Platifillin gidrotartrat - poroshok, tabletka va 0,2-0,5% li eritma xolida xamda 0,2%
li eritmasi ampulada chiqariladi. Platifillin gidrotartrat terafillin, palyufin, plavefin
preparatlari tarkibiga kiradi.
+izilcha (Efedra) -
Eph
e
dra
- o‗simligida 0,6-3,2% alkaloid bo‗ladi. Alkaloidlar
yi\indisining taxminan 90%
ini efedrin, qolgan qismini esa psevdoefedrin va metilefedrin
alkaloidlari tashkil etadi.
Efedrin kishi organizmiga adrenalinga o‗xshash ta‘sir qiladi (sinaptik nervlarni
qo‗z\atadi, qorin bo‗shli\i va teridagi qon tomirlarni nixoyatda toraytiradi). U adrenalindan
asosan kam zaxarliligi, sekin, lekin uzoq ta‘sir qilishi bilan farq qiladi.
Efedrin ko‗p qon yuqotilishi natijasida yuz bergan kollaps holatida, qon bosimi
pasayganda, miasteniya,
allergik bronxial astma, vazomotor tumov va boshqa kasalliklarda
ishlatiladi.
Bundan tashqari, efedrin alkaloidi morfin, skopolamin va gangliomitiklar bilan
zaxarlanganda qam qo‗llaniladi.
Efedrin gidroxloril kukun, tabletka va ampuladagi eritma xolida chiqariladi. Efedrin
gidroxlorid turli kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Meksika bangidevonasi -
Datura inno
x
ia Mill
- o‗simligining
tarkibida asosiy
alkaloidi skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38-0,55% va urug‗ida 0,31-0,77% gacha alkoloid
mavjud
.
Skopalamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta‘sirga ega. SHuning uchun
skopolamin gidrobromid, ba‘zan xirurgik operatsiyadan oldin, markaziy nerv sistemasini
tinchlantirish uchun morfinga qo‗shib, teri ostiga yuboriladi hamda asab kasalliklarni
davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda
tinchlantiruvchi, kuchni to‗xtatuvchi vosita sifatida (aeron tarkibida) qo‗llaniladi.
Fizik-kimyoviy xossalari
Ko‗pchilik alkaloidlar rangsiz, optik faol (qutblangan nur tekisligini o\diruvchi),
xidsiz, achchiq mazali, uchmaydigan, qattiq, kristall yoki amorf modda.
SHu bilan birga
rangli (barberin to‗q sariq rangga bo‗yalgan), suyuq, xidli va uchuvchan (anabazin,
nikotin, koniin va boshqalar) alkaloidlar xam bo‗ladi.
Alkaloidlar molekulasida uglerod, vodorod va azot atomlari bo‗lishi kerak, kislorod
bo‗lishi shart emas. Odatda molekulasida kislorodsiz alkaloidlar ko‗pincha suyuq, xidli va
uchuvchan, kislorodlilari esa xidsiz, uchmaydigan, kristall modda bo‗ladi.
O‗simliklar tarkibida alkaloidlar 3 xil ko‗rinishda uchraydi:
1. Sof (asos) xolida
2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar - tuzlar holida.
3. Azot atomi bo‗yicha oksidlangan
N
-oksid shaklida.
O‗simlik to‗qimasida alkaloidlar ko‗pincha organik (oksalat, olma, limon, vino),
mineral (sulfat, fosfat va boshqalar) va ba‘zan o‗simliklarning o‗ziga xos (likon, xin,
xilidon) kislotalar bilan birikkan tuzlar holida uchraydi.
Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi.
Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari - alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi
eriydi, ammo organik erituvchilarda erimaydi. Asos xamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda
bir xilda yaxshi eriydi. SHu bilan birga suvda va organik erituvchilarda
yaxshi eriydigan
sof alkaloidlar (sitizin, metilsitizin, kofein va boshqalar) hamda suvda yomon eriydigan
alkaloid tuzlari (xinin sulfat, tanin sulfat) ham uchraydi.
Alkaloidlar kislotalar bilan birikib, kristall holdagi tuzlar hosil qiladi.
Alkaloidlarning dissotsiatsiya konstantalari juda katta chegarada (1
10
-11
va undan
yuqori) bo‗ladi. SHuning uchun ular kislotalar bilan turli darajada tur\un bo‗lgan birikmali
tuzlar hosil qiladi. Kichik dissotsiatsiya konstantasiga ega bo‗lgan alkaloidlar (kofein,
kolxitsin) kislotalar ta‘sirida tur\un bo‗lmagan tuzlar beradi. Natijada
bu birikmalar suvli
eritmalarda tezda parchalanib ketadi.
Alkaloidlar juda kuchsiz asos xususiyatiga ega, shu sababli ular o‗z tuzlaridan boshqa asoslar (xatto natriy karbonat
yoki kaliy karbonat eritmalari ham) ta‘sirida osonlik bilan siqib chikariladi.
O‗simliklar tarkibida murakkab efirdan tashkil topgan alakaloidlar ham uchraydi.
Ular molekulasi kuchli ishqor va kislotalar ta‘sirida suvda eriydigan fenolit tipidagi
birikma hosil bo‗ladi. Alkaloidlarning bu xususiyatlari ularni analiz qilinayotganda
xisobga olinishi mumkin.
Miqdoriy va sifat taxlil
Do'stlaringiz bilan baham: