TAQDIMOTLAR
GLOSSARIY
Abstraksiya - fizik tadqiqotlarda asosiyhodisa vajarayonlami o’rganib, asosiy bo’lmaganlami hisobgaolmay hodisani shartli sxemasini yaratishdir.
Garmonik tebranish - fizik kattaliklarni davriy ravishda sinus va kosinus qonuni bo’yicha o’rfganish
Gipoteza - ilmiy faraz
Giroskop - simmetriya o’qi atrofida tez aylanuvchi simmetrik jism.
( gidro- aylanish, skopeo-kuzataman ma’nosini bildiruvchi lotin so’zlaridan olingan)
Gravitatsiya - iotincha “gravitas”so’zidan olinib, “og’irlik ” ma’nosini anglatadi.
Erkinlik darajasi - jismning bo’g’liq bo’lmagan harakatlari soni.
Inertsial sistema - tinch yoki tezlanishsiz harakatlanuvchi sistema
Kvazielastik kuch - muvozanat holiga nisbatan siljish kattaligiga elastik kuehlari kabi bog’lanish qonunlariga ega bo’lgan, tabiatan elastic bo’lmagan kuchlardir.
Konservativ kuchlar - jism ustida bajarayotgan ishi yo’l shakliga bo’g’liq bo’lmay, faqat jismning fazodagi boshlang’ich va oxirgi holatlarigagina bog’liq bo’lgan kuchlar.
Lominar oqim - barqaror oqim, suyuqlik yoki gaz zarralarining oqim yo’nalishiga tik yo’nalishda harakatlanmagan holda oqishidir.
Model - o’rganilayotgan hodisaning awaldan ma’lum bo’lgan tushunchalar yordamida yaratilgan ko’rgazmali manzarasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |