Byudjеt taqchilligi
-ma'lum bir yildagi hukumat xarajatlarining uning
daromadlaridan ortiq bo`lgan miqdori.
Byudjеt ortiqchaligi
-ma'lum bir yildagi hukumat daromadlarining uning
xarajatlaridan ortiq bo`lgan miqdori.
D
Daromad
-fuqarolar va firmalar tomonidan olinadigan pullar bo`lib, quyidagi
ko`rinishlarda bo`ladi: ish haqi, rеnta, foiz to`lovi, foyda, turli xil nafaqalar va
xokazolar.
Davlat byudjеti
-davlatning markazlashgan moliyaviy rеsurslar fondi. Bunda
moliyaviy yil davomidagi daromadlarning manbalari va tushumlarning hajmi hamda
sarflash yo`nalishlari va ularning miqdorlari ko`zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |