Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalarining



Download 2,49 Mb.
bet11/22
Sana24.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#507959
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
24. fiskal siyosat

Jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalarining
o‘zgarishi dinamikasi


Aytish mumkinki, ushbu soliqning umumiy stavkalari 1998 yilga nisbatan 2016 yilda ikki barobarga pasaytirilganligi bevosita aholining real daromadlari va xarid qobiliyatining oshishiga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga kiradigan yagona ijtimoiy to‘lov yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan qo‘llaniladi va u tegishli byudjetdan tashqari jamg‘armalarning daromad manbai hisoblanadi. YAgona ijtimoiy to‘lov stavkasi 1996 yilda 40 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, so‘nggi 2010-2016 yillarda bu to‘lovning bazaviy stavkasi 25 foizni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari asosida yagona ijtimoiy to‘lov mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari uchun 2015 yildan 15 foiz miqdorida amal qilib kelmoqda (7-rasm). Bu esa, kichik biznes sub’ektlarining ish haqi tarzidagi daromadlariga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov yukining qariyb 3 barobarga kamayishini ta’minladi. Mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining bunday keskin pasaytirilishi ularning ish haqiga doir soliq yukini maqsadli kamaytirish va mehnatga haq to‘lash miqdorini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.





Ish haqi tarzidagi daromadlarga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining
pasaytirilishi

Har qanday davlat iqtisodiy-ijtimoiy siyosat olib borishda aholining xarid qobiliyatini oshirish maqsadida aholi real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirib borish chorasini ko‘radi. O‘zbekistonda ham mustaqillik yillarida soliq siyosati oldiga qo‘yilgan ustuvor yo‘nalishlardan biri aholi daromadlarini muntazam ravishda oshirib borish hisoblandi.
Soliq ma’murchiligi – soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi sifatida. Mamlakatimizda soliq tizimini isloh qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir. Har bir mamlakatda ham ushbu maqsadga faqat izchil soliq ma’murchiligini amalga oshirish orqali erishiladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli kuchayib, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda soliq ma’murchiligi muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Zero mamlakatimiz Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, "Soliq siyosatining vazifasi - bir tomondan, byudjet daromadining barqaror safarbarligini ta’minlashdan, ikkinchi tomondan - korxonalarni respublika uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantirishdan iborat".9
Soliq siyosatining asosiy vazifasi oxir-oqibat iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilishi lozim. Aynan iqtisodiy o‘sishga erishilgandagina ishlab chiqarishni rivojlanishiga va uning samaradorligini ta’minlashga, aholining yashash darajasini oshishiga xizmat qiladi. SHu boisdan ham, bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq tizimi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda doimo takomillashib borilishi lozim.
Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yili davomida respublikamiz soliq tizimi tashkil etilib, rivojlanib, takomillashib bordi. Respublikamizda davlat soliq xizmati organlari faoliyati 1990 yilning 17 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Davlat moliya-soliq Bosh boshqarmasini tashkil qilish to‘g‘risida"gi 383-sonli Qarori qabul qilinganidan so‘ng, faollasha boshladi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining "O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida"gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat soliq idoralari to‘g‘risida”gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan so‘ng, davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi davlat soliq xizmati organlarining shakllanishi hamda faoliyat yuritishiga asos solindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat soliq Bosh boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirish to‘g‘risida"gi 1994 yil
18 yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat soliq Bosh boshqarmasi Davlat soliq qo‘mitasiga aylantirildi.




Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish