Fitopreparatlar va ularning qo’llanilishi



Download 19,29 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi19,29 Kb.
#378876
Bog'liq
FITOPREPARATLAR VA ULARNING QO’LLANILISHI


FITOPREPARATLAR VA ULARNING QO’LLANILISHI
Qadimdan insoniyat O’simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalanib keladi.

Dorivor o’simliklar to’risidagi ma‘lumotlar avloddan-avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og’zaki tarqalgan.

Davlatlar o’rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar o’rnatilgandan so’ng, yana shu davlatlarda boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor o’simliklar xisobiga dorivor o’simliklar maxsulotining turi ko’payib bordi. YOzuv paydo bo’lganidan keyin dorivor o’simliklar tu\risidagi ma‘lumotlar yozma ravishda tarqala boshladi.

Bu fan tarixi ilm-fan taraqqiy topgan davrdan boshlanadi.

Qazilmalarda suriya shoxi Assurbaninal kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan

yozilgan 22000 jadval topilgan, shundan 33 tasida dorivor maxsulotlar qayd qilingan.

Xozirga qadar saqlanib qolgan dorivor o’simliklar xaqidagi ma‘lumotlar asosan

qadimiy yunon adabiyotlarida uchraydi.

Buqrot (Gippokrat) bemorlarni parxez ovqatlar bilan davolagan. U yozgan

kitoblarda dorivor o’simliklarning 236 turi ta‘riflangan.

Arastu va uning shogirdi Tlofrast ko’pgina o’simlik turlarini ta‘riflash bilan birga ularning foydali xususiyatlarini xam ko’rsatib o’tishgan.

Qo’xna Rimda Galen farmatsevt va tibbiyot soxasida bir qancha kitoblar yozgan. U

o’z kitoblarida 304 ta dorivor o’simlik, 80 ta xayvon va 60 ta mineral moddadan

olinadigan dorilarni ta‘riflagan va dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo’lib

taklif etadi. Bu dorilar xozirgi kunda xam "Galen preparatlari" nomi bilan yuritiladi.

Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda qadimdan bemorlarni asosan

dorivor o’simliklar bilan davolab kelingan. Xindiston, Tibet, Xitoy va Arab tibbiyotlarida ishlatiladigan dorivor o’simliklar ayniqsa diqqatga sazovor.

Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan o’simliklar, xayvon

maxsulotlari va mineral moddalarni bir tizimga solishda arab shtfokorlarining xizmati katta bo’ldi. Ular tibbiyot soxasida yozilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish bilan birga qayta nashrdan chiqardilar xamda Xindistondagi dorivor maxsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida qo’llay boshladilar. O’z davrining mashxur tabiblari bo’lmish buxorolik Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik Abu Abdullox Muxammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Bakir

Muxammad Ibn Zakaril Ar-Rozi, Abu Rayxon Muxammad Ibn Axmad al-Beruniy, arab Muxammadxon o’g’li Abdulqozixon, Ibn Baytar va boshqalarni butun dunyo taniydi.

Mashxur xakim Abu Ali Ibn Sino 1020 yilda 5 jildlik "Alqonun" ("Tibbiyot

qonunlari") kitobini yozadi. Bu kitobning II jildi oddiy, V jildi esa murakkab dorilarga bag’ishlangan bo’lib, kitobning II jildida o’sha zamonda tibbiyotda ishlatiladigan 811 ta dorivor o’simliklar, ulardan va xayvonlardan olingan maxsulotlar xamda mineral dorivor vositalar ta‘riflangan. Kitobda keltirilgan dorivor o’simliklar soni 500 tadan, o’simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40 tadan oshadi. "Al-qonun" ko’pgina Ovrupa tillariga tarjima qilingan bo’lib, faqat lotin tilining o’zida 16 marta chop etilgan.

XVI asrgacha Ovrupo shifokorlari undan qo’llanma sifatida foydalanganlar. Osiyo mamlakatlarida ayniqsa tabobatda va an‘anaviy tibbiyotda xozirda xam "Al-qonun"dan keng foydalanilmokda.

Qomuschi olim Abu Rayxon Beruniy umrining oxirgi yillarida kitob as-saydano

fitopreparatlar tibbiyotini" ya‘ni "Tibbiyotda farmakognoziya" asarini yaratdi. Bu asarda o’sha davrning sharq tibbiyotida qo’llaniladigan 674 ta dorivor o’simlik va 90 ta o’simlik maxsulotlari tug’risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, "Saydana" da yana 104 ta xayvonlardan olingan maxsulotlar xamda shu vaqtgacha to’g’ri aniqlanmagan 113 ta dorivor o’simliklar xaqida ma‘lumotlar bor.

XX asrlargacha G’arbiy Ovrupo davlatlari dorixonalarida maxalliy dorivor

o’simliklar bilan bir qatorda Xindiston, Afrika, Amerika, Avstraliya va boshqa joylardan keltirilgan maxsulotlar xam bo’lar edi.

Rossiya bilan g’arbiy Ovrupo davlatlari o’rtasida aloqa o’rnatilgandan so’ng XVI asrda Moskvada birinchi dorixona ochiladi. Dorixonadagi dorilarning deyarli xammasi g’arbiy Ovrupodan keltirilgan bo’lib, u erda chet eldan kelgan kishilar xizmat qilardi.

Dorivor o’simliklarni ekish va yig’ish ishlariga Petr I juda katta axamiyat beradi.

1701 yilda Moskvada 8ta dorixona ochish xaqida buyruq chiqadi. Ana shu dorixonalarni dorilar bilan ta‘minlash uchun Rossiyaning turli tumanlaridan dori maxsulotlari keltirila boshlandi. Keyinchalik qozon, Novgorod, Lubna va boshqa shaxarlarda xam dorixonalar ochildi.

Sobiq Ittifoq florasidagi tarkibida alkaloidlar bo’lgan o’simliklarni tekshirish ishi akademik A.T.Orexov raxbarligida boshlangan. O’zbekistonda esa bu ishlar akademiklardan O.S.Sodikov va S.YU.YUnusovlar xamda ularning shogirdlari tomonidan keng ko’lamda davom ettirilmokda.

Professorlar F.A.Satsinerov, A.F.Gamlirman va I.A.Muravyovlar dorivor

maxsulotlar sifatini yaxshilash soxasida katta xizmat qilishdi.

Mamlakatimizda bu fanini o’qitish va mutaxassislar tayyorlash ishi keng yulga

qo’yildi. Bu soxada A.S.Ginzberg, Z.Salimov, B.Zaxarov, S.Minina, X.X. Xolmatov, Xn.M.Komilov, M.U.Usubboev va boshqa olimlarning xizmati katta bo’ldi.
Tabiatda birinchi paydo bo’lgan tirik jonzot xastalikka uchraganda davosini atrof-muxitdagi o’simliklardan topgan. Tabobat paydo bo’lgandan boshlab odamlar dorivor o’simliklarni turli xastaliklar uchun xar xil usullarda ishlatib kelganlar. Zamonaviy fizik-kimyoviy usullar rivojlana boshlashi bilan o’simliklar kimyosi va farmakologiyasining muvoffaqiyatlari natijasida ba‘zi o’simliklarni shifobaxsh ekanligi aniqlandi. Botaniklar, kimyogarlar va farmakologlarning izlanishlari o’simlik tarkibida moddalarning xar xil

sinflaridan (alkaloidlar, glikozidlar, flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar va boshqalar) qimmatbaxo dori vositalarni ajratib olish imkoniyatiga ega bo’lishdir. Bu izlanishlar natijasida fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani vujudga keldi.

Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasi fani o’simliklar kimyosini va

O’simliklardan olinadigan dorivor maxsulotlarni analiz qilish usullari va ularni sanoatda olinish texnologiyalarini o’rgatadi.

Fitopreparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab va ko’p bosqichlidir.

O’simlik tarkibining murakkabligi va kimyoviy tarkibining xar xilligi, o’simlik xom ashyosini sifatini aniqlashda qiyinchilik tu\diradi.

Xozirgi davrda tabobatimizda keng tarqalgan va o\ir kasalliklarni davolash uchun o’simliklardan tayyorlangan yangi dorivor preparatlar zarurdir. Buning uchun shu O’simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo’lgan qismlaridan - ya‘ni ba‘zi o’simliklarning er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba‘zilarining esa er ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug’,

Po’stloq yoki o’t o’simliklarning butunlay er ustki qismi-o’ti) foydalaniladi.

Fitopreparatlar kimyosi va texnologiyasining tibbiyotdagi axamiyati kattadir.

CHunki kimyo fanining ayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada taraqqiy qilishiga va ko’plab kuchli ta‘sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo’li bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor preparatlarning 40% ga yaqini o’simliklardan olinadi.



Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolash soxasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ni tashkil qiladi. Kelajakda tibbiyotda dorivor o’simliklar va ulardan olinadigan dorivor preparatlarni yanada ko’proq ishlatish rejalashtirilmoqda.

Dorivor o’simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga tibbiyot soxasida bo’lgan talabning ortib borishiga asosiy sabab sintez yo’li bilan olingan xar bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste‘mol qilish inson va xayvon organizmida turli noxush o’zgarishlarni yuzaga keltirishidir. SHunga ko’ra so’nggi vaqtlarda butun dunyoda o’simlik dorivor preparatlariga - fitopreparatlarga va dorivor o’simliklarga extiyoj ortmoqda. Bu esa o’z navbatida fanning axamiyatini yanada ortishiga olib keladi.
Download 19,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish