ATOM UCHUN BOR NAZARYASI.
XX asrning boshlariga kelib, J.Perrenning Broun harakatiga bagishlangan tajribalaridan so`ng moddalarning atom tuzilishi to`liq tasdiqlandi. Ikkinchi tomondan, elektroliz, gazlarning ionlanishi, katod nurlari, fotoeffekt va radioaktivlikni tadqiq qilish atomlar ichida elektronlar mavjudligini binobarin, atomning tuzilishi murakkab ekanligini isbotlab, atomning bo`linmas deyilgan asriy tushunchaga chek qo`ydi. Shu davrgacha faqat atomning o`lchami ~10-10 m ekanligi va elektronning massasi vodorod atomi massasidan 1836 marta kichikligi malum edi holos.
Atomdagi zaryad va massa taqsimotini ingliz olimi E.Rezerford tekshirishga muvaffaq bo`ldi. Buning uchun u ogir elementlarning, hususan oltin, mis va boshqa modda atomlarini -zarrachalar bilan bombardimon qildi. -zarracha nima? U butunlay yonlangan geliy atomidan, massasi elektron massasidan 8000 marta katta bo`lib, zaryadi musbat va absolyut qiymati elektron zaryadidan ikki marta katta, yani teng, tezligi esa juda katta bo`lib, ga teng.
Rezerford tajribasining shemasi tasvirlangan.
zarracha manbai radioaktiv preparat radiy (Ra) ingichka kanal ochilgan qo`rgoshin silindrga joylashtiriladi. -zarracha oqimi D diafragmadan o`tib, tekshirilayotgan material (oltin, mis va hokazo) dan yasalgan yupqa plastinkalarga tushada va undan sochilgan zarrachalar ruh sulfid bilan qoplangan ekran E ga tushadi. Har bir zarracha ekranga kelib o`rilganda yoruglik chaqnaydi-sintillyasiyalanadi va bu chaqnashish mikroskop M va kuzatiladi. Qurilma havo so`rib olingan idishga joylashtiriladi.
Tajribaning ko`rsatishicha -zarrachalar yupqa plastinkadan bemalol o`tgan, bazilari esa malum bir burchakka ogib o`tgan. Lekin kamdan-kam zarrachalar 900 dan katta burchakka, hatto 1800 ga ogganligi aniqlangan. Yadrodan turli masofada uchib o`tgan - zarrachaning traektoriyasi tasvirlangan.
Yupqa plastinkadan -zarrachaning o`z yo`nalishini deyarli o`zgartirmasdan o`tishi oltin atomlari ichida bo`shlik fazo mavjud ekanligini tasdiqlaydi. -zarrachaning orqaga qaytishi esa atomning musbat zaryadi va massasi fazoning juda kichik sohasiga mujassamlashganligini ifodalaydi. Shuning uchun ham tezlik bilan uchib kelayotgan -zarracha masofagacha yaqin kelib, orqaga qaytadi. Binobarin, -zarrachaning kinetik energiyasi atomning musbat zaryadi q bilan =zarracha zaryadi ning o`zaro potensial energiyasiga teng, yani;
(1)
bunda R -atom o`lchamiga nisbatan juda kichik bo`lgan masofa,
-elektr doimiysi.
Rezerford turli burchak ostida sochilgan -zarrachalarni sanab, atom jadrosi haqidagi goyani ilgari surdi. Bu goyaga binoan, atomning massasi va zaryadi atomning markazida joylashgan juda kichik o`lchamli jadroda mujassamlashgan.
Rezerfordning hisoblashicha, yadroning o`lchami (diametri) 10-12-10-13 sm tartibda ekan. Bu atomga nisbatan yadro 10-100 ming marta kichik. Keyinchalik yadroning zaryadini ham aniqladi. Yadroning zaryadi bo`lib, bunda e -elementar zaryad (yani elektron zaryadi) ning absolyut qiymati. Z - mazkur himiyaviy elementning Mendeleev davriy sistemasidagi tartib nomeri.
Do'stlaringiz bilan baham: |