Gidroksil va korbonil tutgan guruxi tutgan birikmalarning IQ spektori Har bir tebranish modasi molekulaning hamma yoki bir qism atomlarini shu harakatga jalb qiladi, lekin tebranishning ba’zi xilida hamma atomlar taqriban bir xil masofaga siljiydi, boshqa xilida esa atomlarning kichkina guruhsi boshqalariga nisbatan ancha ko’p siljiydi. Mana shu belgiga qarab normal tebranishlarni ikkiga ya’ni molekula gavdasining (skletining) tebranishlari va xarakteristik (funksional) guruhlarning tebranishlariga ajratish mumkin. Molekulaning gavdasi tebranganda uning hamma atomlari bu tebranishda bir xilda qatnashadi, xarakteristik guruh tebranganda esa molekulaning bir guruh atomlari harakatga keladi. Bu tebranishlarni alohida-alohida qaraymiz. Molekula gavdasi tebranishlarining chastotasi odatda, 1400 - 700 sm-1 oraliqqa to’g’ri keladi va molekuladagi chiziqli hamda tarmoqlangan zanjirli strukturaga (tuzilishga) tegishlidir. Masalan, quyidagi har bir guruh (gavda, sklet) bir nechta tebranish turiga ega va ularga mos ravishda spektrning infraqizil sohasida bir nechta yutilish polosasi ko’rinadi. Molekula tarkibiga kiruvchi ba’zi atom gruppalarining o ’ziga xos, xarakterli
tebranishga ega bo’lishi molekulaning tarkibini o’rganishda IQ yutilish
spektrlaridan foydalanish imkonini beradi Umumiy holda IQ spektrlari orqali
molekulaning tarkibini tahlil qilish uning spektrida ba’zi atom gruppalariga
tegishli yutilish polosalarining bor yo’qligini aniqlash va ulami qo’shni gruppalaming ta’siri ostida u yoki bu tomonga siljishini o’rganish orqali amalga
oshiriladi.
Bu ishda tarkibida OH va COOH atom gruppalari bo’lgan organik moddaning IQ yutilish spektrini o’lchash va spektrda bu tebranishlarga tegishli yutilish polosalarining chastotalarini topish tavsiya qilinadi.
IQ spektorni ko’rganda manashu spektrda korbonil guruh signali borligini bittada aniqlash juda ham oson. Chunki korbonil guruhda bilamizki kislorod uglerodga qaraganda elektromanfiyligi yuqori bo’ladi. Dipol yuqori bo’lganligi sabab signal intensivligi ham yuqori bo’ladi. Bu intensivlik to’lqin soni 1715 qiymatga to’g’ri keladi deb bemalol aytish mumkin. Albatta aniq son aytilmaydi ammo shu qiymat yon verida korbonil guruh ko’rish mumkin. O’rinbosarga bog’langan turli moddalar ham signal o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Gidroksil tutgan birikmalarning ko’rinish chastotasi 2-5 oralig’ida bo’ladi. Chunki gidroksil guruhda vodorod bog’lanish bo’lganligi sababli aniq bir joyda deb aytib bo’lmaydi.