Fizika astronomiya


§ 1.2  AL va KXK larda  «Termodinamika  asoslari»  bo’limi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.01.2020
Hajmi1,62 Mb.
#36059
1   2   3   4
Bog'liq
akademik litsey va kasb hunar kollejlarida termodinamika asoslari bobini oqitishda didaktik metodlardan foydalanish uslubi (2)

§ 1.2  AL va KXK larda  «Termodinamika  asoslari»  bo’limi 

quyidagilardan  iborat. 

 

Termodinamika  asoslari (6 soat) 

1.  Termodinamikaning 

birinchi 

qonuni. 


Izojarayonlarga 

termodinamikaning  birinchi  qonunini  qo’llash.  Adiabatik  jarayon  (2 soat)   

 

2.  Qaytar   va qaytmas jarayonlar.  Termodinamikaning  ikkinchi  qonuni va uning 



talqini.  (2 soat) 

 

3.  Issiqlik  mashinalari  va  ularning  ishlash  printsiplari.  Sovutgich  va 



uning  ishlashi.  Issiqlik  mashinalarining  FIKlari  va  ularni  oshirish 

yo’llari.  Issiqlik  mashinalarining  xalq  xo’jaligidagi  o’rni.  O’zbekistonda 

issiqlik 

energiyasidan 

foydalanish 

va 


uning 

istiqbollari. 

Tabiatni 

muxofaza qilish. (2 soat) 

 

K o ’ r g a z m a   v a  t a j r i b a l a r  



1. Adiabatik  kengayish  va siqilishda  temperaturaning  o’zgarishi. 

2. Diffuziya  hodisasining  qaytmasligi. 

3. Issiqlik  mashinasining  tuzilishi  va ishlashi  (modelli). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

24 


 

2-BOB TALABALARGA TERMODINAMIKA BOBIGA OID 

MAVZULARNI O’QITISHDA DIDAKTIK MATERILLARDAN 

FOYDALANISH 

§2.1  Talabalarga 

“Termodinamikaning  birinchi  qonunining 

izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabadik jarayon” mavzusini o’tishda didaktik 

materiallardan foydalanish  

Kirish 

 

Ta’lim  jarayoni  qonuniyatlari  ya’ni  fizikaviy  qonuniyatlar  va  uni  hossalarini 

o’rganishda  hamda  tadbiq  etishda  o’quv – biluv faoliyatini tadqiq qilishga yordam 

beruvchi  barcha  zarur  vositalar  va  zamonaviy  pedagogik  tehnologiyalar 

o’qitishning  didaktik  materiallarni  tashkil  qiladi.   

 

Bu borada biz didaktik  materiallardan  foydalanishda quyidagicha 



ko’rgazmali  vositalardan  foydalanamiz. 

 

Didaktik materiallarga quyidagilar kiradi.  

1.  Ko’rgazmali  qurollar   

a) Chizmalar   

b) Rasmlar 

2.  Texnik  vositalar  va kompyuter  texnologiyasi   

a) Kompyuter  (proektor) 

b) Kodoskop  

s) Vertual  stendlar   

d) Elektron  darslik 

3.  Namoyishlar 

4.  Tarqatma  materiallar   

a) Savolnomalar 

b) Testlar 

 

 

 



 

25 


 

§2.1  Talabalarga 

“Termodinamikaning  birinchi  qonunining 

izojarayonlarga qo’llanilishi. Adiabadik jarayon” mavzusini o’tishda didaktik 

materiallardan foydalanish  

Dars ishlanmasi 

I-dars  

Dars mavzusi   : “Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlarga 



qo’llanilishi. Adiabadik jarayon”  

 

Dars vaqti  : 80 minut   



 

Darsning  blok chizmasi  : 

 

Dars bosqichlari 



Minut 

1.   


Tashkiliy  qism  

2.   



Manaviy  ma’rifiy  qism 

3.   



Yangi  mavzu  bayoni   

55 


4.   

O’tilgan  mavzuni 

mustaxkamlash  uchun  savol 

javoblar   

10 

5.   


Uyga  vazifa  berish   

 



Darsning usuli : Ma’ruza suhbat 

Darsning maqsadi :  

a) Ta’limiy maqsad : Talabalarga  yangi  mavzuni  to’liq tushuntirib  berish.  

b) Tarbiyaviy maqsadi : Talabalarni  barkamol avlod ruhida  tarbiyalash.  Dars 

davomida talabalarga  ahloqiy  manaviy  elementlarini  singdirish   

s) Rivojlantiruvchi : Talabarlarga  yangi  bilim  berish       

Dars materiallari va jihozlari  

1.  Al va KXK lari  uchun fizika  kitobi  (1-qism) 

2.  Doska, bo’r  

3.  Darsga tegishli  bo’lgan plakatlar(4)  va slaydlar(2)  tarqatma materiallar, 

namoyish  


 

26 


 

 

4.kompyuter proyektor , kodoskop, elektron darslik. 



Asosiy tushuncha va atamalar.  

Termodinamikaning 

birinchi  qonuni ; izoxorik jarayon; izobarik jarayon;   

Izotermik jarayon; adiabatik  jarayon 



I. Tashkiliy  qism :  

1.  Salomlashish   

2.  Davomatni  aniqlash   

3.  Manaviy  va ma’rifiy  qism. 



II.O’tgan darsni mustaxkamlash  

1.  Issiqlik  sig’imi  tushunchasi nima  maqsadda kiritilgan?   

2.  Jismning  issiqlik  sig’imi  deb nimaga  aytiladi?   

3.  Issiqlik  miqdori qanday aniqlanadi? 

4.  Noma’lum  jismning  solishtirma  issiqlik  sig’imining  aniqlash  formulasi  qaysi? 

5.  Issiqlik  sig’imining  SI dagi birligi  ? 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

27 


 

III.Yangi mavzu bayoni :  

Reja :  

1.  Termodinamikaning birinchi qonuni 

2.  Termodinamikaning birinchi qonunining izojarayonlar uchun tadbig’i  

3.  Adiabatik jarayon 

Termodinamikaning  rivojlanishi  ko'p  jihatdan issiqlik mashinalarining foydali ish 

koeffitsiyentini  o'rganish  bilan  bog'liqdir.  Fransuz  injeneri  Sadi  Karno  1824-yilda 

chop  etilgan  «Olovning  harakatlantiruvchi  kuchi  haqida  o'ylar»  nomli  ishida 

issiqllli  mashinasining  unumdorligi  ishchi  moddaga  emas,  balki  isituvchl  va

 

sovituvchilar 



temperaturalarining 

farqiga 


bog'liq, 

degan 


xulosani 

ilgari


 

surdi. 


Termodinamika  shundan  so'ng  Klapeyron,  Joul,  Klauzius,  Mayyer,Tomson  va 

boshqalarning ishlarida  rivojlantirildi.   

Termodinamika quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: 

—moddalarning atomlardan tashkil topganligi e'tiborga olinmaydi  

—makroskopik sistemaga xos bo'lgan kattaliklar bilangina ish ko'riladi; 

—nazariya tajriba natijalariga  asoslanib yaratiladi; 

—moddalarning  xossalari  xarakteristik  parametrlari  (zichlik  yopishqoqlik  va 

hokazo) ko'rinishida  ifodalanadi. 

Termodinamikani o'rganishda quyidagilarni  yodda tutmoq zarur 

Termodinamik sistema. O'zaro va tashqi jismlar bilan ta'sirlashadigan va energiya 



almashadigan makroskopik jismlar majmuasi  termodinamik sistema deyiladi. 

Termodinamik 

usulning 

asosi 


— 

sistemaning 

holatini 

belgilovchi 

parametrlarining  qiymatlarini  aniqlashdir. 

Termodinamik parametrlar yoki holat parametrlari  deb termodinamik sistema 

xossalarini xarakterlovchi fizik kattaliklar  majmuasiga aytiladi.  Odatda, holat 

parametrlari  sifatida temperatura, bosim 

 

va

 



solishtirma  hajm  tanlanadi. 

Termodinamik  parametrlar,  Temperatura  makroskopik  sistemaning  termodinamik 

muvozanat  holatini  xarakterlovchi  fizik  kattalik. 

Bosim  — suyuqlik  yoki  gaz tomonidan  birlik  yuzaga  ta'sir  etadi  perpendikular kuch 

bilan aniqlanuvchi  fizik  kattalik. 


 

28 


 

Solishtirma hajm — birlik massaning egallagan hajmi. 

U zichlikka  teskari  kattalik:    



1



m

V

 

SI dagi birligi 



   

 


kg

m

kg

m

m

V

kg

m

3

3



3

1

1



1

,





 

 

Termodinamikaning  birinchi  qonuni.  Buning  uchun  qizdirilgan  choynak  misolini 

ko'raylik.  Choynak  olayotgan  issiqlik  miqdori  ichidagi  suvning  qizishiga,  ya'ni 

suvning ichki  energiyasi  ortishi ∆U va suv bug'lari choynak qopqog'ini ko'targanda 

tashqi kuchlarga qarshi (qopqoqning og'irlik  kuchi) bajariladigan  ishga sarflanadi. 

 Bu jarayon uchun energiyaning  saqlanish va aylanish  qonuni: 



Q=∆U+A 

ko'rinishga ega bo'ladi. Bu termodinamikaning  birinchi  qonuni matematik 

ko'rinishidir. 

Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiya orttirishga  va tashqi 

kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi 

Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, musbat, agar  jismdan  issiqlik 

miqdori olinayotgan  bo'lsa, manfiy  ishora olinadi.  Shuningdek,  agar  jism  tashqi 

kuchlarga  qarshi  ish bajarayotgan   bo'lsa, ish musbat, tashqi kuchlar  jism  ustida ish 

bajarayotgan  bo'lsa, ish manfiy  bo'ladi. 

Termodinamikaning  birinchi  qonuni birinchi  tur abadiy dvigatel  (lotincha 

«perpetuum mobile») yasash mumkin emasligini  Birinchi  tur «perpetuum mobile»ga 

asosan teng miqdorda energiya sarflamasdan  ish bajara  oladigan  mashina  qurish  haqida 

fikr  yuritiladi.  Energiyaning  saqlanish va aylanish qonuni bo'lgan termodinamikaning 

birinchi qonunida esa tabiatda ro'y beradigan barcha jarayon energiya o'z-o'zidan 

paydo ham bo'lmaydi, yo'qolmaydi ham  bir ko'rinishdan boshqasiga aylanishi 

mumkin, deb qayd etiladi. 

Endi termodinamika birinchi qonunining ba'zi jarayonlarga tatbiqni ko’raylik.   

 

 


 

29 


 

1. Izoxorik jarayon 

Izoxorik jarayon deb, gazning o’zgarmas xajmda bir xolatdan boshka holatga 

o’tishiga aytiladi. Izoxorik jarayonni tasavvur qilish uchun ideal gazni berk idishda 

qamalgan  deb  faraz  qillaylik.  Silindrni  va  unga  kamalgan  gazni  qizdiramiz.  Gaz 

tashki  kuchlar  ustidan  ish  bajara  olmaydi.  Termodinamikaning  birinchi  qonuniga 

ko’ra:  


Q=∆U+A 

Biroq  A = 0.   Shuning  uchun   izoxorik  jarayonda   gazning   ichki  energiyasini 

  uzgarishi  gazga  berilgan  issiqdik miqdoriga  teng: 

Q

V

 = ∆U. 

ning  «V» indeksi gaz xajmining  uzgarmasligini  bildiradi. 

2. Izobarik jarayon 

Izobarik jarayon deb, gazning o’zgarmas bosimda bir holatdan boshqa holatga 

o’tishiga  aytiladi.  Izobarik  jarayonni  amalga  oshirish  uchun  porsheni  erkin 

kuzg’ala  oladigan  silindrga  gaz  qamaymiz.  Gaz  qizdirilganda  unga  Q  issiqlik 

miqdori  beriladi.  Termodinamikaning  birinchi  bosh  qonuniga  binoan  sistemalarga 

berilgan  energiya  qisman  sistemaning  ichki  -  energiyasiga  aylanadi  xamda  qisman 

porshenni siljitishda  bajarilgan  ishga sarf bo’ladi (mexanik  energiyaga  aylanadi): 

Q

P

 = ∆U + A. 

Izobarik jarayonda gaz bajargan ishni topaylik. Gaz bosimi  o’zgarmas bo’lsa, u 

xolda bosim kuchi ham o’zgarmas bo’ladi: 

F = pS. 

binobarin 



A=pS



h. 

A

MMO 



S



kupaytma gaz xajmining 



V=V

2

V  o’zgarishiga teng. Shuning 

uchun A = p



V. 

Ish pV koordinatalar  grafigida    (1-rasmga karang)   boshlang’ich izobara va oxirgi 

xajm  koordinatalari  bilan  chegaralangan   to’g’ri burchakli  uchburchak yuzi  orqali 


 

30 


 

tasvirlangan.  Agar grafik   chizilgan   mashtab  ma’lum   bo’lsa,  u  xolda  ishni   

oson hisoblalab topish mumkin. 

Izotermik jarayon Izotermik   jarayon  deb,  o’zgarmas  temperaturada  

gazning  bir holatdan boshqa holatga o’tish jarayoniga aytiladi. Izotermik 

jarayonni  amalga  oshirish uchun gazni  oson ko’zg’aluvchan porshenli silindr 

ichiga, silindrning  o’zini esa qat’iy ravishda o’zgarmas temperatura  (2-rasmda 

shtrixli  chizik,)  saqlanib turadigan  — termostat ichiga  joylashtiramiz. 

Gazni  asta-sekin  siqamiz  (2-a  rasmga  qarang).  Bunda  biz  A

ish  bajaramiz. 

Termodinamikaning  birinchi  qonuniga  binoan  issiqlik  miqdori  quyidagiga  teng 

bo’ladi:  



Q

T

 = ∆U+A

T

. 

Gaz  temperaturasi  o’zgarmas  bo’lgani  uchun  uning  ichki  energyasi  xam 

o’zgarmas bo’ladi: U = const, ∆U= 0. 

Shuning  uchun  gaz  ustida  bajarilgan  ish  gaz  termostatga  berishi  mumkin 

bo’lgan Q

t

  issiqlik  miqdoriga teng: 

Q

t

 

=

 A

t

 

Agar  tashqi  bosimni  sekin-asta  kamaytirilsa  (2-b  rasm),  gaz  shunchalik  sekin 

kengayadi.  Bunda  gaz  A

t

  ish  bajaradi va termostatdan issiqlik miqdorini, aniqrog’i 

bajarilgan  ishga teng bo’lgan Q



T

 issiqlik miqdorini  oladi: 

Q

t

 

=

 A

t

 

Shunday  qilib,  izotermik  jarayonda  gazga  berilayotgan  issiqlik  miqdori  gaz 



bajargan ishga teng. 

Gazning 

pV 

koordinata 

tekisligida 

holat 


diagrammasida 

izotermik 

kengayishida  bajargan  ishi  shtrixlangan  shakl yuz( orqali tasvirlanadi   

(2-rasmga qarang). 



4. Adiabatik jarayon. Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki, 

bunda sistema issiqlik almashinuvi natijasida energiya olmaydi ham va energiya 

bermaydi ham. Boshqacha aytganda, adiabatik jarayonda 

Q = 0. 


 

31 


 

Bunday  jarayonni  amalga  oshirish  uchun  gazni  devorlar»  atrofidagi  jismlar  bilan 

issiqlik  almashinuvida  bo’lmaydigan  idishga  qamash  kerak.  Termodinamikaning 

bosh qonuniga binoan 



Q = ∆U+A 

Adiabatik       jarayonda       Q =  0   bo’lgani   uchun   ∆U+A  = 0 bo’ladi. Bundan 



∆U= — A  yoki — ∆U = A. 

Birinchi  holatda  gaz  tashqi  kuchlar  ta’siri  ostida  adiabatik  siqiladi.  Bunda  gaz 

qiziydi,  uning  ichki  energyasi  esa  ortadi.  Ikkinchi  xolatda  gaz  adiabatik  kengayib 

ish bajaradi.  Bunda gaz soviydi va uning ichki  energyasi kamayadi  

Izotermik  va  adiabatik  jarayonlarning  grafiklari  tasvirlangan  3-rasmda  gaz 

kengayganda  adiabata  grafigi  pastdan  o’tadi.  Bu  adiabatik  kengayishda  gazning 

bosimi  hajm  ortishi  xisobiga  kamaygani  kabi  gazni  sovish  natijasida  ham 

kamayishi  bilan  tushuntiriladi.  Shuning  uchun  gaz  adiabatik  kengayishda  izotermik 



kengayishdagiga  nisbatan  kam    ish  bajaradi.  Adiabatik  kengayishda   bajarilgan   

ishni    xisoblaylik.    Bu   xolda   Q = 0 

Bo’lgani  uchun 

A= — ∆U. 

Biroq ichki  energiyaning  o’zgarishi 



∆U=



1

2

2



3

T

T

Nk



 

formuladan  aniqlanadi. 

Binobarin,  A= — 



1



2

2

3



T

T

Nk



  yoki 



A= — 



2

1

2



3

T

T

Nk



   

Gaz adiabatik  siqilganda  shu gazni  izotermik  siqilgandagiga  qaraganda bosim 

tezroq ortadi, bu holda bosimning ortishi  faqat xajmni  kamayisi   bilan  xam 

tushuntiriladi  (3-rasmga  qarang). Binobarin,  adiabatik  siqilganda  tashqi kuchlar 

bajargan  ishi  izotermik  siqilgandagiga  nisbatan katta bo’ladi. Biz muxim 



 

32 


 

termodinamik  jarayonlarni  o’ta sodda termodinamik  sistema — ideal  gaz misolida 

qarab chiqdik. Biroq hosil qilingan  qonuniyatlar  istalgan  boshqa termodinamik 

sistemalar  uchun qo’llaniladi. 

 

IV. Yangi  mavzuni mustaxkamlash 

1. Termodinamikaning birinchi qonuni? 

2.  Agar  jismga  issiqlik  miqdori  berilayotgan  bo'lsa,  Q  qanday ishora bilan olinadi? 

Olinayotgan bo'lsa-chi   

3.  Agar  jism  tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa,  qanday ishora bilan 

olinadi?  

Tashqi kuchlar jism ustida ish bajarganda-chi?  

4. Birinchi tur „perpetuum mobile"ni yasash mumkinmi?  

5. Izoxorik  jarayon  uchun  termodinamikaning  birinchi  qonuni?   

6. Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni?  

7. Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni.  

8. Adiabatik jarayon deb

 

qanday jarayonga aytiladi?  



9. Adiabatik jarayonlar real jarayonlarmi?  

10. Adiabatik  jarayon  uchun  termodinamikaning  birinchi  qonuni?   



V. Yakunlash :  

a) Uyga  vazifa  berish  

b) Baholash 

 

 



 

 

 



 

 


 

33 


 

KIRISH 

 

Ta’lim jarayoni  qonuniyatlari  ya’ni fizikaviy  qonuniyatlar  va uni  hossalarini 



o’rganishda hamda tadbiq etishda o’quv – biluv  faoliyatini  tadqiq qilishga  yordam 

beruvchi barcha zarur vositalar  va zamonaviy  pedagogik tehnologiyalar   

o’qitishning  didaktik  materiallarni  tashkil  qiladi.   

Bu borada biz didaktik  materiallardan  foydalanishda quyidagicha  ko’rgazmali 

vositalardan  foydalanamiz. 

 

Didaktik materiallarga quyidagilar kiradi.  

5.  Ko’rgazmali  qurollar   

a) Chizmalar   

b) Rasmlar 

6.  Texnik  vositalar  va kompyuter  texnologiyasi   

a) Kompyuter  (proektor) 

b) Kodoskop  

s) Vertual  stendlar   

d) Elektron  darslik 

7.  Namoyishlar 

8.  Tarqatma  materiallar   

a) Savolnomalar 

b) Testlar 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

34 


 

§2.2 Talabalarga  qaytar  va qaytmas jarayonlar. 

Termodinamikaning   2-chi qonuni  va uning  talqini  mavzusini 

o’tishda  didaktik  materiallardan  foydalanish.    

 

Dars ishlanmasi 



II -dars  

Dars mavzusi   : 

Qaytar  va qaytmas  jarayonlar.  Termodinamikaning                

2-chi qonuni va uning talqini

 

Dars vaqti  : 80 minut   

Darsning  blok chizmasi  : 

№ 

Dars bosqichlari 



Minut 

6.   


Tashkiliy  qism  

7.   



Manaviy  ma’rifiy  qism 

8.   



Yangi  mavzu  bayoni   

55 


9.   

O’tilgan  mavzuni 

mustaxkamlash  uchun  savol 

javoblar   

10 

10.  


Uyga  vazifa  berish   

 



Darsning usuli : Ma’ruza suhbat 

Darsning maqsadi :  

a) Ta’limiy maqsad : Talabalarga  yangi  mavzuni  to’liq tushuntirib  berish.  

b) Tarbiyaviy maqsadi : Talabalarni  barkamol avlod ruhida  tarbiyalash.  Dars 

davomida talabalarga  ahloqiy  manaviy  elementlarini  singdirish   

s) Rivojlantiruvchi : Talabarlarga  yangi  bilim  berish       

Dars materiallari va jihozlari   

1.  Al va KXK lari  uchun fizika  kitobi  (1-qism) 

2.  Doska, bo’r  

3.  Darsga tegishli  bo’lgan plakatlar  (2) va slaydlar (1) tarqatma materiallar 

namoyishi 

4.  Kompyuter proyektor , kodoskop, elektron darslik. 



 

35 


 

Asosiy tushuncha va atamalar.  

Qaytar va qaytmas jarayonlar  ; termodinamikaning  2-chi  qonuni; 2 chi tur 

―perpertuum mobile‖.   

I. Tashkiliy  qism :  

1.  Salomlashish   

2.  Davomatni  aniqlash   

3.  Manaviy  va ma’rifiy  qism. 



II.O’tgan darsni mustaxkamlash  

Termodinamikaning birinchi qonuni? 

2.  Agar  jismga  issiqlik  miqduii  berilayotgan  bo'lsa,  Q  qanday  ishora  bilan  olinadi? 

Olinayotgan bo'lsa-chi   

3.  Agar  jism  tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa,  qanday ishora bilan 

olinadi?  

Tashqi kuchlar jism ustida ish bajarganda-chi?  

4. Birinchi tur „perpetuum mobile"ni yasash mumkinmi?  

5. Izoxorik  jarayon  uchun  termodinamikaning  birinchi  qonuni?   

6. Izobarik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni?  

7. Izotermik jarayon uchun termodinamikaning birinchi qonuni.  

8. Adiabatik jarayon deb

 

qanday jarayonga aytiladi?  



9. Adiabatik jarayonlar real jarayonlarmi?  

10. Adiabatik  jarayon  uchun  termodinamikaning  birinchi  qonuni?   



 

 

 

 

 

36 


 

III.Yangi mavzu bayoni :  

Reja :  

1.  Qaytar jarayonlar. 

2.  Qaytmas jarayonlar   

3.  Termodinamikaning  2-chi qonuni  

Termodinamikaning  birinchi  bosh  qonuni  energiyaning  saqlanish  va  aylanish 

qonunlarini  issiqlik  jarayonlarining  ma’lum  sharoitlariga  qo’llanilishidan  iborat 

ekanligi  aytib  o’tilgan  edi.  Termodinamikaning  birinchi  bosh  qonuni  barcha 

hodisalarda aniq kuzatiladi. 

Biroq  termodinamikaning  birinchi  bosh  qonuni  termodinamik  jarayonlarni 

qanday  yo’nalishda  borayotganligiga  nisbatan  xech  qanday  ko’rsatma  bera 

olmaydi. 

Bir  necha  misol  qarab  chiqaylik.  Faraz  qilaylik,  izolyatsiyalangan  sistema  turli 

temperaturali  ikkita  jismdan  iborat  bo’lsin.  Termodinamikaning  birinchi  bosh 

qonuniga  binoan  issiqlik  almashish  jarayonida  bitta  jism  Q  issiqlik  miqdorii  oladi, 

ikkinchi  jism  esa  xuddi  shunday  Q  issiqlik  miqdoriini  tashqariga  beradi.  Issiqlik 

qanday yo’nalishda uzatiladi?   

Bu  savolga  termodinamikaning  birinchi  bosh  qonuni  asosida  javob  berish  mumkin 

emas.  Bundan  tashqari,  termodinamikaning  birinchi  bosh  qonuni  issiqlik  kamroq 

isigan  jismdan  ko’proq  isigan  jismga  ixtiyoriy  ravishda  o’tadigan  jarayon  uchun 

zid bo’lmagan bo’lar edi. 

Yana bitta misol qarab chiqamiz.  Tosh yerga tushayotganda uning  ilgarilanma 

xarakatining  butun kinetik  energiyasi  energiyaning  saqlanish  qonuniga mos 

ravishda toshning ichki  energiyasiga  va uning  atrofidagi  jismlar  ichki  energiyasiga 

aylanadi.  Biroq, termodinamikaning  birinchi  qonuniga teskari  jarayon xam zid 

bo’lmas edi, bunda Yerda yotgan toshga atrofdagi narsalardan biror 

issiqlik  miqdorii  uzatilgan  va  natijada  tosh  o’z-o’zidan  sakrab ketishi xam mumkin 

bular edi. Biroq xech kim  xech qachon sakrayotgan toshlarni kuzatmagan. 

Bu  va  bunga  o’xshash  boshqa  misollar  termodinamikaning  birinchi  qonuni 

energiyaning  bir  turdan  boshqa  turga  aylanishi  yo’nalishiga  va  issiqlikni  bir 


 

37 


 

jismdan  boshqasiga  o’tish  (uzatilish)  yo’nalishiga  xech  qanday  chegara 

qo’ymasligidan  dalolat  beradi.  Shu  bilan  birga  tajriba  energiyaning  xar  xil  turlari 

teng  qiymatli  emasligini  va  ular  imkoniyatlari  bo’yicha  boshqa  ko’rinishlarga 

aylanishini 

ko’rsatadi. 

Masalan, 

istalgan 

jismning 

mexanik 


energiyasini 

to’laligicha  uning  boshlang’ich  temperaturasiga  bog’lik  bo’lmagan  xolda  ichki 

energiyasiga  aylantirish  mumkin.  Xaqiqatan  xam,  istalgan  jismni  ishqalash  bilan 

isitish  mumkin:  bunda  uning  ichki  energiyasi  ishga  teng  kattalikka  ortadi.  Xuddi 

shuningdek,  elektr  energiya  to’laligicha,  masalan,  elektr  toki  rezistor  orqali 

o’tganda,  ichki  energiyaga  aylanishi  mumkin.  Shunday  qilib,  ichki  energiya 

teskariga  aylanishi  uchun  boshqa  ko’rinishlarda  ma’lum  chegara  mavjud,  bu 

quyidagidan  iborat:  ichki  energiya  xech  qanday  sharoitlarda  to’laligicha 



energiyaning  boshqa  turlariga  aylanmaydi.  Tabiatda  jarayonlarning  o’tish 

yo’nalishi  xuddi shunga bog’liqdir. 



2. Qaytar va qaytmas jarayonlar 

Faraz  qilaylik,  izolyatsiyalangan  sistema  qandaydir  jarayon  natijasida  1  xolatdan            



2  xolatga  o’tsin.  Agar  sistema  o’z-o’zidan  2  xolatdan  1  xolatga  qaytadigan  va 

sistemada  xech  qanday  boshqa  o’zgarishlar  sodir  bo’lmaydigan  teskari  jarayon 

mavjud  bo’lsa, u xolda 1→ 2 jarayon qaytar jarayon deb ataladi. 

Izolyatsiyalangan  sistemalarda  ishqalanish  va noelastik  deformatsiyalar 

bo’lmagan sharoitda o’tadigan barcha mexanik  jarayonlar  qaytar jarayonlarga 

misol bo’la oladi. Masalan,  vakuumda osmaga osib qo’yilgan  mayatnik 

ishqalanishsiz  xarakat  kilib,   xolatdan xolatga  o’tadi (4-rasm), so’ngra xamma 

o’sha oraliq xolatlarni  o’tib, yana  xolatga qayt Agar izolyatsiyalangan  sistema 

qandaydir jarayon  natijasida  1 xolatdan xolatga  o’tsa, 1→teskari jarayon  sodir 

bo’lmaydi, buning  natijasida  sistema o’z-o’zidan dastlabki xolatiga  shunday 

o’tsaki bunda sistemada xech qanday o’zgarishlar bo’lmasa, u holda 1

jarayonni  qaytmas jarayon deb ataladi.  Qaytmas jarayonlarga  misollar  keltiramiz. 

Bu avvalo  issiqlik  almashinish  jarayonidir.  Issiqlik issiqroq jismdan  sovuqroq 

jismga  o’tadi. Biroq, izolyatsiyalangan  sistemada issiqlik  o’z-o’zidan teskari 

yo’nalishda o’ta olmaydi. Agar gazga katta xajm  berilsa, kengayadi,  biroq teskari 


 

38 


 

jarayon  — o’z-o’zidan siqilishi  mumkin  emas, Qaytmas jarayonga,  shuningdek, 

bir xil  gazning  boshqasiga diffuziyalanib  o’tishi misol bo’la oladi. Gazlarning  o’z-

o’zidan bo’linishining  teskari  jarayoni  sodir bo’lmaydi. Teskari jarayonlarning 

mavjudligi  faqat molekulyar  hodisalarning  asosiy xarakteristikasi  bo’lib 

xisoblanmasdan, balki  tabiatda va texnikada  barcha real  jarayonlarni  xam asosiy 

xarakteristikasi  xisoblanadi.  

Termodinamikaning  birinchi  qonuni  energiyaning  saqlanish  va  aylanish qonunini 

ifodalasada,  termodinamik  jarayonning  ro'y  berish  yo'nalishini  ko'rsata  olmaydi. 

Misol  uchun  birinchi  qonun,  issiqlik  miqdorining  issiq jismdan sovuq jismga o'tish 

imkoniyati  ham  qanday  bo'lsa,  sovuq  jismdan  issiq  jismga  o'tish  imkoniyati  ham 

shunday  deb  ko'rsatadi.  Aslida  esa  tabiatda  qanday  jarayonlar  ro'y  berishi  mumkin  degan 

savol tug'iladi? Bunga termodinamikaning  ikkinchi  qonuni javob beradi. 

Termodinamikaning  ikkinchi  qonuni.  Bu  qonunning  bir  nechta  shakllari 

mavjud  bo'lib, ularning  eng soddasi Klauzius ta'rifini  keltiramiz. 



Issiqlik miqdori o'z-o'zidan past temperaturali jismdan yuqori 

tcmpcniliirali jismga o'tmaydi. 

Amalda  cheksiz  katta  bo'lgan  okean  suvlaridagi  issiqlik  miqdori  o'z-o'zidan 

temperaturasi  suvnikidan  pastroq  bo'lgan  jismgagina  o'tishi  mumkin.  Issiqlik 

miqdorini  temperaturasi  past jismdan temperaturasi yuqori jismga o'tkazish uchun 

qo'shimcha ish bajarish kerak. Sh bilan birga, issiqlik miqdori ishga to'la aylanmay, 

uning bir qisn atrof-muhitni qizdirishga sarflanadi. Shu nuqtayi nazardan ikkinchi   

qonunnining  quyidagi  Plank  ta'rifi ham e'tiborga molik:  tabiatda issiqlik miqdori 

tolaligicha ishga aylanadigan jarayon bo'lishi mumkin emas. 

Issiqlik ishga aylanishi uchun isitkich va sovitgich bo'lishi darkor. Barcha issiqlik 

mashinalarida isitkichdan sovitgichga beriladigan energiyaning bir qismigina foydali 

ishga  aylanadi.  Unda  issiqlik  mashinalarining  unumdorligi  qanday  kattaliklarga 

bog'liq  va  uni oshirish uchun nima qilmoq kerak degan savol tug'iladi. Bu savolga 

ikkinchi (qonnnning Karno ta'rifi javob beradi: ideal issiqlik mashinasining foydali 



ish koeffitsiyenti issiqlik beruvchi va issiqlik oluvchilarning tempraraturalari 

bilangina aniqlanadi. 

 

39 


 

Termodinamika  qonunlari  amalda  qanday  mashinalar  yasash  mumkiniligi  va 

ularning  unumdorligini  orttirish  uchun  nimalarga  e'tibor  berish  zarurligi  haqida 

yo'llanma  beradi. 



Ikkinchi  tur  „perpetuum  mobile".  Ikkinchi  tur  „perpetuum  mobile"  okean 

suvlaridagi  ulkan  miqdordagi  energiyadan  ish  bajarmasdan  foydalanish  mumkin  degan 

g'oyaga asoslangan. Termodinamikaning ikkinchi  qonuni esa issiqlik miqdori faqat 

issiq  jismdan  sovuq    jismga  o  'z-o  'zidan  o  'tishi mumkin, teskarisi uchun esa qo 

'shimcha bajarish zarur deb ta'kidlaydi. Bu esa ikkinchi tur „perpetuum inobile"ni 

yasash mumkin  emasligini  ko'rsatadi. 

Agar  ikkinchi  tur  „perpetuum  mobile"ni  yasash  mumkin  bo'lganda  edi insoniyat juda 

ulkan  energiya  manbayiga  ega  bo'lardi.  Okeanlarda  mavjud  10 

21

  kg  suvning 



temperaturasini  1  °C  ga  pasaytirishga  erishsa,  bu  10

24

  J  issiqlik  miqdori  ajratib  olishga 



imkon beradi. Shuncha energiya beruvchi ko'mirni temir yo'l sostaviga yuklasak, uning 

uzunligi    10

10

  km  ni  tashkil  etadi.  Bu  esa  qariyb  Quyosh  sistemasining 



kattaligiga  tengdir. 

IV. Yangi mavzuni  mustahkamlash. 

1. Termodinamika  birinchi  qonunining  ahamiyati  nimada?   

2. Termodinamikaning  birinchi  qonuni jarayonning  ro'y berish yo'nalishini  ko'rsata 

oladimi?   

3.Termodinamikaning  ikkinchi  qonuni?  

4. Termodinamika  ikkinchi  qonunining  ahamiyati  nimada?   

5. Issiqlik miqdori temperaturasi   past jismdan  temperaturasi  yuqori jismga   

o'tadimi? 

 6. Tabiatda issiqlik  miqdori to'laligicha  ishga aylanadigan  jarayon bo'lishi 

mumkinmi?   

7. Issiqlik ishga aylanishi  uchun qanday shartlar  bajarilishi  mumkin?   

8. Issiqlik mashinasining  foydali ish koeffitsiyenti  nimalarga  bog'liq?  

9. Ikkinchi  tur „perpetuum mobile"ning  g'oyasi nimadan  iborat?   

10. Ikkinchi  tur „perpetuum mobile"ni  yasash mumkinmi?   



 

 

40 


 

V.Yakunlash 

a) Uyga  vazifa  berish  

b) Baholash 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

41 


 

KIRISH 

          Ta’lim  jarayoni  qonuniyatlari  ya’ni  fizikaviy  qonuniyatlar  va  uni  hossalarini 

o’rganishda  hamda  tadbiq  etishda  o’quv  – biluv faoliyatini tadqiq qilishga yordam 

beruvchi  barcha  zarur  vositalar  va  zamonaviy  pedagogik  tehnologiyalar 

o’qitishning  didaktik  materiallarni  tashkil  qiladi.   

Bu  borada  biz  didaktik  materiallardan  foydalanishda  quyidagicha  ko’rgazmali 

vositalardan  foydalanamiz. 

 

Didaktik materiallarga quyidagilar kiradi.  

1.  Ko’rgazmali  qurollar   

a) Chizmalar   

b) Rasmlar 

2.  Texnik  vositalar  va kompyuter  texnologiyasi   

a) Kompyuter  (proektor) 

b) Kodoskop  

s) Vertual  stendlar   

d) Elektron  darslik 

3.  Namoyishlar 

4.  Tarqatma  materiallar   

a) Savolnomalar 

b) Testlar 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

42 


 


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish