosil bo’ladi.
Suyuqlik erkin sirti botiq bo’lganda teskari qo’shimcha bosim hosil bo’ladi.
Bunday qo’shimcha bosim mavjudligi kapillyarda suyuqlik ko’tarilishini ifodalaydi, vaholanki, yuzasi keng idish erkin yassi sirtida qo’shimcha bosim bo’lmaydi.
Agarda suyuqlik kapillyar devorini ho’llamasa, qo’shimcha musbat bosim kapillyarda suyuqlik pasayishiga olib keladi. Kapillyarlarda suyuqlik ustunining balandligini o’zgarishi kapillyarlik hodisasi deyiladi.
Suyuqlik ustuni bosimi (gidrostatik bosim) bo’lganda kapillyarda suyuqlik ustuni balandligi ga o’zgarishi qo’shimcha bosim bilan tenglashadi, ya’ni
Bunda - suyuqlik zichligi, erkin tushish tezlanishi.
Agarda kapillyar radiusi, chegaraviy burchak bo’lsa, Rasmdan ko’rinadiki bo’ladi. Bundan
Ushbu formuladan ho’llovchi suyuqliklar kapillyardan ko’tariladi, ho’llamaydigan suyuqliklar pasayadi. bo’lganda musbat qiymat, da manfiy qiymat oladi. Formuladan yana shu narcha ko’rinadiki, suyuqlik ko’tarilishi yoki pasayishi balandligi kapillyar radiusiga teskari proporsionaldir. Ingichka kapillyarlarda suyuqlik yetarlicha balandlikka ko’tarilishi mumkin. Masalan: tuproq va o’simliklarda namlik almashinishi ingichka kapillyarlarda suyuqlik ko’tarilishiga asoslangan.
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |