Fizika fakulteti astronomiya yo’nalishi
1801- guruh talabasi Allamova Irodaning
Fuqarolik jamiyati fanidan oraliq nazorati
4 - variant.
1-Savol. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqiyotining – yuqori bosqichi.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda shu kabi jamiyat asoslarining yaratilish tajribasi, bu sohadagi islohotlarning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy va huquqiy asoslarining shakllantirilishi, ularga doir nazariy ishlanmalarni o’rganish muhum ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston davlati mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mustaqil fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini qondirish, ular huquq va erkinliklarini taminlash, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish asnosida barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga erishish kabi ezguliklarga asoslanadigan muhitni yaratish uchun fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategic maqsad sifatida e’lon qildi.
2016 yilning so’ngi choragidan boshlab mamlakatimizda rahbari sifatida o’z faoliyatini boshlagan SH. M. Mirziyoyev mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlanishi uchun muhim kuch – qudrat manbai – “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g’oyani ilgari surishi, unga monand bo’lgan huquqiy asoslar va jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirish natijasida O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish islohotlari avj oldi, unga nisbatan xalqimizning ishonchi yuksala boshladi. U Prezidentlikni bajarish uchun kirishgan kunidayoq quydagi g’oyani ilgar surdi: “Mustaqil taraqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demakratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O’zbekistonning xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda”.
Fuqarolik jamiyati–bu, ijtimoiy siyosiy masalalarni hal etishda faol qatnashadigan, davlatning bedodligi va aralashuviga yo’l qo’ymaydigan huquq hukumron bo’lgan, fuqarolar va davlat hamkorlik asosida ishalydigan ongli indivilar jamiyatidir. O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyatining predmeti sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyatini qaror topishining umumiy, o’ziga xos qonuniyatlarini, O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasini o’rganadi.
Yevropa va SHimoliy Amerika mamlakatlarida fuqarolik jamiyatining shakllanishi yangi davrda boshlandi. Olimlar va mutaxassislar fikriga ko’ra, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini uchta bosqichga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |