Antratsen unumlarining tasnifi.
Antratsen yadrosining oksidlangan darajasiga karab uning unumlari 2 guruxga
bo‗linadi:
I. Oksidlangan turi (anraxinon unumlari).
Bu guruxga, xrizatsin va alizarin
unumlari kiradi.
1. Xrizatsin (1,8 dioksi antroxinon) unumlari: rein, xrizofanol va boshkalar.
2. Emodinlar — xrizatsinning metil va oksi unumlari. Ular antraxinon unumlarining
eng muxim birikmalari bo‗lib, ko‗p dorivor o‗simliklarda sof va glikozidlar xolatida
uchraydi va ularning surgi sifatida ta‘sir ko‗rsatuvchi asosiy kismi xisoblanadi.
Emodinlarga aloy-emodin (1,8-oksi-3-oksimetilantraxinon) frangula-emodin (3-
metil-1, 6, 8-trioksiantraxinon), fission (3-metil-6-metoksi-1, 8-dioksiantraxinon) va
boshkalar kiradi.
3. Alizarin (1, 2-dioksiantraxinon) unumlari. Bu guruxga ro‗yandoshlar oilalarining
vakillarida ko‗p uchraydigan alizarin (1, 2-dioksiantraxinon) va uning glikozidi ruberitrin
kislota, purpurin (1,2,4-trioksiantraxinon) va boshkalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |