1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli.
1 - topshiriq. Ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda jadvalni to‘ldiring.
“Filosofiya” tushunchasining kelib chiqishi, ma’nosi va mohiyati. |
Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.
Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.
| “Dunyoqarash” tushunchasining mazmuni, dunyoqarashning tarixiy shakllari. |
Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. dunyoqarash insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan dunyoqarash voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual dunyoqarash, muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy dunyoqarash mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning dunyoqarashi paydo boʻladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |