Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан


Rutin olish texnologiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/70
Sana28.06.2022
Hajmi2,35 Mb.
#715648
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
Bog'liq
fitopreparatlar texnologiyasi 2

Rutin olish texnologiyasi. 
Hozirgi vaqtda tibbiyotda dori sifatida rutin, kvarsetin preparati keng 
qo‗llaniladi. 
Rutinni 1842 yilda birinchi marta nemis olimi Vays 
Ruta graveolens
o‗simligidan 
olgan bo‗lib, preparat shu o‗simlik nomi bilan yuritilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda rutinni 
o‗simlikning er ustki qismidan va yapon saforasining (
saphora japonica
) \unchasidan 
olinadi

Texnologiyasi. Hozirgi vaqtda rutin yapon saforasining g‗unchasini suvda qaynatib, 
so‗ngra spirtda qayta kristallab olinadi. Buning uchun yapon saforasining g‗unchalarini 
qaynoq suvda ekstraksiya qilinadi. 3 marta 1:8 nisbatda, 1-2 atmosfera bosimda, 130
O

temperaturada, so‗ngra qaynoq holda 2 qavat buz orq. g‗unchadan ekstraktni filtrlab 
ajratib olinadi. qaynoq holda filtrlanganda rutin suvda erigan holda bo‗ladi. qaynoq 
ekstraktni 18
0
S gacha sovitiladi, bunda rutin cho‗kmaga tushadi. Rutin bilan birgalikda 
boshqa suvga erib chiqishi mumkin bo‗lgan biologik fasl moddalar ham cho‗kmaga 
tushadi. CHo‗kmadagi rutinni buz orqali filtrlanadi. Filtrlab, yaxshilab oqava suvlarni 
rangi toza bo‗lguncha suv bilan yuviladi. YUvish jarayonida boshqa ekstrakt moddalar 
suvda erib o‗tadi va rutin tozalanadi. Toza yuvilgan nam rutin 80-85
O
S dan oshib ketsa, 
rutin parchalanib ketib, texnologik rutin olinadi. Texnologik rutinni olib, 1:30 nisbatda, 
konsentratsiyasi 85 dan past bo‗lmagan etil spirtda 45 min davomida qaynatilib eritiladi. 
So‗ngra rutinni spirtli eritmasi sovutiladi. Sovutilganda rutin bilan spirtga erib chiqqan 
boshqa ekstraktiv moddalar cho‗kmaga tushadi. Sovuq spirtli eritmani filtr pressda texnik 
yod moddalardan tazalanadi (YOd moddalar texnik rutinni olish jarayonida filtrlash 
protsessini yomonligidan oralig‗ida o‗tib qolgan bo‗lishi mumkin). Spirtli eritmani 
xaydash apparatiga o‗tkazib eritmadan spirt-suvli rutin qolguncha haydaladi. Haydalgan 
spirtning konsentratsiyasi tekshirilib, qayta ishlatilib, yana texnik rutinni suvdan ajratish 
uchun sentrifugalanadi. Ajratilgan nam rutinga konsentratsiyasi 90 dan past bulmagan etil 
spirti qo‗shiladi. Bunda rutin unga qo‗shilib chiqqan boshqa flavonoidlar tozalanadi 
(kvarsetin, kinfirol va boshqalar) hosil bo‗lgan spirtli aralashmani 1 soatgacha qo‗yib 
so‗ngra sentrifugalanadi. Bunda spirtli eritma bo‗lgan rutin alohida ajratiladi. Spirtli 


eritmani haydash uchun apparatga yuboriladi. Rutin esa quritgichda 80-85
O
S da quritiladi. 
Tamom bo‗lgandan keyin, xom-ashyodan rutinni tarkibini spektrometrik analiz qilinadi.
Rutinning kim‘yoviy tuzilishi. 1927 yilda rutin A.Perkin tomonidan aniqlangan. 
Rutinning vitamin R tasirga ega ekanligi 1942 yilda aniqlangan. 1962 yilda rus olimi 
N.A.Preobrajenskiy o‗z ishchilari bilan birgalikda rutinni sintez yuli bilan olish usulini 
ishlab chiqishdi. Rutin kim‘yoviy tuzilishi jihatdan flavanolglikozidlar qatoriga kirib, 
uning tarkibi kvarsetin-aglikoni va D-glyukoza bilan va
l
-ramnozadan tashkil topgan 
disaxaridrutinozadan iborat. 
Rutin sof holda sarg‗ish - yashil, mayda kristall kukun bo‗lib, spirtda qiyin 
eriydi, suyultirilgan ishqorlarda eriydi, suv efir, xloroform va benzolda erimaydi. U 
183-194
0
S haroratda suyuqlanadi. 
Rutinning chinligini aniqlashda qizil rangli sianin xlorid hosil qilish reaksiyasidan 
foydalaniladi. Bunda preparatning spirtdagi eritmasiga konsentrlangan xlorid kislota 
ishtirokida rux yoki magniy qirindisi ta‘sir etirilsa, qizil rang paydo bo‗ladi. Bu rutinning 
chinligini aniqlashda asosiy reaksiya sifatida Davlat farmakopeyasiga kiritilgan bo‗lib, uni 
sianin reaksiyasi nomi bilan yuritiladi.
Reaksiyadan ko‗rinib turibdiki, sianin- moddasining hosil bo‗lishi 
flavonoidlardagi karbonil guruhi va 2,3 holatdagi qo‗shbo\li uglerodlarning 
vodorod ta‘sirida gidrirlanishi va so‗ngra esa degidridlanishi hisobigadir. 
Keyinchalik aralashmaga neytral muhitgacha natriy gidroksid eritmasi qo‗shilganda 
ranglanish kuchayib boradi. Bu sianin moddasining avval psevdoizomer, sungra esa 
oksixinon shakliga o‗tib ketishi natijasidadir, deb tushunish mumkin. 
Rutinning chinligini aniqlashdagi sianin xosil qilish reaksiyasi barcha 
flavonoidlarga xosdir. Ammo ularning kimyoviy tuzilishiga qarab rang ham har xil 
(oltinsimon sariq rangdan, to‗q qizil rangacha) bo‗ladi. 
Rutinning 1 mol
¦
l natriy gidroksiddagi eritmasi to‗q sariq rangga bo‗yaladi. Rang 
eritmaning turishi natijasida yana ham to‗qlashadi. Bu rutindagi geteratsiklik xalqaning 
"ochilib" xalqon - moddasiga o‗tishi natijasidadir. 
Ishqor ta‘sirida eritmada rangning to‗qlashib ketishi bu barcha polifenol 
xildagi flavonoidlarga hosdir. 
Rutinni xlorid kislota bilan qizdiridganda, u gidrolizlanib kversetin, glyukoza va 
ramnozalarga parchalanadi: 
Hosil bo‗lgan glyukoza va ramnozani aldegidlarga xos reaksiyalar yordamida 
aniqlash mumkin. Masalan, ularni kumush ko‗zgu hosil qilish yoki feling suyuqligidan 
qizil rangli cho‗kma holida mis-1-oksid ajratib chiqarishi reaksiyasidan foydalaniladi. 
Rutinning spirtdagi eritmasiga qo‗rg‗oshin atsetat qo‗shilsa, sariq ninasimon 
cho‗kma shaklida kompleks tuz hosil bo‗ladi. 
YUqorida keltirilgan reaksiyalardan tashqari, flavonoidlarni, jumladan rutinning 
chinligini aniqlashda yana bir qator boshqa reaksiyalar adabiyotda uchraydi. 
Rutinning miqdori Davlat farmakopeyasi buyicha spektrofotometrik usul yordamida 
aniqlanadi. Uni spirtdagi 0,00125% eritmasining optik zichligi 375 va 362,5 nm to‗lqin 
uzunligida o‗lchab aniqlanadi. 
Rutinning miqdorini tortma usulda xam aniqlash mumkin. Buning uchun 
preparatning ma‘lum miqdorini xlorid kislota ishtirokida qaynatib gidrolizlanadi. Bunda 
cho‗kma hamda ajralib chiqqan kversetinni yig‗ib olib yuviladi va quritib tortiladi. 
SHuningdek, rutinning miqdorini ishqor ta‘sirida uning sariq rangi to‗qlashib ketishidan 
foydalanib, fotokolorimetrik usul bo‗yicha aniqlanadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish