chiqishdan boshqa chorasi qolmaganini bilib, har kuni yigʻlayverganidan koʻzlari
ishib ketadi. Bir kuni u jiyaniga hasratini toʻkib yigʻlaydi. Uzoqdan poyezd
boʻlajak qudalar bilan vadalashib, toʻy tashvishida yurgan Abdurahmonga qizining
oʻziga aytmasa-da, otaning qaroriga qarshi borayotgani, yana bir tomondan
Абдулла Қаҳҳор. “ Ўтмишдан эртаклар”. – T.: Ғофур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1988-
50
qizining uydan qochib ketib, uni sharmanda qilishi mumkin degan havotir oʻz
farzandiga shafqatsizlarcha muomala qilishiga sababchi boʻladi. Abdurahmon
gʻazabdan tushgach va qizini oʻlim toʻshagiga tushib qolganini bilgach, qilgan
ishidan qattiq pushaymon boʻladi. Xushsiz yotgan qizini koʻrgani kirishga ham
jur’at qilolmaydi: “Shomdan keyin dadam bilan amakim kelishdi. Dadam
Savrinisoning yonida birpas oʻtirgandan keyin yelkasiga sekin turtdi. Savriniso
koʻzlarini hiyol ochdi, lekin osma chiroqning xira shu’lasida dadamni tanimadi,
sinchiklab qarashga darmoni yetmadi shekilli, koʻzini yana yumdi. Dadam
tashqariga chiqdi. Eshik oldida qilmishiga oʻkinib, boshini quyi solib turgan
amakim imo bilan: “Qalay?” deb soʻradi. Dadam indamay zinadan tushib
ketdi”.(209)
Savrinso oʻsha kuni kechasi ogʻirlashib qoladi va joni uziladi. Oʻz otasidan
yegan qattiq kaltak uni narigi dunyoga olib ketadi. Shu oʻrinda quyidagi jumlalarga
e’tiborimizni qaratamiz: “Oʻlik yuvilib tobutga solingandan keyin azaga kelgan
xotinlar orasida: “Qizning oʻng biqini momataloq boʻlib yotibdi, zarb yegan ekan”
degan gap oʻrmalab qoldi. Buni fahmlagan faxmladi-yu faxmlamagan faxmlamadi,
yopiqliq qozon yopiqligicha qolaverdi”.(210)
Oʻzbeklarda nomus, oila sha’ni, “mahalla-koʻy nima deydi?” degan andisha
qon-qoniga singib ketgan boʻlib, bu milliylikning mohiyatlaridan biri, oʻzbekning
xarakteri edi. Bir tomondan qaraganda, bu tushunchalar ijobiy koʻrinish kasb etadi.
Lekin oʻsha davrda mana shu tushunchalarni notoʻgʻri talqin qilish, yoki ularni oila
a’zolaridan ustun qoʻyish hollari uchrab turganligi sabab juda koʻp oilalar buzilib
ketganligini, farzandlar taqdiri baxtsiz yakun topganligining guvohi boʻlamiz.
Hikoyamiz qahramoni Abdurahmonning Savrinisoning birgina nojoʻya gapi
uchun ayamay doʻpposlaganidan uning judayam nomusli odam ekanligini bilib
olishimiz mumkin. Toʻgʻri, u qizini qasddan oʻldirish uchun bunday qilmadi. Faqat
jahl ustida qizining esini kiritib qoʻymoqchi edi, xolos. Shu yerda oʻzbek millatiga
xos mentalitet, haqiqiy oʻzbek otasi namoyon boʻladi: “Tobut koʻtarilganda
Do'stlaringiz bilan baham: