aksirtiradi. Ular iste‘mol qilinganida ichki sekretsiya bezlarining
suyuqlik ajratish
qobiliyati kuchayadi. +on eritrotsitlarini eritish saponinlarning eng muhim va o‗ziga xos
xususiyatlaridan biridir. SHuning uchun saponi eritmasini venaga yuborish mumkin emas.
Aks holda eritrotsitlarni eritib yuborishi mumkin. Iste‘mol qilingan ba‘zi saponinlar
kuchli zahar sifatida ta‘sir qilishi mumkin. Zaharli saponinlar sapotoksinlar deb ataladi.
Saponinlar tasnifi.
Saponinlar aglikonlarining kimyoviy tuzilishiga qarab ikki guruhga bo‗linadi.
1. Sapogeninlari triterpenlarning unumlari bo‘lgan (pentatsiklik va tetratsiklik
birikmalar) saponinlar.
Triterpen saponinlarning suvdagi eritmasi aksariyat kislotali sharoitga ega.
Triterpen pentatsiklik saponinlarning aglikoni sifatida ko‗p o‗simliklarda
uchraydigan oleanol, ursol, glitsirretin kislotalar boshqalar, triterpen tetratsiklik
saponinlarga jenshenda uchraydigan panaksodiol va panaksotriollar misol bo‗la oladi.
2. Sapogeninlari siklopentanpergidrofenantrenning unumlari (steroid birikmalar)
bo‘lgan saponinlar.
Steroid saponinlarning suvdagi eritmasi neytral reaksiyali bo‗ladi.
Steroid saponinlar tabiatda triterpen saponinlarga nisbatan kamroq tarqalgan
bo‗lsada, ular ko‗proq va ancha chuqur o‗rganilgan. Steroid saponinlarga misol qilib
angishvonagul o‗simligining saponinlaridan tigonin (sapogenini - tigogenin) va digitonin
(sapogenini - digitogenin), dioskoreya o‗simligi saponinlaridan diossin (sapogenini -
diogenin) va boshqalarni ko‗rsatish mumkin.Saponinlar aglikoni —
sapogeninlarga qand
qismi odatda uchinchi uglerod atomidagi gidroksil orqali birikadi. Lekin boshqa uglerod
atomlariga joylashgan gidroksil guruhlar, ba‘zan bir vaqtda ikkita uglerod atomiga
joylashgan ayrim-ayrim gidroksil guruhlar orqali ham qand qoldiqlari sapogenin skeletiga
birikishi mumkin. Saponinlar molekulasi tarkibida qand qismi sifatida ko‗pincha D -
glyukoza, D - galaktoza, D - ksiloza, L - ramnoza,
L - arabinoza, L - fukoza va boshqa
monosaxaridlar hamda D - glyukuron va D - galakturon kislotalari uchraydi. Bularning
saponinlar molekulasidagi miqdori 1 tadan 10 tagacha va undan ortiq monosaxaridlar
birlashmasidan tashkil topgan bo‗lishi mumkin.
Tarkibida triterpen saponinlar bo‘lgan o‘simliklar:
O‘simlikning o‘zbekcha
va lotincha nomi
O‘simlikning oilasi
Usimlikning ishlatiladigan
organi
Tuksiz (oddiy) qizilmiya
(chuchukmiya,
shirinmiya) —
Glycyrrhiza glabra L.
Dukkakdoshlar —
Fabaceae
oilasi
qizilmiya o‗simligining
ildizi
— Radix glycyrrhizae (Radix
liquiritiae)
Zangori polemonium —
Polemonium coeruleum
L.
Polemoniyadoshlar —
Polemoniaceae oilasi
Polemonium o‗simligining
ildizpoyasi bilan ildizi —
Rhizoma cum radicibus
polemonii
Haqiqiy jenshen —
Panax ginsen C.A.Mey.
Araliyadoshlar —
Araliaceae oilasi
Jenshen o‗simligining ildizi
— Radix ginseng
Baland (Man‘chjuriya)
araliya — Ar
alia elata
(Miq.) Seem.
Araliyadoshlar —
Araliaceae oilasi
Araliya o‗simligining ildizi —
Radix araliae anshuricae
Baland Exinopanaks —
Echinopanax elatum
Nakai.
Araliyadoshlar —
Araliaceae oilasi
Exinopanaks o‗simligining
ildizpoyasi — Rhizoma
echinopanacis
Sertuk gulli astragal —
Dukkakdoshlar —
Astragal o‗simligining er
Astragalus dasyantus
Pall.
Fabaceae oilasi
ustki qismi — Herba astragali
dasyanthi
Torbargli poligala —
Polygala tenuifolia
Willd., Sibir poligalasi —
Polygala sibirica L.
Poligaladoshlar –
Polygalaseae oilasi
Poligala o‗simligining ildizi
— Radix polygalae
To‗pgulli sigirquyruq —
Verbascum densiflorum
Bertol.
Sigirquyruqdoshlar —
Scrophulariaceae oilasi
Sigirquyruq o‗simligining guli
— Flores verbasci
Oddiy soxtakashtan —
Aesulus hippocastanum
L.
Soxtakashtandoshlar —
Hippocastanaceae oilasi
Soxtakashtan o‗simligining
uru\i — Semen hippocastani
Ortosifon
(
buyrak
choy
)
—
Orthosiphon
stamineus Benth.
YAsnotkadoshlar
—
Lamiaceae (
labguldoshlar
—
Labiatae)
oilasi
Ortosifon
o‗simligining
bargi
—
Folium orthosiphonis
Kavkaz
yamsi
—
Dioscorea caucasica
Lipsky.,
Nippon
yamsi
(
ko‗p
shingilli
yams
)
—
Dioscorea nipponica
Maxim.
YAmsdoshlar —
Dioscoreaceae oilasi
YAms o‗simligining
ildizpoyasi va ildizi —
Rhizoma et radix dioscoreae
Do'stlaringiz bilan baham: