Olingan natijalar tahlili. Xatoliklarni baholash. Olingan natijalarni xatolik darajasini tahlil qilishimiz zarur.
Olingan xatoliklarni keltirib chiqaradigan quydagi sabablarini keltirishimiz mumkin:
Agar (2) formulada qatnashadigan kattaliklarni aniqlashda xatolikka yo‘l qo‘ysak (uzunlik)
x masofani aniqlash, spektr chegarasini ajratishda qiyinchilikka duch kelish mumkin (ko’zni rang ajrata olish qobiliyati)
Ushbu sabablar tufayli tajriba natijalarida xatolikka yo‘l qo’yilishi mumkin.
Tajribalar uchun (2) formulaga asosan hisoblanadi. Olingan natijalarni har bir rang uchun kamida 3 martadan bajariladi.
O‘rtacha nisbiy xatolik va uning foizlardagi qiymati
ifoda yordamida hisoblanadi. O‘lchanayotgan kattalikning xaqiqiy qiymati
yordamida aniqlanadi.
Bu usullarni qay biri afzalligi solishtiriladi.
3. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Yorug‘lik difraksiyasi hodisasini aytib bering.
2. Gyugens-Frenel prinsipining fizik ma’nosini tushuntiring.
3. Fraungofer va Frenel difraksiyalarini tushuntiring.
4. Difraksion panjara qanday tuzilgan?
5. Yorug‘lik intensivligi uchun difraksion maksimum va minimum shartlarini yozing va tushuntiring.
QUTBLANISH TEKISLIGINI SHAKAR ERITMASI BILAN BURISH
Tajribaning maqsadi: Qutblanish tekisligining konsentrlangan shakarli eritmada burilishini bir-biriga ko‘ndalang o‘rnatilgan ikki polyarizator bilan kuzatish.
Uchta turli yorug‘lik ranglari uchun burish burchagini aniqlash.
Kerakli jihoz va jihozlar: D(+) – saharoza 100 g; Galogen lampa 12 V/100 Vt; Galogen lampa korpusi 12 V 50/100 Vt; Galogen lampa korpusi uchun tasvir siljitgich; Yorug‘lik filtri, (qizil); Yorug‘lik filtri, (yashil); Yorug‘lik filtri, (ko‘k); Transformator 12 V; Ko‘zgusimon shisha yacheyka 100 x100 x10 mm3; Polarization filtr; Linza, F = + 100 mm; Prizmali stol; Yarim shaffof ekran; Kichik optik kursi; Taglik asos, V-simon, 28 sm; Leybold multiqisqichlari; Qoshiq; Ko‘ndalang kesimi 2.5 mm2 bo‘lgan ulash simlari.
Umumiy malumotlar Optik aktivlik bir qator moddalar uchun xos bo‘lib, bu moddalardan chiziqli qutblangan yorug‘lik o‘tganda qutblanish tekisligi buriladi. Bunday hodisa ba’zi eritmalarda ham yuz beradi. Erigan moddaning molekulyar strukturasi yorug‘likning o‘ng aylanishli va chap aylanishli Qutblanishiga olib kelib, ular eritmada turli fazaviy tezlikda harakatlanadi. Eritmaga tushayotgan chiziqli qutblangan yorug‘lik o‘ng va chap aylanishli qutblangan to’lqin qismlariga ajralishi mumkin. To’lqinning ikki qismlari turli fazaviy tezlikda tarqalib, bosib o‘tgan masofasiga proporsional bo‘lgan fazalar farqini keltirib chiqaradi. To’lqinning ikki qismi bu masofani bosib o‘tganidan so‘ng, superpozitsiya natijasida yo‘nalishi asl to’lqinga nisbatan burilgan chiziqli qutblangan to’lqinga aylanadi.
Burilish burchagi molekulyar strukturaga, eritmada yorug‘lik yo‘li davomligidagi erigan modda konsentratsiyasiga va yorug‘likning to’lqin uzunligiga bog‘liq. Kuzatuvchi yorug‘lik nuri tarqalishi yo‘nalishiga qarama-qarshi qaraganida, yorug‘likning qutblanish tekisligi soat strelkasi bo‘yicha burilsa (o‘ng aylanish) unga musbat qiymat beriladi. Aksincha, soat strelkasiga teskari aylanishni chap aylanish deb atashadi va unga manfiy qiymat beriladi.
Asosan har qanday optik aktiv moddada o‘ng aylanishli va chap aylanishli modifikatsiyalar bo‘lishi mumkin. Bu ikki modifikatsiyaning muayyan aylantirish qiymati bir-biriga teng va qarama-qarshi ishoraga ega. Ikkala modifikatsiyaning aralashmasi burish burchagini kamaytiradi. Ikkala modifikatsiya teng proporsiyada bo‘lgan aralashma resemat deb ataladi.
Tajribada qutblanish tekisligining burilishi bir-biriga ko‘ndalang o‘rnatilgan ikkita polyarizatorda kuzatiladi. Konsentrlangan eritma D(+) - suvdagi saharoza optik aktiv modda sifatida qo‘llaniladi. D(+) belgi Qutblanish tekisligini modda o‘ng tomonga aylantirishini anglatadi.
1-Расм. Қутбланиш текслигини шакар эритмаси билан бурилишини кузатиш учун тажриба қурилмаси.
Tajriba qurilmasi Tajriba qurilmasi 1-Rasmda keltirilgan.
1-rasmda keltirilganidek, kichik optik kursiga komponentlarni yig‘ing, rasmda chapdagi Leybold multiqisqichidan o‘rinlar berilgan.
Polyarizatsiya filtrlarini shunday tog‘rilangki, ularning shkalasidagi belgilar kuzatish ekraniga qaragan bo‘lsin va ikkalasi ham 90° ga o‘rnatilsin.
Galogen lampa korpusini 100 Vt dan foydalanishga moslashtiring (qaytargichdan foydalaning, galogen lampa korpusidan foydalanish yo‘riqnomasiga qarang).
Galogen lampani lampa korpusidagi sterjen yordamida (a1) to’g‘rilang va optik kursidagi linzani shunday siljitingki, kuzatish ekranidagi ko‘rish maydoni bir tekis yoritilsin.
Ko‘zgusimon shisha yacheykaga 50 ml suv soling (toplish sathi = 5 sm).
Ko‘zgusimon shisha yacheykani prizmali stolga joylashtiring va uni kuzatish maydoniga markazlashtirib to‘g‘rilang.