6. Uzunligi 80 sm bo`lgan mayatnik gorizontal yo`nalishda uchayotgan samolyotga osilgan bo`lib 7 s da 4 marta tebranadi. Samolyot qanday tezlanish bilan uchmoqda?
A) 1,6 m/s2 B) 4,8 m/s2 C) 5,4 m/s2 D) 3,2 m/s2
7. Dinamometr osilgan jism benzinga tushirilgan. Bunda dinamometrning ko`rsatishi havodagiga nisbatan 8 marta kichik bo`ldi. Jismning zichligini toping. Benzin zichligi 700 kg/m3.
A) 800 kg/m3 B) 700 kg/m3 C) 560 kg/m3 D) 1400 kg/m3
8. Gaz o`zgarmas bosimda 10 K ga isitilganda o`zining boshlang’ich hajmiga nisbatan 3% kengaydi. Gazning boshlang`ich harorati necha K?
A) 300 B) 290 C) 320 D) 333
9. Radiusi 10 m bo‘lgan qayrilishda sirpanib ketmasligi uchun avtomobil qanday maksimal tezlik bilan harakatlanishi mumkin. G‘ildiraklarning yer bilan tutashish koeffitsienti 0,8 ga teng.
A) 3 m/s B) 6 m/s C) 9 m/s D) 12 m/s
10. Tovushdan tez uchuvchi samolyot 2000 km/ soat tezlik bilan gorizonta ltekislikda burilmoqda. Trayektoriyaning egrilik radiusi qanday bo‘lganda uchuvchi besh barobar yuklamani sezadi?
A) 5 ,2 km B) 6,3 km C) 7,2 km D) 8,3 km
11. To‘g‘ri chiziqli harakatlanayotgan chana sirpanib to‘xtaydi. Agar chananing boshlang‘ich tezligi 2 m/s, ishqalanish koeffitsienti 0,05 ga teng bo‘lsa to‘xtagunga qadar bosib o‘tgan yo‘lini toping.
A) 2,04 m B) 4,08 m C) 7,2 m D) 6,06 m
12.Massasi 0,5 kg bo‘lgan tinch turgan jismga o‘zgarmas 2 N kuch ta'sir qiladi. Jism 3 s dan so‘ng qanday kinetik energiyaga ega bo‘ladi?
A) 72 J B) 36 J C) 18 J D) 54 J
13. Agar matematik mayatnikli soatning mayatnigi uzunligini 1% kamaytirilsa bir sutkada qancha oldinga ketadi?
A) 7 min 12 s B) 5 min 15 s C) 6 min 24 s D) 8 min 36 s
14. Tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat boshlagan jism o’ninchi sekundda 38 m yo`l o’tadi. Jismning o`n ikkinchi sekundda o`tgan masofasini toping.
A) 48 m B) 46 m C) 52 m D) 56 m
15. Qayiq qo`lda tinch holda turibdi. Qayiqning uchi va quyrig`ida bir-biridan 5 m masofada baliqchilar o`tiribdi. Qayiqning massasi 150 kg, baliqchilarning massalari 90 kg va 60 kg. Baliqchilar joylarini almashtiradilar. Bunda qayiq qancha masofaga siljiydi? Suvning qarshiligi hisobga olinmasin.
A) 0,5 m B) 1 m C) 1,5 m D) 2 m
16. Massasi M bo`lgan silindrga ip o`ralgan. Silindrni qo`yib yuborib ipni yuqoriga tortiladi. Bunda ip bo`shalishi jarayonida silindrning massa markazi birxil balandlikda qoladi. Ipning taranglik kuchi nimaga teng?
A) Mg B) 2 Mg C) 3 Mg D) Mg/2
17. Bola ko`zoynagini yechib kitobni ko`zidan 16 sm uzoqlashtirib o`qiy oladi. Ko`zoynakning optik kuchi qanchaga teng?
A) -2,25 dptr B) 2,25 dptr C) -6,25 dptr D) 6,25 dptr
18. Molekulalarning o`rtacha kvadratik tezligi 500 m/s bo`lgan 20 g massali bir atomli gazning ichki energiyasi necha joul bo`ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |