III. Umumiy malumotlar Optik aktivlik bir qator moddalar uchun xos bo‘lib, bu moddalardan chiziqli qutblangan yorug‘lik o‘tganda qutblanish tekisligi buriladi. Bunday hodisa bahzi eritmalarda ham yuz beradi. Erigan moddaning molekulyar strukturasi yorug‘likning o‘ng aylanishli va chap aylanishli Qutblanishiga olib kelib, ular eritmada turli fazaviy tezlikda harakatlanadi. Eritmaga tushayotgan chiziqli qutblangan yorug‘lik o‘ng va chap aylanishli qutblangan toplqin qismlariga ajralishi mumkin. Toplqinning ikki qismlari turli fazaviy tezlikda tarqalib, bosib o‘tgan masofasiga proporsional bo‘lgan fazalar farqini keltirib chiqaradi. Toplqinning ikki qismi bu masofani bosib o‘tganidan so‘ng, superpozitsiya natijasida yo‘nalishi asl toplqinga nisbatan burilgan chiziqli qutblangan toplqinga aylanadi.
Burilish burchagi molekulyar strukturaga, eritmada yorug‘lik yo‘li davomligidagi erigan modda konsentrasiyasiga va yorug‘likning toplqin uzunligiga bog‘liq. Kuzatuvchi yorug‘lik nuri tarqalishi yo‘nalishiga qarama-qarshi qaraganida, yorug‘likning qutblanish tekisligi soat strelkasi bo‘yicha burilsa (o‘ng aylanish) unga musbat qiymat beriladi. Aksincha, soat strelkasiga teskari aylanishni chap aylanish deb atashadi va unga manfiy qiymat beriladi.
Asosan har qanday optik aktiv moddada o‘ng aylanishli va chap aylanishli modifikatsiyalar bo‘lishi mumkin. Bu ikki modifikatsiyaning mo‘ayyan aylantirish qiymati bir-biriga teng va qarama-qarshi ishoraga ega. Ikkala modifikatsiyaning aralashmasi burish burchagini kamaytiradi. Ikkala modifikatsiya teng proporsiyada bo‘lgan aralashma resemat deb ataladi.
Tajribada qutblanish tekisligining burilishi bir-biriga ko‘ndalang o‘rnatilgan ikkita polyarizatorda kuzatiladi. Konsentrlangan eritma D(+) - suvdagi saharoza optik aktiv modda sifatida qo‘llaniladi. D(+) belgi Qutblanish tekisligini modda o‘ng tomonga aylantirishini anglatadi.
Galogen lampa korpusi;
Yorug‘lik filtri (tasvir siljitgichda);
Polyarizator;
Shakar eritmasi;
Analizator
Linza;
Kuzatish ekrani.
1-Расм. Қутбланиш текслигини шакар эритмаси билан бурилишини кузатиш учун тажриба қурилмаси.
IV. Tajriba qurilmasi Tajriba qurilmasi 1-Rasmda keltirilgan.
1-rasmda keltirilganidek, kichik optik kursiga komponentlarni yig‘ing, rasmda chapdagi Leybolg‘d mulg‘tiqisqichidan o‘rinlar berilgan.
Polyarizatsiya filtrlarini shunday topg‘rilangki, ularning shkalasidagi belgilar kuzatish ekraniga qaragan bo‘lsin va ikkalasi ham 90°ga o‘rnatilsin.
Galogen lampa korpusini 100 Vt dan foydalanishga moslashtiring (qaytargichdan foydalaning, galogen lampa korpusidan foydalanish yo‘riqnomasiga qarang).
Galogen lampani lampa korpusidagi sterjen yordamida (a1) topg‘rilang va optik kursidagi linzani shunday siljitingki, kuzatish ekranidagi ko‘rish maydoni bir tekis yoritilsin.
Ko‘zgusimon shisha yacheykaga 50 ml suv soling (toplish sathi = 5 sm).
Ko‘zgusimon shisha yacheykani prizmali stolga joylashtiring va uni kuzatish maydoniga markazlashtirib to’g‘rilang.