Filologiya fakulteti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#196458
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
adabiyotda padarkush va farzandkush obrazi

vatanim menga kerakmas, dedi Andriy boshini silkib va terakdek qaddini rostlab, - 

Bunday boʻlsa, agar gap shu boʻlsa, bundan buyon mening hech kimim yoʻq!” (264) 

Andriy  goʻzallik  oldida  ojiz  qoladi.  Kazaklarga  xos  boʻlmagan  tarzda  otasidan, 

yaqinlaridan,  ayniqsa,  vatanidan  voz  kechadi.  Andriyni  dushmanga  asir  tushgan 

deb  oʻylab  yurgan  Taras  Bulba  xizmatkori  Yankeldan  uni  dushman  tarafga  oʻtib 

ketganligini,  u  otasidan,  akasi  va  yaqinlaridan  voz  kechganligini,  ularga  qarshi 

urushmoqchi  ekanligini  eshitgach,  avvaliga,  ishonmaydi.  Chunki  kazaklarda 

bunday holat boʻlmagan edi. Keyin Andriyning qizlarga suyagi yoʻqligini, kechasi 

bir  ayol  bilan  koʻrganini  eslab,  uning  gaplariga  ishonadi.  Shundan  keyin  Bulba 

Andriyga oʻgʻil sifatida emas, dushman sifatida qaray boshlaydi. Janglarning birida 

dushman  askarlariga  bosh  boʻlib  jangga  kirgan  Andriyni  koʻrgan  Bulba 

yonidagilarga  uni  oʻzi  yashirinib  turgan  joyga  boshlab  kelishlarini  aytadi.  Andriy 

kazaklarni quvlab kelganda qarshisida Taras bulba paydo boʻladi: 

                                                           

57

 Гогол Н.В. “Тарас Булба”, -  Т.:  Ёш гвардия,  1976.  (Keyingi misollar shu nashrdan olinib sahifasi 



ko’rsatiladi) 


                                                                                      

                                                                                    53 

 



Qalaysan oʻgʻlim, Lyaxlaring joningga oro kirdimi? – Andriydan sado 

chiqmadi. 



Shunday 

ham 

xiyonat 

boʻladimi! 

Diningni 

sotding-a! 

Oʻz 

qardoshlaringni sotding-a! Qani, otadan tush! 

Yosh boladay boʻysunib otdan tushdi, otasi oldiga kelib jim turdi. 



Qimir etmasdan jim tur! Seni dunyoga keltirgan ham oʻzim edim, endi 

oʻldiruvchi ham oʻzim boʻlay! – dedi Taras. (293) 

Andriy  qanday  ish  qilib  qoʻyganini,  vataniga  va  diniga  xoinlik  qilishning 

qanchalar  ogʻir  gunoh  ekanligini  butun  umrini  dini  va  vatanining  himoyasiga 

bagʻishlagan  otasi  –  Taras  Bulbaning  qarshisida  anglab  yetdi.  U  otasini  yaxshi 

bilardi.  Bu  ishi  uchun  otasidan  oʻlim  jazosini  olishni  ham  bilib  turardi,  ammo  u 

qarshilik  ham  koʻrsatmaydi,  qochib  ham  ketmaydi.  Lekin  ohirgi  aytgan  soʻzi 

malikasining  nomi  boʻladi.  Taras  yelkasidagi  miltiqni  olib  oʻgʻlini  otib  oʻldiradi. 

Ota  oʻz  qoʻli  bilan  zurriyotini  yoʻq  qiladi.  Oʻgʻlini  oʻldirgandan  keyingi  Taras 

Bulbaning  soʻzlariga  e’tibor  qaratamiz:  “  –  Kazaklikka  qayeri  kam  edi?  Qaddi 

baland,  qoshlari  qalam,  yuzida  kiborlik,  qoʻli  jangda  mahkam  edi!  Esiz    yigit-a! 

Yaramas itdek xor boʻlib oʻldi! – dedi Taras”. (293) Yuqorida biz Taras Andriyni 

oʻgʻil  emas, dushman  hisoblay  boshlaganligini  aytgan  edik. Uning  “Esiz  yigit-a!” 

degan  soʻzlari  gapimizni  isbotlaydi.  Taras  oʻgʻli  uchun  achinmaydi.  U  bir  mard 

kazakning oʻlimiga achinadi, xolos.  

Tarasning  burchi,  asarda  koʻp  takrorlanganidek,  vatanini,  dinini  himoya 

qilish  edi.      U  bu  yoʻlda  oʻgʻillarini  ham  mudhish  bir  qimorda  dovga  tikkan  edi. 

Taras bu bilan ham toʻxtamaydi. U oʻz farzandini oʻldirishday mudxish va ayanchli 

bu  voqea  unga  hech  bir  ta’sir  qilmaydi  –  darhol  otlanib,  yana  qirgʻinbarot  ichiga 

kirib  ketaveradi.  Fikrimizning  yakunida  Katta  Sovet  qomusidagi  “Gogol” 

maqolasida yozilgan ushbu soʻzlarni keltirib oʻtmoqchiman: “Taras Bulba obrazida 

xalqning qahramon oʻgʻillariga xos boʻlgan eng yaxshi hislatlar – ularning vatanga, 

birodarlariga  sodiqligi,  mardlik,  vatan  dushmanlariga  nafrati,  cheksiz  jasurligi  va 

joʻmardligi  aks  etgan.  Taras  mazlumlarning  daxshatli  qasoskori,  haq  ish  uchun 

kurashning  dono  va  tajribali  rahbari  sifatida  koʻrsatiladi.  U  oʻgʻli  Andriyning  eng 




                                                                                      

                                                                                    54 

 

ogʻir jinoyati – vatanga xiyonati uchun sira ham ikkilanmasdan qatl etadi. Bu yerda 



ham  uning  uchun  umumiy  ish,  vatan  oldidagi  burch  tuygʻusi  shaxsiy  hissiyotlar, 

qondoshlikdan yuqori qoʻyiladi”.

58

 

 Farzandlarning  vatanga,  oʻz  oilasiga  nisbatan  qilgan  xoinliklari  oʻzbek 



adabiyotida  ham  turli  koʻrinishlarda  oʻz  ifodasini  topgan. Yuqoridagi  biz  koʻrgan 

“Taras Bulba” qissasidagi gʻoya, ya’ni xoin farzand va u bilan vatanparvar otaning 

oʻzaro  toʻqnashuvi  oʻzbek  adabiyoti  namunalaridan  Said  Ahmadning  “Ufq” 

trilogiyasida ham aks etadi. “ufq” trilogiyasining uchinchi, ya’ni “Hijron kunlarida” 

qismida  vatani,  oilasi  uchun  frontga  ketib,  qirgʻinbarot  janglarning  birida 

qahramonlik koʻrsatib, bir oyogʻidan ayrilgan Ikromjon va uning urushdan qochib, 

vatan  xoiniga  aylangan  oʻgʻli  Tursunboy  obrazlarining  taqdiri  yuqori  oʻringa 

chiqadi. 

Tursinboy yoshligidan erka oʻsganligi uchun frontdagi qiyinchiliklarga dosh 

berolmay  qochoqqa  aylanadi  va  qishlogʻiga  yaqin  joydagi  toʻqayzorda  yashay 

boshlaydi.  Jannat  xola  esa  oʻgʻlini  koʻrib  qolib,  unga  ovqatlar  olib  kelib  turadi. 

Tursunboy toʻqayda yashayverib yovvoyilashib ketadi. U onasi oʻlganini bilib ham 

toʻqaydan chiqmaydi. U onasidan ayrilib qolgani uchun emas, endi unga ovqat olib 

keladigan odam yoʻqligi uchun oʻkinadi. Kunlarning birida  Ikromjon toʻqayzorda 

aylanib  yurganida  oʻgʻlini  koʻrib  qoladi.  Ikromjonning  oʻgʻlini  koʻrib  uni  jon 

holatda  quchoqlab,  yuz  koʻzlaridan  oʻpishidan  uning  oʻzbeklarga  xos  otalik 

mehrini  koʻramiz:    “Tursun,  Tursunboy,  bolam!  –  dedi  jonholatda  Ikromjon. 


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish