Fizika astronomiya



Download 1,73 Mb.
bet3/3
Sana25.01.2017
Hajmi1,73 Mb.
#1063
1   2   3
§2.3 Talabalarga “Issiqlik mashinalari va ularning ishlash printsipi. Sovutgich va uning ishlashi. Issiqlik mashinalarining fiklari va ularni oshirish yo’llari. Karno sikli” mavzusini o’tishda didaktik materiallardan foydalanish

Dars ishlanmasi

III-dars

Dars mavzusi : “Issiqlik mashinalari va ularning ishlash printsipi. Sovutgich va uning ishlashi. Issiqlik mashinalarining fiklari va ularni oshirish yo’llari. Karno sikli”



Dars vaqti : 80 minut

Darsning blok chizmasi :



Dars bosqichlari

Minut



Tashkiliy qism

5



Manaviy ma’rifiy qism

5



Yangi mavzu bayoni

55



O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun savol javoblar

10



Uyga vazifa berish

5


Darsning usuli : Ma’ruza suhbat

Darsning maqsadi :

a) Ta’limiy maqsad : Talabalarga yangi mavzuni to’liq tushuntirib berish.

b) Tarbiyaviy maqsadi : Talabalarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash. Dars davomida talabalarga ahloqiy manaviy elementlarini singdirish

s) Rivojlantiruvchi : Talabarlarga yangi bilim berish



Dars materiallari va jihozlari

  1. Al va KXK lari uchun fizika kitobi (1-qism)

  2. Doska, bo’r

  3. Darsga tegishli bo’lgan plakatlar (2) va slaydlar (1) tarqatma materiallar, namoyish

  4. Kompyuter proyektor , kodoskop, elektron darslik.

Asosiy tushuncha va atamalar.

Issiqlik mashinasi ; Issiqlik mashinalarining fiklari; Karno sikli ; sovutgichlar


I. Tashkiliy qism :

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Manaviy va ma’rifiy qism.


II. O’tgan mavzuni mustahkamlash
1. Termodinamika birinchi qonunining ahamiyati nimada?

2. Termodinamikaning birinchi qonuni jarayonning ro'y berish yo'nalishini ko'rsata oladimi?

3.Termodinamikaning ikkinchi qonuni?

4. Termodinamika ik­kinchi qonunining ahamiyati nimada?

5. Issiqlik miqdori temperaturasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga o'tadimi?

6. Tabiatda issiqlik miqdori to'laligicha ishga aylanadigan jarayon bo'lishi mumkinmi?

7. Issiqlik ishga aylanishi uchun qanday shartlar bajarilishi mumkin?

8. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti nimalarga bog'liq?

9. Ikkinchi tur „perpetuum mobile"ning g'oyasi nimadan iborat?

10. Ikkinchi tur „perpetuum mobile"ni yasash mumkinmi?



III. Yangi mavzuni bayoni

Reja :


  1. Issiqlik mashinalari va ularning ishlash printsipi.

  2. Sovutgich va uning ishlash printsipi

  3. Issiqlik mashinalarining fiklari va ularni oshirish yo’llari.

  4. Karno sikli

Issiqlik dvigatellari deb, yonilgining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashinalarga aytiladi.



Issiqlik dvigatellarining yaratilish tarixidan

Birinchi issiqlik dvigateli — bur mashinalarining yaratilishi xaqiqatan birinchi baynalminal, kashfiyot edi. Tuzilishi va vazifasi bo’yicha xar xil bur mashinalarini quyidagi olimlar ishlab chiqdilar: ingliz T. Severi (1698 y), ingliz T. Nyukomen (1705 y), fransuz D. Papen (1707 y), rus I. I. Polzunov (1763 y), ingliz J. Uatt

(1774 y).

Uatt kashfiyoti fan va texnikani rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Uning kashfiyoti Angliyada sanoat gurkirab rivojlanayotgan vaqtiga mos keldi.

1860 yilda Polzunov va Uattlar universal bug’ mashinasini kashf etganlaridan deyarli 100 yil keyin fransuz ixtirochis Lenuar birinchi bo’lib ikki taktli ichki yonuv dvigatelining loyixasini tuzdi. Shundan 16 yil keyin, 1876 yilda nemis konstruktori N.Otto birinchi bo’lib turt taktli dvigatel yasadi.

Issiqlik dvigatellarining ishlash printsipi
Issiqlik dvigatellari turlarining xar xilligiga qarimasdan, ularning ishlash printsipi umumiy belgilarga ega dvigatellarning ishlashida quyidagi umumiy belgilarini ajratish mumkin:

a) istalgan issiqlik dvigatelida yonilg’ining energiyasi mexa­nik energiyaga aylanadi. Bunda yonilgining energiyasi yuqori temperaturagacha isitilgan gaz yoki bug’ning ichki energiyasiga aylanadi.

b) issiqlik dvigatelining ishlashi uchun turli temperaturali ikkita jism
bo’lishi shart (5-rasm). Ular isitkich va sovitkich deb ataladi.

Bulardan tashqari, ishchi jism (bug’ yoki gaz) zarur. Issiqlik dvigatelining ishlash jarayonida ishchi jism isitkichdan biror 1 miqdordagi issiqlik miqdori oladi va uning bir qismini A mexanik energiyaga aylantiradi, qolgan issiqlikning 2 qismini esa sovitkichga yoradi. Energiyaning aylanish va saqlanish qonuniga binoan:

Q1 = Q2 + A;

v) istalgan issiqlik dvigatelining ishlashi ishchi jism xolatining o’zgarishining takrorlanuvchi sikllaridan iborat. Xar bir sikl turli jarayonlardan: isit­kichdan energiya olish (ishchi jismni kengayishi va u olgan energiyaning bir qismini mexanik energiyaga aylantirish) va nixoyat, energiyaning foydalanilmagan qismini sovitkichga uzatishdan iborat.

Karno sikli. Kamo sikli ikkita izotermik va ikkita adiabatik jarayonlardan tashkil topgan (6- rasm). 1 — 2 jarayonda ideal gaz isitkich olingan issiqlik miqdori (Q1,) hisobiga izotermik kengayib, ish bajaradi. T= const bo'lganidan gazning ichki energiyasi o'zgarmaydi.

2,3 jarayonda gaz adiabatik kengayib, ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi. Chunki bu jarayonda gaz issiqlik miqdori olmaydi. 3—4 izotermik siqilishda ajraladigan barcha Q2 issiqlik miqdori sovitgichga uzatilib, ichki energiya o'zgarmaydi.



4— 1 adiabatik siqilishda bajangan ish gaz ichki energiyasining ortishiga sarflanadi. Shunday qilib, ideal gaz o'zining dastlabki holatiga qaytadi va ichki energiyasini tilklaydi. Sikl davomida ideal gaz isitkichdan Q1 issiqlik miqdorini oladi va sovitgichga Q2 issiqlik miqdori beradi. Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq, (Q1Q2 issiqlik miqdori ish bajarishga sarflanadi va sikl o'rab turgan yuzaga teng.

Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti. Issiqlik mashinasining yoki Karno siklining foydali ish koeffitsiyenti (FIK) deb quyidagi kattalikka aytiladi:



(1)

Shuningdek, Karno siklining FIK ni isitkichning T1 va sovitgichnii T2 temperaturalari orqali ham ifodalash mumkin:



(2)

Demak, issiqlik mashinasining FIK ishchi moddaning turiga bog'liq bo'lmay, balki isitkichning va sovitgichning temperaturalari bilangina aniqlanadi.

(1) ifodadan yana quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1) issiqlik mashinasining FIK ni ko'tarish uchun isitkichning


temperaturasini oshirish, sovitgichning temperaturasini esa pasaytirish
kerak;

2) issiqlik mashinasining FIK doimo birdan kichik bo'ladi.


Bugungi kunda muhandislarning barcha harakatlari issiqlik mashinalarining FIK ni orttirishga qaratilgan. Buning uchun esa mashina qismlari orasidagi ishqalanishni, yoqilg'i to'la yonmasligi natijasidagi yo'qotishlarni kamaytirish yo'llarini izlamoq darkor. Hozirgi paytdа issiqlik mashinalarining FIK 40% ni tashkil qiladi.

Sovitkichlar. Yuqorida qayd etilganidek, sovitkichlar teskari sikl prinsipida ishlaydi (7- rasm). Ish bajarish hisobiga sistemadan ma'lum miqdordagi issiqlik miqdori olinadi. Boshqacha aytganda, issiqlik miqdori sovuqroq jismdan issiqroq jismga o'tkaziladi va mashina sovitgichga aylanadi (8- rasm). Eng keng tarqalgan sovitish mashinasi, bu xo'jalik muzlatkichidir.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

1.Issiqlik mashinasi deb qanday qurilmaga aytiladi?

2.Sikl deb nimaga aytiladi?

3. Issiqlik mashinasi foydali ish koeffitsiyenti (FIK)?

4. Karno sikli FIK ning temperaturalar orqali ifodasi?

5. FIK ishchi moddaning turiga bog'liqmi?

6. FIK isitkich va sovitkichlarning temperaturalariga bog'liqmi?

7. Issiqlik mashinasining FIKni ko'tarish uchun nima qilish kerak?

8. Sovitkich qanday prinsipda ishlaydi?

9. Qanday mashinalar to’g’ri siklda ishlaydi?

10. Sovutishga qanday erishiladi?

V.Yakunlash

a) Uyga vazifa berish

b) Baholash

KIRISH

Ta’lim jarayoni qonuniyatlari ya’ni fizikaviy qonuniyatlar va uni hossalarini o’rganishda hamda tadbiq etishda o’quv – biluv faoliyatini tadqiq qilishga yordam beruvchi barcha zarur vositalar va zamonaviy pedagogik tehnologiyalar o’qitishning didaktik materiallarni tashkil qiladi.

Bu borada biz didaktik materiallardan foydalanishda quyidagicha ko’rgazmali vositalardan foydalanamiz.

Didaktik materiallarga quyidagilar kiradi.


  1. Ko’rgazmali qurollar

)

b) Kodoskop

s) stendlar

d) Elektron darslik a) Chizmalar

b) Rasmlar Vertual


  1. Texnik vositalar va kompyuter texnologiyasi

a) Kompyuter (proektor

  1. Namoyishlar

  2. Tarqatma materiallar

a) Savolnomalar

b) Testlar



§2.4 Talabalarga “Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiat muxofazasi” mavzusini o’tishda didaktik materiallardan foydalanish

Dars ishlanmasi

IV-dars

Dars mavzusi : “Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiat muxofazasi”



Dars vaqti : 80 minut

Darsning blok chizmasi :



Dars bosqichlari

Minut



Tashkiliy qism

5



Manaviy ma’rifiy qism

5



Yangi mavzu bayoni

55



O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun savol javoblar

10



Uyga vazifa berish

5


Darsning usuli : Ma’ruza noananaviy

Darsning maqsadi :

a) Ta’limiy maqsad : Talabalarga yangi mavzuni to’liq tushuntirib berish.

b) Tarbiyaviy maqsadi : Talabalarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash. Dars davomida talabalarga ahloqiy manaviy elementlarini singdirish

s) Rivojlantiruvchi : Talabarlarga yangi bilim berish



Dars materiallari va jihozlari

  1. Al va KXK lari uchun fizika kitobi (1-qism)

  2. Doska, bo’r

  3. Darsga tegishli bo’lgan plakatlar (2) va slaydlar (1) tarqatma materiallar namoyishi

  4. Kompyuter proyektor , kodoskop, elektron darslik.

Asosiy tushuncha va atamalar.

Issiqlik dvigatellari ; bug’ mashinasi ; ichki yonish dvigateli; karburatorli dvigatel dizel; reaktiv dvigatel ; Tabiatni muxofaza qilish


I. Tashkiliy qism :

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Manaviy va ma’rifiy qism.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash

1.Issiqlik mashinasi deb qanday qurilmaga aytiladi?

2.Sikl deb nimaga aytiladi?

3. Issiqlik mashinasi foydali ish koeffitsiyenti (FIK)?

4. Karno sikli FIK ning temperaturalar orqali ifodasi?

5. FIK ishchi moddaning turiga bog'liqmi?

6. FIK isitkich va sovitkichlarning temperaturalariga bog'liqmi?

7. Qanday mashinalar to’g’ri siklda ishlaydi?

8. Sovitkich qanday prinsipda ishlaydi?

9. Issiqlik mashinasining FIKni ko'tarish uchun nima qilish kerak?

10. Sovutishga qanday erishiladi?

III. Yangi mavzuni bayoni

Reja :


  1. Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni.

  2. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari.

  3. Tabiat muxofaza qilish

Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug' mashinasi, bug' turbinasi, ichki yonish dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi.

Bug' mashinasi. Bug' mashinalari va bug' turbinalarida isitkich vazifasini bug' qozoni, ishchi modda vazifasini bug', sovitgich vazifasini esa atmosfera yoki ishlatilgan bug'ni sovitish qurilmasi kondensator bajaradi.

Ichki yonish dvigateli. Ichki yonish dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yonilg'i, sovitgich vazifasini esa atmosfera o'taydi.

Odatda, yonilg'i sifatida benzin, spirt, kerosin va dizel yoqilg'isi lshlatiladi. Maxsus qurilma (masalan, benzinli dvigatellarda karburator) yordamida yonilg'i va havo aralashma ko'rinishida tayyorlanib, silindrga uzatiladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa iimosferaga chiqarib tashlanadi. Endi ba'zi turdagi dvigatellarga batafsil to'xtalamiz.

Karburatorli dvigatel. To'rt taktli karburatorli dvigatelning ish prinsipi va ishchi diagrammasini ko'raylik (9-rasm). Tashqi kuchlar ta’sirida porshen pastga qarab harakatlanganda (9- a rasm), kiritish klapani ochilib, ishchi aralashma silindrga, tushadi.

Jarayon atmosfera bosimi ostida izobarik ravishda ro'y beradi. Porshen eng quyi holatga yetganida kiritish klapani yopilib, birinchi takt (surish takti) tugaydi: grafikda jarayon 0—1 to'g'ri chiziq bilan ko'rsatilgan Ikkinchi (qisish) takti ham (9- b rasm) tashqi kuch ta'sirida ro’y beradi.

Har ikkala klapan ham yopiq va gaz adiabatik ravishda qiziydi. Bu grafikda 1—2 chiziqqa to'g'ri keladi. Uchinchi takt ish jarayonida chaqnab yonish (9- d rasm). Porshen eng yuqori holatga yetganida o't oldiruvchi svecha uchquni aralashmani yoqadi va gazning bosimi keskin ortadi. Grafikda bu 2 — 3 izoxorik jarayonga mos keladi. Klapan yopiq turib, porshen pastga qarab harakatlanadi, ya'ni adiabatik ravishda kengayadi. 3—4 chiziq ishchi yurish deyiluvchi taktga to'gri keladi (9- d rasm). Ko'rinib turibdiki, bu taktda gazning bosimi pasayadi, hajmi ortadi, temperaturasi pasayadi. Bu holda bajarilgan ish musbat bo'lib, u gaz ichki energiyasining kamayishi hisobiga bajariladi. To'rtinchi takt chiqarib tashlash (9-e rasm). Porshen eng pastga yetganida chiqarish klapani ochilib, yonish mahsulotlari chiqarish moslamasi orqali atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Gazning bosimi pasayadi va takt oxirida atmosfera bosimiga teng bolib qoladi. Grafikdi bu izoxorik jarayon 4— 1 chiziq bilan ko'rsatilgan. Porshen maxovik energiyasi hisobiga yuqori holatiga qaytadi va takt tugaydi.

Ko'rilgan yopiq jarayonda — bajarilgan ish jarayonlar chiziqlar bilan ajratilgan, shtirixlangan shaklning yuzasiga teng bo'ladi. Grafikni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, 3— 4 qismdagi kengayish 7 — 1 qismdagi qisilishga nisbatan kattaroq bosimda ro'y beradi. Aynan shuning natjjasida dvigatel foydali ish bajaradi. 3 — 2 va 4— 1 izoxorik jarayonlarda ( V= const) ish nolga teng va yuqorida qayd etilganidek foydali ish adiabatik kengayish va siqilishlarning farqlari bilan aniqlanadi.

Amalda ichki yonish dvigatellarining FIK 20 — 30% ni tashkil etadi. Ularning FIK ni orttirish uchun esa aralashmani ko'proq siqish kerak. Lekin ichki yonish dvigatellarida yonilg'i aralashmasini qatttiq siqish mumkin emas, chunki siqilgan yonilg'i qizib, o'z-o'zidan yonib ketishi mumkin. Bu esa dvigatelning ish prinsipini buzadi.

Dizel. Olmon muhandisi Dize1 yuqoridagi qiyinchiliklardan xoli va FIK ancha yuqori bo'lgan dvigatelni yaratdi. Dizellarda siqish darajasi ancha yuqori bo'lib, uning oxirida havoning temperaturasi, yoqilg'i o’z- o'zidan o't olishi uchun yetarli darajada baland bo'ladi. Yoqilg'i esa karburatorli dvigatellarnikidek birdaniga emas, balki asta-sekin, porshen harakatrning biror qismi davomida yonadi. Yoqilg'ining yonish jarayoni ishchi bo'shliqning hajmi ortib borishi davomida ro'y beradi. Shuning uchun ham gazlarning bosimi ish davomida o'zgarmay qoladi. Shunday qilib, dizelda aralashmaning yonish jarayoni o'zgarmas bosimda ro'y beradi. Karburatorli dvigatellarda esa bu jarayon o'zgarmas hajmda ro'y berar edi. Dizel, karburatorli dvigatelga qaraganda tejamamkorroq bo'lib, FIK ham ancha yuqori, qariyb 40% ni tashkil qiladi. Uning quvvati ham ancha katta bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, ancha arzon yoqilg'ida ham ishlayveradi. Dizellar statsionar qurilmalarda, temir yo'l, havo va suv transportlarida keng qo'llaniladi. Hozirgi paytda kichik quvvatli dizellar avtomashina va traktorlarda ham ko'p ishlatilmoqda.

Reaktiv dvigatel. 10- rasmda reaktiv dvigatelning sxemasi keltirilgan. Uning ish prinsipi quyidagicha. Samolyot uchganda qarshidan kelayotgan havo oqimi bosim hosil qiladigan soplo orqali o'tib, forsunka sochayotgan yoqilg'ini qo'shib oladi. Hosil bo'lgan ishchi : yoqilg'i so'ngra yonish kamerasiga tushadi va o't oldiruvchi svecha yordamida yonadi. Ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo'lgan katta tezlik bilan chiqarish tirqishi — soplo orqali chiqarib tashlanadi. Aralashmaning yonishi bosimning keskin ortishiga olib keladi va natijada soplodan chiqadigan gazning tezligi dvigatelga kirayotgan gazning tezligidan juda katta bo’ladi. Aynan shu tezliklar farqi natijasida harakat miqdorining saqlanish qonuniga muvofiq reaktiv tortish kuchi vujudga keladi.

Hozirgi issiqlik mashinalarining FIK 40% dan (ichki yonish dvigatellari) 60% gacha (reaktiv dvigatellar) bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham olimlar mavjud dvigatellarni takomillashtirish yo'lida tinimsiz izlanishlar olib borishmoqda. Shu bilan birga, ichki yonish dvigatellarining tinimsiz ko'payib borayotganligi tabiatga va atrof muhitga katta xavf tug'dirmoqda. Ekologik toza dvigatellarni yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.



Tabiatni muhofaza qilish. Tabiatning oliy mahsuli bo'lmish inson, qolaversa boshqa jonzotlar ham shu tabiatning bir qismidir. Ular yashashi va rivojlanishi uchun esa zarur ne'matlar — toza havo, toza suv va toza mahsulotlar kerak. Biz nafas oladigan havo Yer atmosferasini tashkil qiluvchi gazlarning aralashmasidir. Uning tarkibida kislorod, azot, vodorod va boshqa tabiiy gazlardan tashqari chang, tutun, tuz zarralari va boshqa aralashmalar mavjud. Bundan tashqari havo tarkibida sanoat chiqindilari ham bo'ladi.

Issiqlik dvigatellarining ko'p miqdorda ishlatilishi ham atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi paytda har yili 2 milliard tonna ko'mir va 1 milliard tonna neft yoqiladi. Bu esa Yerdagi temperaturaning ko'tarilishiga va natijada muzliklarning erib, okeanlardagi suv sathining ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, atmosferaga 120 million tonna kul va 60 million tonnagacha zaharli gaz chiqarib tashlanadi.

Dunyodagi 200 milliondan ortiq avtomobil har kuni atmosferani uglerod (II) oksid, azot va uglevodorodlar bilan zaharlaydi. Issiqlik va atom elektr stansiyalari quvvatlarining ortishi bilan suvga bo’lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Shuning uchun hozir havo va suvl havzalarining ifloslanishidan saqlanishning bevosita va bilvosita usullaridan foydalalaniladi. Bevosita usul — bu turli tutunlar va gazlarni tozalab chiqarish; atmosferani kam ifloslantiradigan yoqilg'ilar -tabiiy gaz, oltingugurtsiz neft va boshqalardan foydalanish; benzinsiz yuradigan avlomobil dvigatellarini yaratish va hokazolar.

Bilvosita usullar atmosferaning pastki qatlamidagi zaharli moddalar konsentratsiyasiniug keskin kamayishiga olib keladi. Bular chiqindi chiquvchi manbalarning balandligini orttirish, meteorologik sharoitlarini hisobga olib aralashmalarni havoga sochib yuborishning turli usullaridan foydalanish va hokazolar.

Atmosferaga chiqarib yuborilgan chala yongan maxsulotlar xavodagi suv bug’lari bilan ximiyaviy reaksiyaga kirishadi. Masalan, biror birikmalar (CO2, SO2, H2S va boshqa) suv bilan reaktsiyaga kirishadi va kislotalar eritmasi (aralashma)ning tomchilari ko’rinishida yuz, xatto minglab kilometr masofaga tarqaladi. Yer yuziga kislotali yomg’ir deb ataluvchi yomg’ir yog’adi, bu insonlarning sog’liklariga, o’simlik va hayvonot dunyosiga zararli ta’sir kursatadi, metallarning zanglashini tezlashtiradi, marmar va oxaktoshdan qurilgan inshootlarni ishdan chiqaradi, tuproq va suv omborlarini ifloslantiradi. Bizni o’rab turgan muhitga issiqlik dvigatellaridan atmosfera­ga chiqadigan azot va uglerod oksidlari xam zararli ta’sir ko’rsatadi.

So’nggi yillarda barcha mamlakatlarda atrof-muxitni muxofaza qilishda juda katta e’tibor qilinmoqda. Atrofdagi xavoni ishlayotgan issiqlik dvigatellari bilan ifloslantirishni kamaytirish uchun:

a) yonilg’ining tularoq yonishini ta’minlash;

b) elektrostantsiyalar va ichki yonuv dvigatellarining utxonalaridan ajralib chiqadigan gazlarni yaxshi tozalash;

v) «tozaroq,» I yonilgini izlab topish zarur.

yonilg’i to’la yonishi uchun ichki yonuv dvigatelining yonilgi aralashmasiga vodorod qo’shiladi, toshko’mirda ishlaydigan elektrostantsiyalarda esa ko’mirni maydalab ko’mir kukuniga aylantiriladi. Avtomobil dvigatellarida yonilg’i tula yonishi uchun 1 dvigatelning ishlash rejimi juda katta ahamiyatga ega.

Ayniqsa ishlangan va yonishdan xosil bo’lgan gazlarni yaxshilab tozalash uchun ko’p ishlar qilinmoqda. Shu maqsadda yonilg’iga maxsus qo’shilmalar qo’shiladi, shuningdek, gazlarni atmosferaga chiqarishdan oldin maxsus ishlov beriladi. Masa­lan, elektr stantsiyalarda ko’mir kukuniga (yoki mazutga) changsimon oxak aralashtiriladi, bunda oksidlar u bilan reaktsiyaga kirishadi. Yonishdan hosil bo’lgan gazlarni CO va CO2 dan tozalash uchun maxsus katalizatorlar o’rnatiladi, bu katalizatorlar ishtirokida gazlar xavodagi vodorodlar bilan reaktsiyaga kirishadi.

Yangi, «tozaroq» yonilg’i turini izlab topish ko’pdan buyon davom etib kelmoqda. Xozirgi vaqtda yonilgi sifatida aralashmalardan oldindan tozalangan tabiiy gaz, shuningdek, spirtlar (Lotin Amerikasida) yetarlicha keng qo’llanilmoqda.

Yer maydoni va suv zaxiralaridan oqilona foydalanish maqsadida suv ta'minotining yopiq sikli asosida ishlovchi elektrostansiyalar majmuasini qurish nazarda tutiladi.

Hozirgi paytda havoga kul, chang, qorakuya, zaharli gazlar chiqaradigan issiqlik elektr stansiyalari va boshqa korxonalarni tozalash


qurilmalarisiz ishga tushirish taqiqlangan. Tabiatga ziyon keltiradigan
korxonalar, odatda, shahar tashqarisida qurilmog'i kerak. Ko'kalam-
zorlashtirish ishlarining ko'lamini esa iloji boricha kengaytirish
maqsadga muvofiqdir.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

1. Issiqlik dvigatellariga nimalar kiradi?

2. Karburatorli dvigatelning ishchi diagrammasini tushuntiring?

2. Ichki yonish dvigateli FIK ni oshirishning nima qiyinchiligi bor?

4. Dizelning FIK qancha?

5. Dizelda FIK ning yuqoriroq bo'lishiga i|itiiday erishiladi?

6. Dizelning qanday afzallik tomonlari bor?

7. Reaktiv dvigatelning ish prinsipi?

8. Reaktiv tortish kuchi qanday vujudga ketiriladi?

9.Turli sanoat chiqindilari inson, hayvonot va o'simlik dunyosiga zarar keltirmaydimi?

10.Yoqilg'ilarning ko'p ishlatilishi Yerdagi o'rtacha temperaturaning ko'tarilishiga olib kelmaydimi?

V.Yakunlash

a) Uyga vazifa berish

b) Baholash

XULOSA
Men “Termodinamika asoslari bobida didaktik materiallardan foydalanish uslubi” mavzusini yozish jarayonida shunday xulosaga keldimki, didaktik materiallardan foydalanib o’tilgan dars talabalar bilim salohiyatini oshiradi.

BMI ning 2 – bobida 1 – mavzu “Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabatik jarayon” mavzusini o’qitishda quyidagi didaktik materiallardan foydalandim.

Mavzuni yorituvchi 1–2–3–4 – rasmlar kodoskopda ko’rsatiladigan slayd, formulalardan foydalandim.

Shu bobning 2 – mavzusida esa “Qaytar va qaytmas jarayonlar. Termodinamikaning ikkinchi qonuni va uning talqini” mavzusini o’qitishda quyidagi didaktik materiallardan foydalandim. O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 10 savol, shu mavzuni yoritib beruvchi chizmalar, formulalar, yangi mavzuni mustahkamlash uchun esa 10 savollardan iborat tarqatma materiallar, test tuzdim.

3 – mavzu yani “Issiqlik mashinalari va ularning ishlash prinsipi. Sovutich va uning ishlashi. Issiqlik mashinalarining F.I.K lari va uarning oshirish yo’llari. Karno sikli” mavzusi yuzasidan chizmalar, formulalar, o’tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar, yangi mavzuni mustahkamlash uchun ham savollardan foydalandim.

4- mavzu “Issiqlik mashinalarining xalq xo’jaligidagi o’rni. O’zbekistonda issiqlik energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. Tabiat muhofazasi” mavzusi yuzasidan chizmalar, formulalar, o’tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar, yangi mavzuni mustahkamlash uchun ham savollar, savolli kartochkalar tayyorladim va foydalandim.

Men bu BMI ni yozib tugatar ekanman “Termodinamika asoslari” bobini o’tgan bo’lsakda, yanada uni chuqurroq o’rgandim. Termodinamika asoslari bobida menga yoqqan mavzu “Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabatik jarayon”. 1 – mavzu yani izoxorik, izobarik, izotermik, adiabatik jarayonlarga oid formulalar menga yoqdi.



Foydalanilgan adabyotlar:

  1. A. Karimov. “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” “Toshkent” 1998 y

  2. I. A. Karimov. “Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz” “Toshkent”. 1999 y.

  3. “Kichik biznes va xususisy tadbirkorlik yili” davlat dasturi. Toshkent. 2011y

  4. N.N.Azizxo’jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent 2006 y.

  5. I.Kokanbayev, M.Yuldasheva, O.Salimov “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim va tarbiya: muammolar va yechimlar” Qo’qon-2008 yil.

  6. A.G.G’aniyev, A..Avliyoquov. Fizikа. I qism. Аkаdеmik litsеy vа KHKlаr uchun darslik. Toshkent. “Oqituvchi”. 2007 y.

  7. N.M. Shaxmayev, S.N. Shaxmayev, Sh.Shodiyev. Fizika. 10–sinf. Toshkent. 1996 y

  8. О.Ахmаdjоnоv. Fizikа kursi.T.Z, O’qit, T, 1987 y.

  9. I.Sаvеl’еv.Umumiy fizikа kursi.T.Z, 1980 g.

  10. N.Sadriddinov, A.Rahimov. Fizika o’qitish uslubi asoslari. Toshkent. 2006 y.

  11. V.G.Razumovskiy. O’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o’stirish. Toshkent. 1978 y

  12. O.F. Kabardina, V.A.Orlova. Metodika fakultativnix zanyatiy po fizike. M. Pvosvesheniye. 1988 g.

  13. M.Ismoilov, P.Xabibullayev. Fizika kursi 2000 y.

  14. M.O’lmasova, J.Kamolov Fizika Toshkent. 1986 y.

  15. A.K.Kikoin., I.K. Kikoin. Fizika Toshkent. 1973 y.

  16. X.M.Abduvohidov., T.T.Turg’unov Amaliy fizika. Toshkent 1996 y.




2- rasm

9-rasm




10-rasm


3-rasm




4 – rasm





5 - rasm














6-rasm

8-rasm


1-rasm




Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish