Tayanch atama va iboralar. jenshen, levziya, radiola, xitoy limonniki, exinoponakis
Nazariy qism
Bu guruhga har xil o`simliklardan va hayvonlarning organlaridan olinadigan, tarkibiga bir necha xil modda aralashgan preparatlar kiradi. Ularning ko`pchiligi halq tabobati usuli bilan tayyorlangan va ishlatiladigan dorilardir. Ushbu preparatlar asosiy ta'sir mexanizmiga ko`ra, markaziy nerv tizimi faoliyatini qisman qo`zg`atib umumiy tonusni, quvvatni sezilarli darajada oshiradi, charchashni kamaytiradi, Yurak ishini rag`batlaydi, qon bosimini sezilarli darajada ko`taradi, ishtahani, aqliy va jismoniy qobiliyatni birmuncha yaxshilaydi, organizmning salbiy ta'sirlarga chidamliligini oshiradi. Dorilarning bunday ta'siri aytilgan a'zo va tizimlar faoliyati susaygan bo`lsa, ko`proq bilinadi.
Bu preparatlarning ta'sir mexanizmi yaxshi o`rganilmagan. Lekin shuni aytish kerakki, bu erda endokrin tizimining faoliyati oshishi katta ahamiyatga ega bo`lsa kerak. Dorilar aqliy va jismoniy charchashda, kam quvvatlikda, gipotoniyada, impotentsiyada (erkaklik qobiliyatining sustlashishi) tavsiya etiladi.
Gipertoniyada, uyqusizlikda, umumiy qo`zg`alish bilan bog`liq hollarda tavsiya etilmaydi. Balog`atga etmagan yoshlarga berish mumkin emas.
Preparatlari:
Jenshen nastoykasi (Tinctura Gin-sengi). Tarkibida jenshen ildizi bor. 40 va 50 ml flakonda chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 15-25 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi.
Limonnik nastoykasi (Xitoy shizandrasi nastoykasi) (Tinctura Schizandrae). Tarkibida: sxizandrin, efir moylari, vitaminlar, organik kislotalar mavjud. 50 ml dan flakonda chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 20-25 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi.
Suyuq levzey ekstrakti (Extractum Leuzeae fluidum). Tarkibida efir moylari, qatronlar, organik kislota tuzlari mavjud. Buyurilishi: ovqatdan oldin 20-30 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi.
Zamanixa nastoykasi. Exinopanaks nastoykasi (Extractum Echinopanacis). Tarkibida alkaloidlar, glikozidlar, efir moyi mavjud. 50 ml dan flakonda chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 30 -40 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi.
Pantokrin (Pantocrinum). Tarkibida kiyik shoxining spirtli-suvli ekstrakti mavjud. 30-50 ml dan flakonda; 1 ml dan ampulada; 0, 15 g dan tabletka shaklida chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan 30 daqiqa oldin 30-40 tomchidan kuniga 2-4 marta ichiladi; 1-2 ml dan kuniga teri ostiga yoki mushak orasiga yuboriladi.
Eleuterokokkning suyuq ekstrakti (Extractum Eleutherococci fluidum). Tarkibida kumarin unumlari mavjud. 50 ml dan flakonda chiqariladi. Buyurilishi: ovqatdan oldin 20-40 tomchidan kuniga 3 marta ichiladi.
Rodiolaning suyuq ekstrakti (Ext. Rhodiolae fluidum). o`simlik ildizi sariq rangda bo`lgani uchun halq tabobatida «Oltin ildiz» deb yuritiladi. Uning suyuq ekstrakti quvvatni oshiruvchi, bardamlik beruvchi, charchashni yo`qotuvchi dori sifatida 30-40 tomchidan kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin ichiladi. Flakonda 30 ml dan chiqariladi.
Bu guruhga har xil o'simliklardan va xayvonlar organlaridan olinadigan, tarkibida bir necha modda aralashgan kompleks preparatlar kiradi. Ularning ko'pchiligi xalq tabobat usuli bo'yicha tayyorlangan va ishlatiladigan dorilardir. Ushbu preparatlarni asosiy ta'siri markaziy nerv sistemasi faoliyatini qisman qo'zg'otib umumiy tonusni, quvvatni sezilarli oshiradi, charchashni kamaytiradi, Yurak ishini stimullaydi, qon bosimini sezilarli ko'taradi, ishtaxani, aqliy va jismoniy qobiliyatni birmuncha yaxshilaydi, organizmni salbiy ta'sirga chidamligini oshiradi. Dorilarni bunday ta'siri aytilgan organ va sistemalarni faoliyati susaygan bo'lsa ko'proq bilinadi. Bu preparatlarni ta'sir mexanizmi yaxshi o'rganilmagan. Lekin shuni aytish kerakki, bu yerda endokrin sistemasining faoliyatini oshishi katta axamiyatga ega bo'lsa kerak. Dorilar aqliy va jismoniy charchashda, kam quvvatlikda, gipotoniyada, impotensiyada (erkaklik qobiliyatini suslashishi) tavsiya etiladi.
Gipertoniyada, uyqusizlikda, umumiy qo'zg'olish bilan boradigan xollarda tavsiya etilmaydi. Balog'atga yetmagan yoshlarga berish mumkin emas.
Oddiy jenshen. Jenshen obiknovenniy (Panax ginseng S.A. Meu)
Oddiy jenshen (Panax ginseng) ko'p yillik, bo'yi 30-70 sm ga yetadigan o't o'simlik. Uzoq Sharqda, Xitoy, Koreya, Yaponiyada o'sadi va o'stiriladi. O'simlik ildizida triterpen saponinlar, ginzenin birikmalari, organik kislotalar, alkaloidlar, qand moddalar, efir moyi, vitaminlar, mikroelementlar va boshqa moddalar bor. Ildizining efir moyi tarkibida seskviterpen birikmalar uchraydi.
Jenshenning asosiy farmakologik ta'siri MNS iga qaratilgan bo'lib, uning faoliyatini jonlantiradi-tonusni oshiradi. Ushbu o'simlikdan tayyorlangan dori preparatlari (tindirma, kukun va draje) qadim zomonlardan beri xalq tabobatida ishlatib kelinadi. Uning tarixi juda boy. Keyingi 50-60 yil davomida jenshen farmakologlar tomonidan o'rganiliyapti. U ayrim analeptiklar (kofein, kamfora, pirotoksin, fenamin) ta'sirini kuchaytiradi, uxlatuvchi va narkotiklar ta'sirini esa sindiradi. Uning MNS iga qo'zg'otuvchi ta'siri qo'zg'olish jarayonini bosh va o'zak miya po'stloq neyronlarida ortishi va reflektor faoliyatini tezlashishi bilan tushintiriladi. Natijada charchoqlik yo'qolib bardamlik seziladi, quvvat oshadi, aqliy va jismoniy qobiliyat yaxshilanadi. Yurak faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi, qon bosimini qisman ko'taradi. Miya qon tomirlarini kengaytiradi, qon aylanishini jonlantiradi, gemopoezni qisman yaxshilaydi. Boshqacha aytganda jenshenning ta'sir doirasi keng va murakkabdir. Uning bunday ta'sirida endokrin bezlar faoliyatini oshishi alohida o'rin egallaydi. Nuklein kislotalar (RNK, DNK) sintezini kuchaytirish, siklik AMF ining oshirishi, kortikosteroidlarni qonda ortishi aniqlangan. Organizmni turli sharoitga moslashishi oshadi.
Shularni xisobga olgan holda jenshenning galen preparatlari xar xil sabablar bo'yicha kam quvvatlikda, astenik, astenodepressiv xolatlarda, psixoasteniya va isterik reaksiyalarda, impotensiyada, gipotoniyada va boshqa xolatlarda tavsiya etiladi.
Uning quyidagi preparatlari Ma'lum: jenshen nastoykasi (Tinctura Ginseng). 15-20 tomchidan ovqatdan oldin, kuniga 3 marta ichiladi. Kukun tabletkasi 0,15-0,3 g dan kuniga 3 marta beriladi.
Baland exinopanaks. Zamanixa visokaya (YEchinopanax yelatum Nakai)
Baland exinopanaks bo'yi 1m gacha tikonli bo'ta. Uzoq Sharqda o'sadi. O'simliklarning hamma qismida saponinlar, efir moy (bargida 0,5% poyasida 2%), alkaloidlar, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. O'simlik ildiz va ildizpoya qismidan tayyorlangan nastoykasi o'zining farmakologik ta'siri bo'yicha jenshenga o'xshaydi, lekin ta'sir kuchi sustroqdir. Ayrim ta'sirlari bo'yicha (uyqudan uyg'atish, diuretik) kuchliroq xisoblanadi. Ushbu preparat ham umumiy tonusni oshiradi, ayniqsa asteniya, depressiv va gipotoniya xolatlarda qo'l keladi. Qandli diabet xastaligida bo'ladigan adinamiyada preparat yaxshi samara beradi. Exinopanaks nastoykasi 30 - 40 tomchidan ovqatdan oldin kuniga 2-3 marta 25-30 kun davomida qabul qilinadi.
Manchjuriya araliyasi. Araliya manchjurskaya (Aralia mandshurica Rupr.et Maxim.)
Bo'yi 5 m ga yetadigan tikonli daraxt. Primorsk va Xabarovsk o'lkalarida va Amursk viloyatlarida o'sadi. Ildizi tarkibida saponinlar, efir moyi, smolalar va aralin alkaloidi saqlanadi.
Galen preparati farmakologik ta'siri bo'yicha jenshenga yaqin turadi-umumiy tonusni oshiradi, kardiotonik, antistresslik ta'siri bor, lekin ta'sir kuchi sezilarli kamroq. Qo'yidagi preparatlari Ma'lum:
Araliya nastoykasi (Tinctura Araliae). 30-40 tomchidan kuniga 2-3 marta ichiladi.
Saparal - araliyaning ildizidan olingan saponinlar yig'indisi triterpen glikozidlar saqlagan preparat. Tabletka xolida 0,05 g dan chiqariladi. 1 tabletkadan 2-3 marta ichiladi.
Maxsarsimon levzeya. Levzeya saflorovidnaya (Leuzea sarthamoides (Willd).D S).
Ko'p yillik, bo'yi 50-80 sm yetadigan o't o'simlik. Asosan sharqiy Qozog'iston, Sibirda o'sadi va boshqa yerlarda o'stiriladi. Ildizpoya va ildizidan tayyorlangan ekstrakti MNSga jonlantiruvchi ta'sir qilib, uyquni qochiradi, umumiy tonusni, ish qobiliyatini yaxshilaydi, charchashni kamaytiradi va kishini bardam qiladi. Preparatlaridan levzeyaning suyuq ekstrakti (1:1) 70-500 spirtda tayyorlanadi va 20-30 tomchidan kuniga uch maxal ovqatdan oldin ichiladi. 40 ml dan flakonlarda chiqariladi.
Xitoy sxizandrasi (limonnigi). Limonnik kitayskiy (Schizandra chinensis (Turck.)
Baill.)
Bo'yi 10-15 sm cha, yo'g'onligi 1-1,5 sm ga yetadigan ikki uyli liana o'simligidir.
O'simlikning poyasi va bargi limon xidli. O'simlikning urug'i va mevasidan tayyorlangan preparatlar tibbiyot amaliyotida ishlatiladi. Mevasida 10-11% limon, 7-8% olma va 0,8% vino kislota, 350-380 mg% S vitamin , 0,3% efir moyi va 5,7% dibenzotsiklooktodein unumlari bo'lgan lignanlar - cxizandrin, sxizandrol va boshqalar bor.
Galen preparatlari (damlama, nastoyka) qon bosimini ko'taradi, Yurak urushini sekinlashtiradi, qisqarishini oshiradi, nafasni tezlashtiradi, xarakatlanish va orqa miya reflekslarini jonlantiradi. Shu sababdan ular asteniya va astenodepressiv xolatlarda, psixoasteniyada, kam quvvatlikda, gipodinamiyada beriladi. Preparatlari: mevasidan tayyorlangan nastoyka (Tinctura fructum Schizandrae (1:5), va suyuq ekstrakti (Extr. Schizandrae fluidum) (1:3) 20-30 tomchidan noxorda yoki ovqatdan 4 soat keyin kuniga 2-3 marta 20-25 kun davomida ichiladi. Flakonda 50 ml dan chiqariladi.
Pushti rodiola. Rodiola rozovaya (Rhodiola rosea L.)
Ko'p yillik, bo'yi 30-50 sm ga yetadigan, o't o'simlik. Tundrada, Sibirda, Uzoq Sharqda, Sharqiy Qozog'istonda o'sadi. Ildiz tarkibida 0,5-1,3% glikozid- rodiolozid va boshqa glikozidlar, antratsen unumlari, oshlovchi moddalar, efir moyi, flavonoidlar va boshqalar bor.
O'simlik preparatlari aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, uyquni qochiradi, organizmni chidamligini yaxshilaydi, umumiy tonusni jonlantiradi. Kichik dozada N - xolinolitiklik, katta dozada esa M-xolino va adrenolitiklik xossaga ega. O'simlik preparatlari nevrozda, gipotoniyada, astenik xolatida tavsiya etiladi. Preparatlari: Radiolaning suyuq ekstrakti (Extractum Rhodiolaye fluidum) 5-10 tomchidan kuniga 2-3 marta ovqatdan 15-30 daqiqa oldin ichiladi. Flakonda 30 ml dan chiqariladi.
VII. MUSTAQIL TA'LIM MAVZULAR
Do'stlaringiz bilan baham: |