52
52
Fan, falsafa sohasida erishilgan yutuqlarni mutlaqlashtirish, ularga ko`r-ko`rona sig`inish
muqarrar ravishda dogmatizmni keltirib chiqaradi. Fan erishgan yutuqlar hamisha nisbiydir. Lekin
bunday nisbiylikni mutlaqlashtirish relyativizmni, fan yutuqlariga ishonchsizlik bilan qarash esa,
skeptitsizmni vujudga keltiradi. Fan taraqqieti uchun dogmatizm, relyativizm va skeptitsizm jiddiy
xalaqit beradi.
Gnoseologiyada haqiqat tushunchasi muhim o`rin tutadi.
Haqiqat inson bilimlarining voqelikka
muvofiq kelishidir. Haqiqatni ochish eki ilmiy haqiqatga erishish har qanday ilmiy bilishning asosiy
vazifasi hisoblanadi. Haqiqat o`z mazmuniga ko`ra hamisha ob`ektivdir. Ya`ni uning mavjudligi ayrim
kishilarning hoqish-irodasiga bog`liq emasdir. Masalan, .zbekistonning milliy mustaqilligi ob`ektiv
haqiqatdir. Ayrim kishilarning bu mustaqillikni tan olish eki olmasligidan qat`i nazar, bu haqiqat o`z
mazmunini saqlab qalaveradi.
Gnoseologiyada tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilishning o`ziga xos xususiyatlarini anglash muhim
ahamiyatga egadir. Uzoq yillar davomida tabiatshunoslik fanlariga xos bo`lgan ob`ektivlik, xolislik
ilmiylikning muhim mezoni deb hisoblab kelindi. Biroq XX asr o`rtalarida fan-texnika inqilobi
insoniyat oldida paydo bo`lgan muammolar tabiatshunoslik fanlari oldiga qadriyatli endashuv
vazifasini qo`ya boshladi.
Tabiatshunoslikda nisbatan barqaror sistemalar bilish ob`ekti hisoblanadi. Tabiatdagi narsa va
hodisalar tadqiqotchiga hech qanday qarshilik ko`rsatmaydilar. Ijtimoiy bilishda esa, nisbatan tez
o`zgaruvchi sistemalar bilish ob`ekti hisoblanadi. Ijtimoiy bilishga xos bo`lgan muhim xususiyat
shundaki, u moddiy ishlab chiqarish sohalarinigina emas, balki jamiyatning ancha murakkab ma`naviy
haetini, ijtimoiy-siesiy munosabatlarni, qarashlar va g`oyalarni ham o`rganadi.
Gnoseologiyaning maqsad va vazifalari, bilishning mohiyati va mazmuni to`g`risida zarur
bilimlarga ega bo`lish mamlakatimizda bilimdon, har jihatdan etuk barkamol inson shaxsini
shakllantirishda alohida o`rin tutadi. Bilish nazariyasi bo`lajak mutaxassis-kadrlarda muayyan ilmiy
laeqat va qobiliyatlarni shakllantirishga ko`maklashadi. Milliy mustaqilliq yillarida gnoseologiya
oldiga qo`yilaetgan eng muhim vazifalardan biri, ilmiy bilimlarning jamiyatimiz taraqqieti, tinchligi va
farovonligi uchun xizmat qilishini ta`minlaydigan omil va mexanizmlarni o`rganish, ulug`
ajdodlarimizning ilmiy bilimlarni rivojlantirish borasida orttirgan tajribalarini keng ommalashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: