Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Soliq yukini kamaytirish – mamlakatimiz soliq siyosatining muhim yo‘nalishi



Download 2,49 Mb.
bet9/22
Sana24.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#507959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
24. fiskal siyosat

Soliq yukini kamaytirish – mamlakatimiz soliq siyosatining muhim yo‘nalishi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishning tadrijiy yo‘li tanlandi. Muhtaram Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlariga o‘tishning beshta tamoyili amaliyotga joriy etildi va u iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida o‘zining ijobiy natijasini berdi. Ta’kidlash joizki, ushbu besh tamoyil bugungi kunda dunyoning barcha davlatlari tomonidan "o‘zbek modeli" deb tan olindi.

“...Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim”.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bozor tamoyillariga to‘liq javob beradigan yangi soliq tizimi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksi qabul qilindi, soliqlarni boshqarishning zamonaviy usullari va mexanizmlari joriy etildi, soliq organlarining yaxlit tizimi yaratildi. O‘zbekistonda bugungi kunda olib borilayotgan soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq yukini yanada pasaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, aholining real daromadlari va ularning xarid qilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan.
Iqtisodiy o‘sishga erishish uchun avvalo, soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini optimallashtirish lozim. Chunki yuqori soliq stavkalari qo‘llanilishi korxonalarning moliyaviy imkoniyatlarini cheklashga olib keladi. Shu bois, muhtaram Prezidentimiz I.Karimov 2005 yilning 28 yanvarida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzalarida soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini engillashtirish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar. "Prinsipial muhim ustuvor vazifalardan biri - soliq siyosatini yanada takomillashtirish. Aytish joizki, yuqorida zikr etilgan ustuvor vazifalarning barchasi soliq siyosatimizni takomillashtirish bilan bevosita bog‘liqdir. “...Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim”.7
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratib kelindi. Bunda, birinchi navbatda, ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‘ini pasaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushining ko‘payishi evaziga ularning aylanma mablag‘lari miqdorini oshirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, uning samarador­li­gini oshirish maqsadida investitsiyalarni keng jalb etish, ishchi-xodimlar mehnati­ni yanada rag‘batlantirish imkoni yaratiladi.
O‘zbekistonda soliq yukini kamaytirishga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ish beruvchilar uchun ish haqi tarzidagi daromadlarga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov va boshqa shu kabi asosiy soliqlar stavkalarini kamaytirish, ayrim samarasiz soliqlar va yig‘imlarni bekor qilish yoki ularning soliq solish bazasini qisqartirish, shuningdek, iqtisodiyotning ayrim tarmoq va soha korxonalariga soliqlardan turli imtiyozlar berish orqali erishildi. Natijada soliq yuki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1991 yilda 41,2 foizni tashkil etgani holda 2000 yilda 27,9 foizni, 2015 yilda esa 20 foizni tashkil etdi (4-rasm). Boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olganda bu ko‘rsatkich 30-33 foizdan oshmaydi. Dunyo davlatlari soliq amaliyotida bu ko‘rsatkich normal holat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: "O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsada, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi".8




Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish