Fizika astronomiya


§ 1.2 AL va KXK larda «Termodinamika asoslari» bo’limi quyidagilardan iborat



Download 1,73 Mb.
bet2/3
Sana25.01.2017
Hajmi1,73 Mb.
#1063
1   2   3
§ 1.2 AL va KXK larda «Termodinamika asoslari» bo’limi quyidagilardan iborat.
Termodinamika asoslari (6 soat)

  1. Termodinamikaning birinchi qonuni. Izojarayonlarga termodinamikaning birinchi qonunini qo’llash. Adiabatik jarayon (2 soat)




  1. Qaytar va qaytmas jarayonlar. Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning talqini. (2 soat)




  1. Issiqlik mashinalari va ularning ishlash printsiplari. Sovutgich va
    uning ishlashi. Issiqlik mashinalarining FIKlari va ularni oshirish
    yo’llari. Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda
    issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiatni
    muxofaza qilish. (2 soat)

Ko’rgazma v a tajribalar

1. Adiabatik kengayish va siqilishda temperaturaning o’zgarishi.

2. Diffuziya hodisasining qaytmasligi.

3. Issiqlik mashinasining tuzilishi va ishlashi (modelli).

2-BOB TALABALARGA TERMODINAMIKA BOBIGA OID MAVZULARNI O’QITISHDA DIDAKTIK MATERILLARDAN FOYDALANISH

§2.1 Talabalarga “Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabadik jarayon” mavzusini o’tishda didaktik materiallardan foydalanish

Kirish

Ta’lim jarayoni qonuniyatlari ya’ni fizikaviy qonuniyatlar va uni hossalarini o’rganishda hamda tadbiq etishda o’quv – biluv faoliyatini tadqiq qilishga yordam beruvchi barcha zarur vositalar va zamonaviy pedagogik tehnologiyalar o’qitishning didaktik materiallarni tashkil qiladi.

Bu borada biz didaktik materiallardan foydalanishda quyidagicha ko’rgazmali vositalardan foydalanamiz.

Didaktik materiallarga quyidagilar kiradi.


  1. Ko’rgazmali qurollar

a) Chizmalar

b) Rasmlar



  1. Texnik vositalar va kompyuter texnologiyasi

a) Kompyuter (proektor)

b) Kodoskop

s) Vertual stendlar

d) Elektron darslik



  1. Namoyishlar

  2. Tarqatma materiallar

a) Savolnomalar

b) Testlar




§2.1 Talabalarga “Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabadik jarayon” mavzusini o’tishda didaktik materiallardan foydalanish

Dars ishlanmasi

I-dars

Dars mavzusi : “Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabadik jarayon”


Dars vaqti : 80 minut
Darsning blok chizmasi :




Dars bosqichlari

Minut



Tashkiliy qism

5



Manaviy ma’rifiy qism

5



Yangi mavzu bayoni

55



O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun savol javoblar

10



Uyga vazifa berish

5


Darsning usuli : Ma’ruza suhbat

Darsning maqsadi :

a) Ta’limiy maqsad : Talabalarga yangi mavzuni to’liq tushuntirib berish.

b) Tarbiyaviy maqsadi : Talabalarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash. Dars davomida talabalarga ahloqiy manaviy elementlarini singdirish

s) Rivojlantiruvchi : Talabarlarga yangi bilim berish



Dars materiallari va jihozlari

  1. Al va KXK lari uchun fizika kitobi (1-qism)

  2. Doska, bo’r

  3. Darsga tegishli bo’lgan plakatlar(4) va slaydlar(2) tarqatma materiallar, namoyish

4.kompyuter proyektor , kodoskop, elektron darslik.



Asosiy tushuncha va atamalar.

Termodinamikaning birinchi qonuni ; izoxorik jarayon; izobarik jarayon; Izotermik jarayon; adiabatik jarayon



I. Tashkiliy qism :

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Manaviy va ma’rifiy qism.

II.O’tgan darsni mustaxkamlash

  1. Issiqlik sig’imi tushunchasi nima maqsadda kiritilgan?

  2. Jismning issiqlik sig’imi deb nimaga aytiladi?

  3. Issiqlik miqdori qanday aniqlanadi?

  4. Noma’lum jismning solishtirma issiqlik sig’imining aniqlash formulasi qaysi?

  5. Issiqlik sig’imining SI dagi birligi ?


III.Yangi mavzu bayoni :

Reja :

  1. Termodinamikaning birinchi qonuni

  2. Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlar uchun tadbig’i

  3. Adiabatik jarayon

Termodinamikaning rivojlanishi ko'p jihatdan issiqlik mashinalarining foydali ish koeffitsiyentini o'rganish bilan bog'liqdir. Fransuz injeneri Sadi Karno 1824-yilda chop etilgan «Olovning harakatlantiruvchi kuchi haqida o'ylar» nomli ishida issiqllli mashinasining unumdorligi ishchi moddaga emas, balki isituvchl va sovituvchilar temperaturalarining farqiga bog'liq, degan xulosani ilgari surdi. Termodinamika shundan so'ng Klapeyron, Joul, Klauzius, Mayyer,Tomson va boshqalarning ishlarida rivojlantirildi.

Termodinamika quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:



  • moddalarning atomlardan tashkil topganligi e'tiborga olinmaydi

  • makroskopik sistemaga xos bo'lgan kattaliklar bilangina ish ko'riladi;

  • nazariya tajriba natijalariga asoslanib yaratiladi;

  • moddalarning xossalari xarakteristik parametrlari (zichlik yopishqoqlik va hokazo) ko'rinishida ifodalanadi.

Termodinamikani o'rganishda quyidagilarni yodda tutmoq zarur

Termodinamik sistema. O'zaro va tashqi jismlar bilan ta'sirlashadigan va energiya almashadigan makroskopik jismlar majmuasi termodinamik sistema deyiladi.

Termodinamik usulning asosi — sistemaning holatini belgilovchi parametrlarining qiymatlarini aniqlashdir.

Termodinamik parametrlar yoki holat parametrlari deb termodinamik sistema xossalarini xarakterlovchi fizik kattaliklar majmuasiga aytiladi. Odatda, holat parametrlari sifatida temperatura, bosim va solishtirma hajm tanlanadi.

Termodinamik parametrlar, Temperatura makroskopik sistemaning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi fizik kattalik.

Bosim — suyuqlik yoki gaz tomonidan birlik yuzaga ta'sir etadi perpendikular kuch bilan aniqlanuvchi fizik kattalik.

Solishtirma hajm — birlik massaning egallagan hajmi.

U zichlikka teskari kattalik:

SI dagi birligi
Termodinamikaning birinchi qonuni. Buning uchun qizdirilgan choynak misolini ko'raylik. Choynak olayotgan issiqlik miqdori ichidagi suvning qizishiga, ya'ni suvning ichki energiyasi ortishi U va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda tashqi kuchlarga qarshi (qopqoqning og'irlik kuchi) bajariladigan A ishga sarflanadi.

Bu jarayon uchun energiyaning saqlanish va aylanish qonuni:



Q=∆U+A

ko'rinishga ega bo'ladi. Bu termodinamikaning birinchi qonuni matematik ko'rinishidir.



Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiya orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi

Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, Q musbat, agar jismdan issiqlik miqdori olinayotgan bo'lsa, Q manfiy ishora olinadi. Shuningdek, agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa, A ish musbat, tashqi kuchlar jism ustida ish bajarayotgan bo'lsa, A ish manfiy bo'ladi.

Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (lotincha «perpetuum mobile») yasash mumkin emasligini Birinchi tur «perpetuum mobile»ga asosan teng miqdorda energiya sarflamasdan ish bajara oladigan mashina qurish haqida fikr yuritiladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni bo'lgan termodinamikaning birinchi qonunida esa tabiatda ro'y beradigan barcha jarayon energiya o'z-o'zidan paydo ham bo'lmaydi, yo'qolmaydi ham bir ko'rinishdan boshqasiga aylanishi mumkin, deb qayd etiladi.

Endi termodinamika birinchi qonunining ba'zi jarayonlarga tatbiqni ko’raylik.



1. Izoxorik jarayon

Izoxorik jarayon deb, gazning o’zgarmas xajmda bir xolatdan boshka holatga o’tishiga aytiladi. Izoxorik jarayonni tasavvur qilish uchun ideal gazni berk idishda qamalgan deb faraz qillaylik. Silindrni va unga kamalgan gazni qizdiramiz. Gaz tashki kuchlar ustidan ish bajara olmaydi. Termodinamikaning birinchi qonuniga ko’ra:

Q=∆U+A

Biroq A = 0. Shuning uchun izoxorik jarayonda gazning ichki energiyasini

uzgarishi gazga berilgan issiqdik miqdoriga teng:

QV = ∆U.

Q ning «V» indeksi gaz xajmining uzgarmasligini bildiradi.

2. Izobarik jarayon

Izobarik jarayon deb, gazning o’zgarmas bosimda bir holatdan boshqa holatga o’tishiga aytiladi. Izobarik jarayonni amalga oshirish uchun porsheni erkin kuzg’ala oladigan silindrga gaz qamaymiz. Gaz qizdirilganda unga Q issiqlik miqdori beriladi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuniga binoan sistemalarga berilgan energiya qisman sistemaning ichki - energiyasiga aylanadi xamda qisman porshenni siljitishda bajarilgan ishga sarf bo’ladi (mexanik energiyaga aylanadi):

QP = ∆U + A.

Izobarik jarayonda gaz bajargan ishni topaylik. Gaz bosimi o’zgarmas bo’lsa, u xolda bosim kuchi ham o’zgarmas bo’ladi:



F = pS.

binobarin



A=pSh.

Ammo Sh kupaytma gaz xajmining V=V2V o’zgarishiga teng. Shuning uchun A = pV.

Ish pV koordinatalar grafigida (1-rasmga karang) boshlang’ich izobara va oxirgi xajm koordinatalari bilan chegaralangan to’g’ri burchakli uchburchak yuzi orqali tasvirlangan. Agar grafik chizilgan mashtab ma’lum bo’lsa, u xolda ishni oson hisoblalab topish mumkin.



Izotermik jarayon Izotermik jarayon deb, o’zgarmas temperaturada gazning bir holatdan boshqa holatga o’tish jarayoniga aytiladi. Izotermik jarayonni amalga oshirish uchun gazni oson ko’zg’aluvchan porshenli silindr ichiga, silindrning o’zini esa qat’iy ravishda o’zgarmas temperatura (2-rasmda shtrixli chizik,) saqlanib turadigan — termostat ichiga joylashtiramiz.

Gazni asta-sekin siqamiz (2-a rasmga qarang). Bunda biz At ish bajaramiz. Termodinamikaning birinchi qonuniga binoan issiqlik miqdori quyidagiga teng bo’ladi:



QT = ∆U+AT.

Gaz temperaturasi o’zgarmas bo’lgani uchun uning ichki energyasi xam o’zgarmas bo’ladi: U = const, ∆U= 0.

Shuning uchun gaz ustida bajarilgan ish gaz termostatga berishi mumkin bo’lgan Qt issiqlik miqdoriga teng:

Qt = At

Agar tashqi bosimni sekin-asta kamaytirilsa (2-b rasm), gaz shunchalik sekin kengayadi. Bunda gaz At ish bajaradi va termostatdan issiqlik miqdorini, aniqrog’i bajarilgan ishga teng bo’lgan QT issiqlik miqdorini oladi:



Qt = At

Shunday qilib, izotermik jarayonda gazga berilayotgan issiqlik miqdori gaz bajargan ishga teng.



Gazning pV koordinata tekisligida holat diagrammasida izotermik kengayishida bajargan ishi shtrixlangan shakl yuz( orqali tasvirlanadi

(2-rasmga qarang).



4. Adiabatik jarayon. Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki, bunda sistema issiqlik almashinuvi natijasida energiya olmaydi ham va energiya bermaydi ham. Boshqacha aytganda, adiabatik jarayonda

Q = 0.


Bunday jarayonni amalga oshirish uchun gazni devorlar» atrofidagi jismlar bilan issiqlik almashinuvida bo’lmaydigan idishga qamash kerak. Termodinamikaning bosh qonuniga binoan

Q = ∆U+A

Adiabatik jarayonda Q = 0 bo’lgani uchun ∆U+A = 0 bo’ladi. Bundan

U= — A yoki — ∆U = A.

Birinchi holatda gaz tashqi kuchlar ta’siri ostida adiaba­tik siqiladi. Bunda gaz qiziydi, uning ichki energyasi esa ortadi. Ikkinchi xolatda gaz adiabatik kengayib ish baja­radi. Bunda gaz soviydi va uning ichki energyasi kamayadi

Izotermik va adiabatik jarayonlarning grafiklari tasvirlangan 3-rasmda gaz kengayganda adiabata grafigi pastdan o’tadi. Bu adiabatik kengayishda gazning bosimi hajm ortishi xisobiga kamaygani kabi gazni sovish natijasida ham kamayishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun gaz adiabatik kengayishda izoter­mik kengayishdagiga nisbatan kam ish bajaradi. Adiabatik kengayishda bajarilgan ishni xisoblaylik. Bu xolda Q = 0

Bo’lgani uchun



A= — ∆U.

Biroq ichki energiyaning o’zgarishi

U=

formuladan aniqlanadi.

Binobarin, A= — yoki

A= —

Gaz adiabatik siqilganda shu gazni izotermik siqilgandagiga qaraganda bosim tezroq ortadi, bu holda bosimning ortishi faqat xajmni kamayisi bilan xam tushuntiriladi (3-rasmga qarang). Binobarin, adiabatik siqilganda tashqi kuchlar bajargan ishi izotermik siqilgandagiga nisbatan katta bo’ladi. Biz muxim termodinamik jarayonlarni o’ta sodda termodinamik sistema — ideal gaz misolida qarab chiqdik. Biroq hosil qilingan qonuniyatlar istalgan boshqa termodinamik sistemalar uchun qo’llaniladi.


IV. Yangi mavzuni mustaxkamlash

1. Termodinamikaning birinchi qonuni?

2. Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, Q qanday ishora bilan olinadi? Olinayotgan bo'lsa-chi

3. Agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa, A qanday ishora bilan olinadi?

Tashqi kuchlar jism ustida ish bajarganda-chi?

4. Birinchi tur „perpetuum mobile"ni yasash mumkinmi?

5. Izoxorik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni?

6. Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni?

7. Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni.

8. Adiabatik jarayon deb qanday jarayonga aytiladi?

9. Adiabatik jarayonlar real jarayonlarmi?

10. Adiabatik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni?



V. Yakunlash :

a) Uyga vazifa berish

b) Baholash


KIRISH

Ta’lim jarayoni qonuniyatlari ya’ni fizikaviy qonuniyatlar va uni hossalarini o’rganishda hamda tadbiq etishda o’quv – biluv faoliyatini tadqiq qilishga yordam beruvchi barcha zarur vositalar va zamonaviy pedagogik tehnologiyalar o’qitishning didaktik materiallarni tashkil qiladi.

Bu borada biz didaktik materiallardan foydalanishda quyidagicha ko’rgazmali vositalardan foydalanamiz.

Didaktik materiallarga quyidagilar kiradi.


  1. Ko’rgazmali qurollar

a) Chizmalar

b) Rasmlar



  1. Texnik vositalar va kompyuter texnologiyasi

a) Kompyuter (proektor)

b) Kodoskop

s) Vertual stendlar

d) Elektron darslik



  1. Namoyishlar

  2. Tarqatma materiallar

a) Savolnomalar

b) Testlar




§2.2 Talabalarga qaytar va qaytmas jarayonlar. Termodinamikaning 2-chi qonuni va uning talqini mavzusini o’tishda didaktik materiallardan foydalanish.
Dars ishlanmasi

II -dars

Dars mavzusi : Qaytar va qaytmas jarayonlar. Termodinamikaning 2-chi qonuni va uning talqini

Dars vaqti : 80 minut

Darsning blok chizmasi :




Dars bosqichlari

Minut



Tashkiliy qism

5



Manaviy ma’rifiy qism

5



Yangi mavzu bayoni

55



O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun savol javoblar

10



Uyga vazifa berish

5


Darsning usuli : Ma’ruza suhbat

Darsning maqsadi :

a) Ta’limiy maqsad : Talabalarga yangi mavzuni to’liq tushuntirib berish.

b) Tarbiyaviy maqsadi : Talabalarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash. Dars davomida talabalarga ahloqiy manaviy elementlarini singdirish

s) Rivojlantiruvchi : Talabarlarga yangi bilim berish



Dars materiallari va jihozlari

  1. Al va KXK lari uchun fizika kitobi (1-qism)

  2. Doska, bo’r

  3. Darsga tegishli bo’lgan plakatlar (2) va slaydlar (1) tarqatma materiallar namoyishi

  4. Kompyuter proyektor , kodoskop, elektron darslik.

Asosiy tushuncha va atamalar.

Qaytar va qaytmas jarayonlar ; termodinamikaning 2-chi qonuni; 2 chi tur “perpertuum mobile”.



I. Tashkiliy qism :

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Manaviy va ma’rifiy qism.

II.O’tgan darsni mustaxkamlash

Termodinamikaning birinchi qonuni?

2. Agar jismga issiqlik miqduii berilayotgan bo'lsa, Q qanday ishora bilan olinadi? Olinayotgan bo'lsa-chi

3. Agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa, A qanday ishora bilan olinadi?

Tashqi kuchlar jism ustida ish bajarganda-chi?

4. Birinchi tur „perpetuum mobile"ni yasash mumkinmi?

5. Izoxorik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni?

6. Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni?

7. Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni.

8. Adiabatik jarayon deb qanday jarayonga aytiladi?

9. Adiabatik jarayonlar real jarayonlarmi?

10. Adiabatik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni?



III.Yangi mavzu bayoni :

Reja :

  1. Qaytar jarayonlar.

  2. Qaytmas jarayonlar

  3. Termodinamikaning 2-chi qonuni

Termodinamikaning birinchi bosh qonuni energiyaning saqlanish va aylanish qonunlarini issiqlik jarayonlarining ma’lum sharoitlariga qo’llanilishidan iborat ekanligi aytib o’tilgan edi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuni barcha hodisalarda aniq kuzatiladi.

Biroq termodinamikaning birinchi bosh qonuni termodinamik jarayonlarni qanday yo’nalishda borayotganligiga nisbatan xech qanday ko’rsatma bera olmaydi.

Bir necha misol qarab chiqaylik. Faraz qilaylik, izolyatsiyalangan sistema turli temperaturali ikkita jismdan iborat bo’lsin. Termodinamikaning birinchi bosh qonuniga binoan issiqlik almashish jarayonida bitta jism Q issiqlik miqdorii oladi, ikkinchi jism esa xuddi shunday Q issiqlik miqdoriini tashqariga beradi. Issiqlik qanday yo’nalishda uzatiladi?

Bu savolga termodinamikaning birinchi bosh qonuni asosida javob berish mumkin emas. Bundan tashqari, termodinamikaning birinchi bosh qonuni issiqlik kamroq isigan jismdan ko’proq isigan jismga ixtiyoriy ravishda o’tadigan jarayon uchun zid bo’lmagan bo’lar edi.

Yana bitta misol qarab chiqamiz. Tosh yerga tushayotganda uning ilgarilanma xarakatining butun kinetik energiyasi energiyaning saqlanish qonuniga mos ravishda toshning ichki energiyasiga va uning atrofidagi jismlar ichki energiyasiga aylanadi. Biroq, termodinamikaning birinchi qonuniga teskari jarayon xam zid bo’lmas edi, bunda Yerda yotgan toshga atrofdagi narsalardan biror

issiqlik miqdorii uzatilgan va natijada tosh o’z-o’zidan sakrab ketishi xam mumkin bular edi. Biroq xech kim xech qachon sakrayotgan toshlarni kuzatmagan.

Bu va bunga o’xshash boshqa misollar termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishi yo’nalishiga va issiqlikni bir jismdan boshqasiga o’tish (uzatilish) yo’nalishiga xech qanday chegara qo’ymasligidan dalolat beradi. Shu bilan birga tajriba energiyaning xar xil turlari teng qiymatli emasligini va ular imkoniyatlari bo’yicha boshqa ko’rinishlarga aylanishini ko’rsatadi. Masalan, istalgan jismning mexanik energiyasini to’laligicha uning boshlang’ich temperaturasiga bog’lik bo’lmagan xolda ichki energiyasiga aylantirish mumkin. Xaqiqatan xam, istalgan jismni ishqalash bilan isitish mumkin: bunda uning ichki energiyasi ishga teng kattalikka ortadi. Xuddi shuningdek, elektr energiya to’laligicha, masalan, elektr toki rezistor orqali o’tganda, ichki energiyaga aylanishi mumkin. Shunday qilib, ichki energiya teskariga aylanishi uchun boshqa ko’rinishlarda ma’lum chegara mavjud, bu quyidagidan iborat: ichki energiya xech qanday sharoitlarda to’laligicha energiyaning boshqa turlariga aylanmaydi. Tabiatda jarayonlarning o’tish yo’nalishi xuddi shunga bog’liqdir.

2. Qaytar va qaytmas jarayonlar

Faraz qilaylik, izolyatsiyalangan sistema qandaydir jarayon natijasida 1 xolatdan 2 xolatga o’tsin. Agar sistema o’z-o’zidan 2 xolatdan 1 xolatga qaytadigan va sistemada xech qanday boshqa o’zgarishlar sodir bo’lmaydigan teskari jarayon mavjud bo’lsa, u xolda 1→ 2 jarayon qaytar jarayon deb ataladi.

Izolyatsiyalangan sistemalarda ishqalanish va noelastik deformatsiyalar bo’lmagan sharoitda o’tadigan barcha mexanik jarayonlar qaytar jarayonlarga misol bo’la oladi. Masalan, vakuumda osmaga osib qo’yilgan mayatnik ishqalanishsiz xarakat kilib, xolatdan 2 xolatga o’tadi (4-rasm), so’ngra xamma o’sha oraliq xolatlarni o’tib, yana xolatga qayt Agar izolyatsiyalangan sistema qandaydir jarayon natijasida 1 xolatdan 2 xolatga o’tsa, 1→2 teskari jarayon sodir bo’lmaydi, buning natijasida sistema o’z-o’zidan dastlabki xolatiga shunday o’tsaki bunda sistemada xech qanday o’zgarishlar bo’lmasa, u holda 12 jarayonni qaytmas jarayon deb ataladi. Qaytmas jarayonlarga misollar keltiramiz. Bu avvalo issiqlik almashinish jarayonidir. Issiqlik issiqroq jismdan sovuqroq jismga o’tadi. Biroq, izolyatsiyalangan siste­mada issiqlik o’z-o’zidan teskari yo’nalishda o’ta olmaydi. Agar gazga katta xajm berilsa, kengayadi, biroq teskari jarayon — o’z-o’zidan siqilishi mumkin emas, Qaytmas jarayonga, shuningdek, bir xil gazning boshqasiga diffuziyalanib o’tishi misol bo’la oladi. Gazlarning o’z-o’zidan bo’linishining teskari jarayoni sodir bo’lmaydi. Teskari jarayonlarning mavjudligi faqat molekulyar hodisalarning asosiy xarakteristikasi bo’lib xisoblanmasdan, balki tabiatda va texnikada barcha real jarayonlarni xam asosiy xarakteristikasi xisoblanadi.

Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish qonunini ifodalasada, termodinamik jarayonning ro'y berish yo'nalishini ko'rsata olmaydi. Misol uchun birinchi qonun, issiqlik miqdorining issiq jismdan sovuq jismga o'tish imkoniyati ham qanday bo'lsa, sovuq jismdan issiq jismga o'tish imkoniyati ham shunday deb ko'rsatadi. Aslida esa tabiatda qanday jarayonlar ro'y berishi mumkin degan savol tug'iladi? Bunga termodinamikaning ikkinchi qonuni javob beradi.



Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Bu qonunning bir nechta shakllari mavjud bo'lib, ularning eng soddasi Klauzius ta'rifini keltiramiz.

Issiqlik miqdori o'z-o'zidan past temperaturali jismdan yuqori tcmpcniliirali jismga o'tmaydi.

Amalda cheksiz katta bo'lgan okean suvlaridagi issiqlik miqdori o'z-o'zidan temperaturasi suvnikidan pastroq bo'lgan jismgagina o'tishi mumkin. Issiqlik miqdorini temperaturasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga o'tkazish uchun qo'shimcha ish bajarish kerak. Sh bilan birga, issiqlik miqdori ishga to'la aylanmay, uning bir qisn atrof-muhitni qizdirishga sarflanadi. Shu nuqtayi nazardan ikkinchi

qonunnining quyidagi Plank ta'rifi ham e'tiborga molik: tabiatda issiqlik miqdori tolaligicha ishga aylanadigan jarayon bo'lishi mumkin emas.

Issiqlik ishga aylanishi uchun isitkich va sovitgich bo'lishi darkor. Barcha issiqlik mashinalarida isitkichdan sovitgichga beriladigan energiyaning bir qismigina foydali ishga aylanadi. Unda issiqlik mashinalarining unumdorligi qanday kattaliklarga bog'liq va uni oshirish uchun nima qilmoq kerak degan savol tug'iladi. Bu savolga ikkinchi (qonnnning Karno ta'rifi javob beradi: ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti issiqlik beruvchi va issiqlik oluvchilarning tempraraturalari bilangina aniqlanadi.

Termodinamika qonunlari amalda qanday mashinalar yasash mumkiniligi va ularning unumdorligini orttirish uchun nimalarga e'tibor berish zarurligi haqida yo'llanma beradi.

Ikkinchi tur „perpetuum mobile". Ikkinchi tur „perpetuum mobile" okean suvlaridagi ulkan miqdordagi energiyadan ish bajarmasdan foydalanish mumkin degan g'oyaga asoslangan. Termodinamikaning ikkinchi qonuni esa issiqlik miqdori faqat issiq jismdan sovuq jismga o 'z-o 'zidan o 'tishi mumkin, teskarisi uchun esa qo 'shimcha bajarish zarur deb ta'kidlaydi. Bu esa ikkinchi tur „perpetuum inobile"ni yasash mumkin emasligini ko'rsatadi.

Agar ikkinchi tur „perpetuum mobile"ni yasash mumkin bo'lganda edi insoniyat juda ulkan energiya manbayiga ega bo'lardi. Okeanlarda mavjud 10 21 kg suvning temperaturasini 1 °C ga pasaytirishga erishsa, bu 1024 J issiqlik miqdori ajratib olishga imkon beradi. Shuncha energiya beruvchi ko'mirni temir yo'l sostaviga yuklasak, uning uzunligi 1010 km ni tashkil etadi. Bu esa qariyb Quyosh sistemasining


kattaligiga tengdir.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Termodinamika birinchi qonunining ahamiyati nimada?

2. Termodinamikaning birinchi qonuni jarayonning ro'y berish yo'nalishini ko'rsata oladimi?

3.Termodinamikaning ikkinchi qonuni?

4. Termodinamika ik­kinchi qonunining ahamiyati nimada?

5. Issiqlik miqdori temperaturasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga o'tadimi?

6. Tabiatda issiqlik miqdori to'laligicha ishga aylanadigan jarayon bo'lishi mumkinmi?

7. Issiqlik ishga aylanishi uchun qanday shartlar bajarilishi mumkin?

8. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti nimalarga bog'liq?

9. Ikkinchi tur „perpetuum mobile"ning g'oyasi nimadan iborat?

10. Ikkinchi tur „perpetuum mobile"ni yasash mumkinmi?
V.Yakunlash

a) Uyga vazifa berish

b) Baholash

KIRISH

Ta’lim jarayoni qonuniyatlari ya’ni fizikaviy qonuniyatlar va uni hossalarini o’rganishda hamda tadbiq etishda o’quv – biluv faoliyatini tadqiq qilishga yordam beruvchi barcha zarur vositalar va zamonaviy pedagogik tehnologiyalar o’qitishning didaktik materiallarni tashkil qiladi.

Bu borada biz didaktik materiallardan foydalanishda quyidagicha ko’rgazmali vositalardan foydalanamiz.

Didaktik materiallarga quyidagilar kiradi.


  1. Ko’rgazmali qurollar

a) Chizmalar

b) Rasmlar



  1. Texnik vositalar va kompyuter texnologiyasi

a) Kompyuter (proektor)

b) Kodoskop

s) Vertual stendlar

d) Elektron darslik



  1. Namoyishlar

  2. Tarqatma materiallar

a) Savolnomalar

b) Testlar




Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish