Nazorat ishining bali-bahosi:
2- NAZORAT ISHI
Mavzu: Mexanik hodisalar
Nazorat shakli: Test sinovi
I variant.
1. 10 dm3 suv necha litrga teng.
A) 10; B) 100; C) 1; D) 0,1.
2. «Jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joylashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga... deyiladi». Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying.
A) ...trayektoriya; B) ...mexanik harakat;
C) ...bosib o‘tilgan yo‘l; D) ... tezlik.
3. 1500 gramm necha kilogrammga teng?
A) 15; B) 1,5; C) 0,15; D) 150.
4. 15 m/s necha km/soat ga teng?
A) 36; B) 15; C) 30; D) 54.
5. «Matiz» avtomobili joyidan qo‘zg‘alib 10 sekundda 150 m yo‘l bosib
o‘tdi. Uning o‘rtacha tezligini toping (m/s) .
A) 15; B) 10; C) 30; D) 5.
6. Quyonning tezligi 15 m/s, baliqniki 72 km/soat. Ularning tezliklarini
solishtiring.
A) Baliqniki 1,33 marta kichik; B) Baliqniki 1,33 marta katta;
C) Quyonniki 4,8 marta kichik; D) Tezliklari teng.
7. Kerosinning zichligi 0,8 g/sm3ga teng. Uni kg/m3larda ifodalang.
A) 800; B) 8000; C) 80; D) 1800.
Do'stlaringiz bilan baham: |