Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/88
Sana02.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#425710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88
Bog'liq
fitopreparatlar texnologiyasi

Reja: 1. 
Alkaloidlarni ochilishi, tarixi. 
2. 
Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor 
o‗simliklar tasnifi. 
3. 
Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari. 
4. 
Miqdoriy va sifat taxlili

5. 
Alkaloidlarni ajratish usullari. 
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma‘lumotlar 
O‗simliklar (qisman xayvon) to‗qimalarida tayyor xolda bo‗ladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik 
ta‘sirga ega bo‗lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha alqali ishqor va 
yunoncha eydos o‗xshash (simon) so‗zlaridan iborat bo‗lib, ishqorsimon birikma degan ma‘noni bildiradi. Bu 
alkoloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla o‗simligidan asos xossali 
birikma ajratib oldi va uni birinchi bo‗lib alkaloid deb atadi. 
Tarkibida alkaloid bo‗lgan o‗simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan 
taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o‗rganish va tekshirish soxasida ilmiy ishlar 
boshlandi. 1792 yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po‗stlo\i tarkibidagi alkaloidlarni 
tekshirdi va ularni mumsimon xolida ajratib oldi. 1797 yilda Bolee, 1804 yilda Derozi 


xamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va 
uni opiy tuzi deb atadi. SHunday bo‗lsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis 
dorixonachisi Sartyurner xisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall xolda alkaloid ajratib 
oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta qiziqish 
uy\otdi, chunki shu paytgacha o‗simlikda fakat nordon, yoki neytral xarakterga ega 
bo‗lgan moddalar bor deb o‗ylashgan, asosli xossaga ega bo‗lgan sintetik organik 
moddalar esa keyinroq (1848) ochilgan. 
YAngi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizqin ishlar boshlab yuborildi. Lekin o‗sha 
yillari (1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, shuning uchun 
alkaloidlar bilan tanishish yuzaki bo‗lib qoldi. Ularni yanada chuqurroq o‗rganish, 
strukturasini tuzish va sintez qilishga urinib ko‗rish keyingi davrda, aniqrog‗i o‗tgan asr 
oxirlariga to‗g‗ri keladi. Xozirgi kunda kimyoning bu bo‗limi yaxshi va tez 
rivojlanmokda. 
Kuyida keltirilgan jadvalda juda muxim alkaloidlarning ochilishi sanasi keltirilgan. 
Alkaloid nomi 
Ochilish 
yili 
Kim tomonidan ochilgan 
Morfin 
1806 
Sertyurner 
Xinin 
1820 
Kabentu 
Nikotin 
1828 
Paselt va Reymant 
Atropin 
1831 
Layn 
Kodein 
1832 
Robiks 
Okonitin 
1833 
Reychir va Resse 
Teofillin 
1842 
Voskresenskiy 
Garmin 
1847 
Fritge 
Kokain 
1860 
Niman 
Pilokarpin 
1875 
Ardi 
Efedrin 
1887 
Nagal 
Skopolamin 
1888 
SHmidt 
Ioximbin 
1896 
SHpigel 
Lobelin 
1921 
Viland 
Anabazin 
1926 
Orexov 
Salsolin 
1933 
Orexov va Preskurnina 
Paxikarpin 
1933 
Orexov, Robinovich, 
Kanovalova 
Platifillin 
1935 
Kanovalova va Orexov 
Sferofizin 
1944 
Rubinshteyn va Menshikov 
Alkaloidlar o‗simliklar dunyosida keng tarqalgan. quyidagi oilaning vakillari 
alkaloidlarga 
boy: 
lolaguldoshlar (l
iliaceae
); chuchmomadoshlar (amaryllida
cea
e); 
kendirdoshlar 
(arosupaseae); 
ayiqtovondoshlar 
(
Ranun
su
laceae
); 
ko‗knordoshlar 
(Rara
v
eraseae); dukkakdoshlar (Fabaseae); ituzumdoshlar (
Solan
aseae) va boshqalar. SHu 
davr ichida bugun er yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat 
birgina kendirdoshlar oilasiga 897 tasi to‗\ri keladi.
O‗simliklarning tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15%, ba‘zan 25% gacha 
alkaloidlar bo‗lishi mumkin. O‗simliklarda bir-biriga yaqin ko‗pgina alkaloid bo‗ladi.
Alkaloidlar uchun eng xarakterli bo‗lgan o‗rni o‗simlik organizmida tayyor xolda 
bo‗lishi va ular o‗simlikning xayot faoliyati natijasida xosil bo‗lishi. 


Alkaloidlar qimmatbaxo dorivor modda bo‗lganligi uchun uni o‗rganishga va 
kimyoviy strukturasini tuzishga qiziqish oshdi. Alkaloidlar strukturasini o‗rganish bizlarga 
bir qator izlanishlarni olib borishga va shu bilan birga yangi dorivor preparatlarni olishga 
olib keladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish