WinRar arxivlash dasturi
WinRar arxivlovchi dasturi RAR formatidagi arxiv fayllari hosil qiladi.
RAR formatidagi arxivning ustunlik tomonlari bir nechta bo’lib, ular birinchidan zichlash samaradorligi ancha yuqori, ikkinchidan ko’p tomli va uzuluksiz arxivlar hosil qila oladi, uchinchidan 8 Eksobaytgacha hajmli fayllarni xam arxivlash imkonini beradi.
Tom deb arxivning bir necha qismdan iborat bo’laklarga bo’linishiga aytiladi. Odatda tomlar katta xajmdagi arxivni bir necha disklarda saqlash uchun qo’llaniladi. Bu xolda birinchi tom odatdagidek .rar kengaytmali bo’ladi, qolganlari esa mos ravishda .r00, .r01, .r02 va xokazo. Tomlar xam uzuluksiz va xam o’zini-o’zi ochadigan ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Yaratilgan tomlarni o’zgartirish, ya’ni unga biror faylni qo’shish, yangilash yoki undan biror faylni o’chirish mumkin emas.
Fayl va papkalarni uzuluksiz arxivlash deganda, ularni faqat RAR formatida, maxsus usulda bitta ma’lumotlar ketma-ketligi sifatida qaralib zichlashtirishga aytiladi. Bu bilan zichlash samaradorligi ancha yuqori bo’lishiga erishiladi. Ammo bunday arxivlashning kamchiliklari xam bor, masalan:
ularni yangilash, yahni orasidagi biror faylni yangisi bilan almashtirish, oddiy arxivlashdan ko’ra sekinroq amalga oshiriladi;
biror faylni arxivdan chiqarish uchun barcha oldinroqda turganlari tekshirib chiqiladi, agar ulardan birortasi buzilgan bo’lsa, u xolda arxivdan umuman chiqarib bo’lmaydi;
Bunday arxivlash usulidan quyidagi xollarda foydalangan maqsadga muvofiq:
arxivni kamdan-kam yangilansa;
arxivdagi fayllardan bir yoki bir nechtasini tez-tez chiqarib turish zarurati bo’lmasa;
zichlash samaradorligi zichlash tezligidan muhimroq bo’lsa.
Bu arxivlovchi dastur xar ikkala formatda xam, kompyuterda WinRar arxivatori bo’lmasa xam o’zini-o’zi ocha oladigan SFX ko’rinishidagi .exe kengaytmali arxiv fayllari yaratish imkonini beradi. Shuning uchun uni to’g’ridan-to’g’ri ishga tushirish orqali ochish mumkin. Bu xolda barcha fayllar arxivdan chiqadi.
Bundan tashqari arxivlangan fayllarni parolg’ bilan himoyalab qo’yish, fizik buzilgan fayllarni qayta tiklash va boshqa ko’pgina amallarni bajarish imkonini yaratib beradi.
WinRar ni ishga tushirish uchun bir necha usullar mavjud bo’lib, ulardan biri bosh menyu orqali ikkinchisi kontekst menyusi orqalidir. Ularni xar birini aloxida ko’rib chiqamiz.
Bosh menyu orqali:
“Pusk”ga kirib “Vse programmq (yoki Programm)” bo’limini tanlaymiz, ochilgan ost menyudan “WinRar” bo’limini tanlaymiz so’ngra WinRar ni tanlash orqali dasturni ishga tushiramiz.
Ochilgan oynada arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar joylashgan xotira qurilmasi nomi va papka tanlanadi. Shundan so’ng papkadagi fayllar ro’yxatidan arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar ajratiladi va “Komand” menyusidan yoki kontekst menyudan “Dobavit fayl arxiv” buyrug’i tanlanadi yoki AltQA tugmachalar kombinatsiyasi bosiladi yoki uskunalar panelidagi “Dobavitg’” tugmasi bosilishi xam mumkin. Natijada navbatdagi “Imya i parametrq arxiva” nomli oyna ochilib unda arxivlanayotgan fayllar uchun umumiy nom va arxivlashning standart kattaliklari tavsiya etiladi.
Kontekst menyu orqali:
Arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar joylashgan papka ochiladi va undan arxivlanishi kerak bo’lgan fayllar ajratiladi. Ajratilgan fayllar ustida kontekst menyu ochilsa, unda arxiv fayli nomini tavsiya etilgan va nomni kiritish o’zingizga xavola qilingan ko’rinishlaridagi buyruqlar aks etadi. Keragini tanlasangiz WinRar ning “Imya i parametrq arxiva” nomli oynasi ochiladi va unda arxivlashning standart kattaliklari tavsiya etiladi.
“Imya i parametrq arxiva” nomli oynadagi kattaliklarning ayrimlari bilan tanishib olamiz.
“Umumiy” varaqchasida:
“Obzor…” tugmachasi yordamida, agar kerak bo’lsa, avvaldan mavjud bo’lgan arxiv faylini nomini tanlashimiz va u yerga ajratilgan fayllarni arxivlab qo’shib qo’yishimiz mumkin yoki “Imya arxiva:” nomli qisqartirilgan ro’yxat maydonida bor bo’lgan nomlardan birini tanlashimiz yoki yangi nom kiritishimiz mumkin.
“Yangilash usuli” (“Metod obnovleniya:”) nomli qisqartirilgan ro’yxat maydonidan “Fayllarni almashtirish orqali qo’shish”, “Fayllarni yangilash orqali qo’shish” ,yoki “Mavjud fayllarni yangilash” usullaridan birini tanlaymiz.
“Arxiv formati” (“Format arxiva”) RAR ni tanlaymiz.
“Zichlash usuli” nomli qisqartirilgan ro’yxat maydonidan Zichlamasdan, Katta tezlikda(Skorostnoy), Tezda, Oddiy, Yaxshi(Xoroshiy) va Maksimal zichlash usullaridan birini tanlaymiz.
Agar arxivni tomlarga bo’laklash kerak bo’lsa, u xolda “(baytlarda) O’lchamdagi tomlarga bo’laklash” nomli qisqartirilgan ro’yxat maydonida keltirilgan kattaliklardan birini tanlaymiz.
“Arxivlash parametrlari” nomli maydondan kerakli parametrlar tanlanlash orqali quyidagi ko’rinishdagi arxivlarni yaratish mumkin.
Zichlashtirilgandan so’ng shu fayllarni aslini joyidan o’chirib tashlash kerak bo’lsa “Udalit fayl posle upakovki” tanlanadi.
O’zi ochiladigan .exe kengaytmali SFX – arxivi yaratish kerak bo’lsa “Sozdat SFX – arxiv” tanlanadi.
Uzluksiz arxivlarni yaratish uchun “Sozdat neprerivnoy arxiv” tanlanadi.
4. Agar arxivni parol bilan himoyalab qo’yish kerak bo’lsa, u xolda
“qo’shimcha” (“Dopolnitelno”) varaqchasida:
“Parol o’rnatish” (“Ustanovit parol”) tugmachasi yordamida hosil bo’lgan arxiv faylini himoya qilib qo’yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |