Filosofiya uzb



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,97 Mb.
#197882
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
Bog'liq
2 5242298942464460709

 
 
 
 
                        


 
 
50
50
15-mavzu. Gnoseologiya bilish nazariyasi 
Reja: 
1. Bilish va bilim - falsafiy tahlil mavzui. 
2. Bilishning ob`ekti va sub`ekti. Inson bilishining asosiy bosqichlari. 
3. Ilmiy bilishning mohiyati va usullari. Metod, nazariya va metodologiya. 
4 Haqiqat tushunchasi. Uning shakllari. 
5. .zbekiston istiqloli va bilimli eshlarni tarbiyalash masalalari. 
 
Bilish  va  bilim.  Bilishning  mohiyati,  shakllanish  va  rivojlanish  qonuniyatlari,  xususiyatlarini 
o`rganish  falsafa  tarixida  muhim  o`rin  egallab  kelmoqda.  Inson  o`z  bilimi  tufayli  borliq,  tabiat, 
jamiyatni  va  nihoyat,  o`z-o`zini  o`zgartiradi.  Bilishga  qaratilgan  inson  faoliyatini  va  uni  amalga 
oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham 
falsafaning  bilish  masalalari  va  muammolari  bilan  shug`ullanuvchi  maxsus  sohasi  -  gnoseologiya 
vujudga keldi. 
Inson  bilishi  nihoyatda  ko`p  qirrali,  murakkab  va  ziddiyatli  jaraendir.  Gnoseologiya  asosan, 
bilishning  falsafiy  muammolarini  hal  etish  bilan  shug`ullanadi.  Har  bir  tarixiy  davr  jamiyatning 
rivojlanish ehtiejlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo`yadi.  
Xususan  XVII  asr  o`rtalarida  evropalik  faylasuflar  ilmiy  bilishning  ahamiyati,  haqiqiy  ilmiy 
bilishlar  hosil  qilishning  usullarini  o`rganish,  ilmiy  haqiqat  mezonini  aniqlash  bilan  shug`ullandilar. 
Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g`oyani olg`a surdilar. 
XVIII  asr  mutafakkirlari  ilmiy  bilishda  inson  aqli  imkoniyatlariga,  ratsional  bilishning  hissiy 
bilishga nisbatan ustunligiga alohida urg`u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I.Kant bilish natijalarining 
haqiqiyligi  xususida  emas,  balki  insonning  bilish  qobiliyatlari  haqida  bahs  yuritdi.  Gnoseologiya 
oldida  inson  olamni  bila  oladimi,  degan  masala  keskin  qo`yildi.  Insonning  bilish  imkoniyatlariga 
shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar. 
Bilish nima. Bilish insonning tabiat, jamiyat va o`zi to`g`risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan 
aqliy, ma`naviy faoliyat turidir. Inson o`zini qurshab turgan atrof-muhit to`g`risida bilim va tasavvurga 
ega  bo`lmay  turib,  faoliyatning  biron-bir  turi  bilan  muvaffaqiyatli  shug`ullana  olmaydi.  Bilishning 
mahsuli, natijasi ilm bo`lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro`y beradi. 
Insoniyat  ko`p  asrlar  davomida  orttirgan  bilimlarini  umumlashtirib  va  keyingi  avlodlarga  berib 
kelganligi  tufayli  ham  o`zi  uchun  qator  qulayliklarni  yaratgan.  Inson  faoliyatining  har  qanday  turi 
muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jaraenida yangi bilimlar hosil qilinadi. 
Bilishning  ikki  shakli:  kundalik  (empirik)  bilish  va  nazariy  (ilmiy)  bilish  bir-biridan 
farqlanadi. 
Kundalik  bilish  usullari  nihoyatda  xilma-xil  va  o`ziga  xos  bo`lib,  bunday  bilimlarni 
sistemalashtirish  va  umumlashgan  holda  keyingi  avlodlarga  berish  ancha  mushkuldir.  Hozirgi  zamon 
g`arb  sotsiologiyasida  xalqlarning  kundalik  bilim  hosil  qilish  usullarini  o`rganuvchi  maxsus  soha  - 
etnometodologiya  fani  vujudga  keldi.  Gnoseologiya  asosan  nazariy  bilish  va  uning  rivojlanish 
xususiyatlarini  o`rganish  bilan  shug`ullanadi.  Nazariy  bilishning  ob`ekti,  sub`ekti  va  predmeteni  bir-
biridan farqlash muhim. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish